To’qimachilik materiallarining sifatini yaxshilashda nano texnologiyani qo’llanilishi


Download 90.66 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi90.66 Kb.
#1646528
  1   2   3
Bog'liq
7-маруза


  1. Ma`ruza. To’qimachilik materiallarining sifatini yaxshilashda nano texnologiyani qo’llanilishi

Tayanch so`z va iboralar: Nanoemultsiya va nanodispersiya ko’rinishidagi nanozarrachalar, gidrofob zarrachalar, supergidrofob effekt, gidrofil, bakteriostatik xususiyatlar, nanotexnologiyalar, antistatik kiyim va elektromagnit ekranlash, gidrattsellyuloza, nanozarrachalar.
Reja:

  1. To’qimachilik sanoatida qo’llanilayotgan nanotexnologiyalar. Nanotexnologiyalarning ahamiyagi

  2. Horijiy davlatlarda yaratilayotgan yangi zamonaviy nanotexnologiyalar



7.1. To’qimachilik sanoatida qo’llanilayotgan nanotexnologiyalar. Nanotexnologiyalarning ahamiyagi
Nanotexnologiyalar nafaqat harbiy maqsad uchun, balki hayotning ko’pgina tarmoqlari uchun zarur bo’lgan tok o’tkazuvchan to’qimachilik materiallarini yaratish imkoniyatini berdi. Tok o’tkazuvchan to’qimachilik materiallari antistatik kiyim va elektromagnit ekranlash, zaryadlar yoki radiomaydonlarni yo’qotish, shuningdek isituvchi materiallarni ishlab chiqarishda keng innovatsiya ishlariga yo’l ochib beradi.

Bugunda tok o’tkazuvchan gazlamalar metall qoplash nanotexnoloniyalari sababli yumshoq va yengil materiallardir, ularni yuvish va kimyoviy tozalash mumkin. Odatda gazlama emas, balki tolalar qoplanadi. To’qimachilik dastgohlarida qayta ishlashda bunday tolalar muammolar keltirib chiqarmaydi. Qoplash uchun ishlatiladigan birinchi nanomateriallar bozorga DuPont firmasi tomonilan chiqarilgan, u kumush nanozarrachalarini ishlatar edi.


Tok o’tkazuvchanlik xususiyatlari faqatgina tolalarni metallashtirish hisobiga emas, balki boshqa usullar bilan ham beriladi. Liotsell kabi gidrattsellyuloza tolalari uchun tola strukturasiga tok o’tkazuvchan qora kuya nanozarrachalarini qo’shish taklif etilgan.
Uning kontsentratsiyasiga qarab elektr o’tkazuvchanlik xususiyatlari o’zgartiriladi. Liotsell tolasidan olingan elektr o’tkazuvchan materiallar elektr rezistor buyumlarning keng sohasida qo’llaniladi.
Sport kiyimi yaratuvchilari mototsiklchi va velosipedchilar uchun isituvchi nimcha (jilet) modelini taklif etishdi. U mototsikl yoki velosipedga ulangan bo’lib, ishlab chiqilayotgan energiya esa tok o’tkazuvchan kiyimga uzatiladi. Maksimal isitish harorati-460S. Jiletni alohida, transportsiz ham kiyish mumkin, buning uchun maxsus batareyali kamar ishlab chiqilgan. Jiletning yaxshilangan modeliga minikompьyuter kiritilgan, u tananing turli qismlarini isitishni dasturlashga imkon beradi.
Ishlab chiquvchilar ularning iste’molchilari bo’lib faqatgina ekstravagant kiyim ishqibozlari emas, balki ish faoliyati haroratning ko’p o’zgarishlari bilan bog’liq bo’lgan oddiy ishchilar, mashinstlar, uzok reyslarga chiquvchi haydovchilar ham bo’lishi mumkin, deb hisoblaydilar.
Isituvchi kiyimni yaratish uchun tok o’tkazuvchi materiallardan tashqari, tolalarga tarkibida mum bo’lgan mikrokapsulalar kiritish ham taklif etilgan. Ular, masalan, chang’ichi tanasi ajratayotgan issiqlikni yutish, va, aksincha, harorat pasayganda va tananing issiqlik berishi kamayganida uni qayta berish xususiyatiga ega. Bunday «isituvchi» kurtkalar sotuvga chiqqan.
Infineon Technologies nemis kompaniyasi tarkibida kremniy chiplari va biriktiruvchi tolalari bo’lgan gazlamalar va pol qoplamalari namunalarini ishlab chiqqan. Gazlamaga to’qilgan chip tarmoqlari o’zi hosil bo’ladi: bir chip o’zining yaqin qo’shni chiplari bilan bog’lanadi, boshqalari bilan esa axborot almashadi va ular orqali tarmoqning boshqa nuqtalari bilan bog’lanadi. Agar bitta chip ishdan chiqsa, axborotlar boshqa yo’l orqali uzatiladi. To’qimachilik materialiga turli-tuman chiplar - yorug’lik, harorat, namlik, bosim va boshqalar ta’siriga sezuvchan yorug’lik diodlari va sensorlar joylash mumkin. SHu usulda tayyorlangan pol qoplamalari ko’p odam bo’ladigan xonalarda xavf tug’ilgan holatlarda yonib turadigan yo’lkalar va belgilar hosil qilib, kishilar uchun halokat chiqish yo’llariga to’g’ri yo’l ko’rsatib beradi. Bu qoplamalar yordamida hattoki xonadagi begona shaxslarni ham topish mumkin.
Paxta ipiga joylangan chiplar harorat, bosim, harakat va vibratsiyani aniqlashi, yong’in paytida esa qutqarish xizmatlariga yong’inning tarqalayotganligi haqida axborot berishi mumkin. Ushbu firmaning birinchi mahsuloti bu yil chiqishi kerak.
AQSHda harbiy-dengiz flotining yuqori tezlikdagi samoletlarining uchuvchilariga favqulodda vaziyatlarda fazoda to’g’ri yo’l topish imkoniyati-ni beradigan nimcha (jilet)lar yaratish ustida ish olib borilmoqda. Ekspertlar shunday taxmin qilmoqdaki, AQSH HDF ning yuqori tezlikdagi qiruvchi samoletlari bilan sodir bo’lgan 10 aviafalokatdan 7 tasi uchuvchilar tomonidan ob-havo sababli yomon ko’rish orqali orientatsiyaning yo’qotilishi va shuning natijasida halokatning oldini oluvchi yoki uni yumshatuvchi harakatlarni amalga oshira olmasligi bilan bog’liq bo’lgan.
Maxsus jiletning ishlashi sezish qobiliyatiga asoslangan. Unga taktilь stimulyatorlar tikilgan bo’lib, ular kerakli vaqtda yo’lni yo’qotish (dezorientatsiya)ga qarshilik qiluvchi va uchuvchi diqqatini tomonlar (yuqori, past, chap, o’ng)ni topishga yo’naltiruvchi vibratsiyalar yuboradi. Bugungi kunga kelib jiletning dastlabki varianti sinab ko’rildi va uni takomillashtirish bo’yicha ko’p ishlar olib borilyapti.


Download 90.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling