Tikuvchilik korxonalarida qo’llaniladigan barcha avtomashina va avtopoyezdlar “Avtomobil transporti korxonalari uchun xavfsizlik qoidalari” talablariga to’liq javob berishi kerak. Avtomobillarning yuk ortilgan xoldagi paxta, ipak, to’qimachilik va yengil sanoat korxonalari xududidagi tezligi 10 km/soat dan oshmasligi kerak. Sexlardagi tashish vositalari esa ma’lum aniq marshrut bo’ylab yurishlari va bu marshrutlar odamlar gavjum yo’laklar ustidan o’tmasligi kerak. Belanchak, aravacha, ilgak va zanjirlarning tepadan tushib ketmasligini ta’minlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak. Tikuv fabrikalari odam hayotini yengillashtiruvchi, uni muhofaza qiluvchi xilma-xil, ko’pincha ancha murakkab uskuna va moslamalar bilan ta’minlangan. Bu uskunalarning ishi turli xil energiyalari (gaz, bug, elektr va x.k) qo’llash, o’tkir, agressiv, portlash xavfi mavjud materiallarni qo’llash bilan bajariladi.
Ko’pgina mexanizmlar murakkab harakatlarni bajaradilar, shuning uchun ular bilan ishlaganda ish joylarida xavfli xudud paydo bo’ladi. Xavfli hudud uskunalarning ayrim qismlaridan ishlov berilayotgan materialning mayda bo’laklari (qirindilar), bug’lar, gazlar, chang va sh.u. zararliklar ajralib chiqish bilan xam harakatalandi.
Tikuvchilik korxonalarida (ayniqsa yigiruv va to’quv fabrikalarida) mashina va dastgoxlarni boshqarish juda ko’p harakat qilishni taqazo qiladi. Masalan, ipni kalavalovchi smena davomida 10 km ga yaqin masofani yurib, 1800 marta uzilgan ipni ulash va bo’shagan g’altaklarni almashtirish uchun engashar ekan.
Kalavalovchining ishini yengillashtirish maqsadida korxonalarda ularga harakatlanuvchi o’rindiq qilib berilgan. U maxsus tepkini bosib, mashina bo’ylab o’ngga va chapga harakatlanishi va o’rindiqda o’tirgan yerida uzilgan iplarni ulashi va boshqa operatsiyalarni bajarishi mumkin. Bu ularning ishini ancha yengillashtiradi.
Zamonaviy paxta, ipak to’qimachilik va yengil sanoati korxonalari ishlab chiqarish, maishiy va yordamchi xo’jalik, binolaridan tashkil topadi va ular turli-tuman belgilari bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |