715 yillarda arablar tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi ularning uzoq
21
davom etgan hukmronligi va bu erda yashovchi xalqlarning necha asrlar
maboynida islom dini ta’sirida bo‘lishi mahalliy aholi tiliga va ayniqsa, uning
leksikasiga arab tilining g‘oyat ko‘p miqdorda so‘zlari singib ketishiga sabab
bo‘ldi.
Arablar o‘zlari bosib olgan hududlarda mavjud bo‘lgan yozuvini yo‘q qilib,
uning o‘rniga arab alifbosi asosidagi yozuvni joriy qilganlar, yerli aholini arab tili
va yozuvini o‘rganishga majbur etganlar. Davlat, sud, ta’lim-tarbiya ishlari arab
tilida olib borilar edi
9
.
O‘rta Osiyo mintaqasida uzoq vaqt davomida maktab va madrasalarda o‘qish,
yozuv-chizuv ishlari arab tilida olib borilar edi. Bunga o‘xshash hollar sheva
leksikasida ham o‘z ifodasini topgan.
To‘rtko‘l-Ellikqal’a shevasida ham Xorazm shevalaridagi kabi kelib chiqishi
nuqtai nazardan arab tiliga tegishli bo‘lgan so‘zlar borki, ular asosan adabiy
tilimizdagi arab leksik qatlamining o‘ziginasidir
10
.
To‘rtko‘l-Ellikqal’a shevasida o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lganidek, arab
tilidan o‘zashgan so‘zlar ham borki, ular o‘rganilayotgan shevaning lug‘at
tarkibiga kirib o‘zlashib ketgan.
Shevadagi kitap-kitob, sag‘a:sasa:t-soat, ədəp-odob, savap-savob, tavup-
tabib, g‘arip-g‘arib kabi ko‘pgina so‘zlar shular jumlasidandir.
Mazkur shevada arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarni quyidagi LSGga ajratib
ko‘rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: