kor-hunar demakdir. SHunday ekan, mustaqil ma’noli ikki so‘z chөb-quriq xas,o‘t;
kor- ish, hunar-kasb; chөbkar ‘yog‘och uy’, sinchli uy quruvchi usta demakdir.
Termin oxiridagi -i yasovchi qo‘shimcha bo‘lib, boshqa joylarga nisbatan nisbiy
sifat yasagan. -qanday joy? –chөbkori joy kabi (F.Z.T. 1.55.)
Bu o‘rinda ayrim so‘zlar izohini berdik, xolos. Jumladan, o‘zbek adabiy
tilidagi ustun, tobadon, tovadan, g‘isht, g‘ishtkor, ganchkor adabiy til va
To‘rtko‘l-Ellikqal’a shevasidagi paxsa, paxsakash terminlari, laykash terminidagi
ikkinchi affiksal morfema ham fors-tojik tilidan o‘zlashgandir.
paxsa- (f.t.)-pishitilgan loydan ustma-ust bosib qurilgan devor va uning har bir
qatori,
paxsakash- (f.t.) –paxsa devor quruvchi. Shu ma’noda (O‘zTIL.1.580)
qash- tojikcha nimanidir bir joydan ikkinchi o‘ringa olib bormoq, olib kelmoq
ma’nosidagi o‘tgan zamon fe’li. «Koshidon»ning o‘zagi. Bunda o‘zbekcha loy
kash:loykash terminini yasalgani ko‘rinib turibdi. (F.Z.T. 1, 546).
Qadimgi joylarning old tomoni va to‘rt burchagidagi yuqorisi gumbazning
shakliga o‘xshagan ku’ngөrə:gүңgөrə ad.orf. kungura - termini ham etimologik
jihatdan o‘zlashma termindir, qarang: fors-tojik, kungura- qal’a devorlari yoki
imorat aylanasiga tishga o‘xshatib ishlangan arxitektura bezagi. Kungurador (f.t.)
kungura kungira(NAL.. 11 139).
Demak, g‘isht, gaz, dalan, daliz, andaza, poydevor, ustaxona,tərətxana,
chөbkori kabi misollarimizning qiyosiy tahlili To‘rtko‘l-Ellikqal’a shevasi
binokorlik leksikasida ham umumo‘zbek tili lug‘at tarkibidagidek fors-tojik
o‘zlashmalarining ham sezilarli o‘rni borligini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |