To‘rtqutbliklar Umumiy ma'lumotlar


Download 337.6 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi337.6 Kb.
#1507778
  1   2   3
Bog'liq
nazariy elektronika i

To‘rtqutbliklar Umumiy ma'lumotlar


Ikkita kirish va ikkita chiqish qismalariga ega bo‘lgan zanjirning qismi to‘rtqutblik deb ataladi. Bunda to‘rtqutblikning energiya manbaiga ulanadigan qismalari kirish, yuklama ulanadigan qismalari esa chiqish qismalari hisoblanadi.
Elektr sxemalarda to‘rtqutblik 1-1' kirish va 2-2' qismalari bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishda belgilanadi (2.48-rasm, a).
Elektr energiyani uzatish liniyasi (2.48-rasm, b), transformator (2.48rasm, v), rostlanuvchi rezistor (2.48-rasm, g), to‘g‘rilagich qurilmasi, ko‘prik sxemalari, elektr filtrlar, kuchaytirgichlar va boshqa ko‘pgina qurilmalar to‘rtqutblik sifatida qaralishi mumkin. Agar to‘rtqutblik ichida energiya manbai mavjud bo‘lsa, u holda u

2.48- rasm
aktiv, aks holda esa passiv deb ataladi hamda to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga mos ravishda A va P harfini yozish bilan farqlanadi. Agar to‘rtqutblik faqat chiziqli elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda u chiziqli to‘rtqutblik, tarkibida hech bo‘lmaganda bitta nochiziq elementi bo‘lgan to‘rtqutblik esa nochiziq to‘rtqutblik deb ataladi. Agar to‘rtqutblik qismalari o‘rni almashtirilganda, ya'ni kirish qismalari yuklamaga, chiqish qismalari energiya manbaiga ulanganda, uning kirish va chiqish toklari o‘zgarmasa, u holda bunday to‘rtqutbliklar simmetrik, aks holda esa nosimmetrik deb ataladi. To‘rtqutblik elementlarining o‘zaro ulanish sxemalariga ko‘ra Г-simon (2.49-rasm, a), Tsimon (2.49-rasm, b) va П-simon (2.49-rasm, v) almashlash sxemali to‘rtqutbliklarga bo‘linadi.

To‘rtqutblikni hisoblash deganda uning umumlashgan parametrlaridan foydalanib kirish va chiqish tok va kuchlanishlarini topish tushuniladi.
Ixtiyoriy passiv to‘rtqutblikda kirish toki I1 va kuchlanishi U1, uning chiqish toki I 2 va kuchlanishi U 2 quyidagi ikkita asosiy tenglama bilan ifodalanadi:
U1 AU 2 BI 2, (2.4)
I1 CU 2 DI 2, (2.5)
bu yerda A, B, C, D - to‘rtqutblikning kompleks koeffitsiyent (doimiy) lari. Bu koeffitsiyentlar to‘rtqutblik elementlarining ulanish sxemalariga va elementlarning xarakteriga bog‘liq bo‘lib, ADBC1 munosabat bilan
aniqlanadi.
To‘rtqutblikning yuqorida keltirilgan asosiy tenglamalari asosida uning turli xil almashlash sxemalarini hosil qilish mumkin. Bu sxemalar to‘rtqutblik umumiy xossalarini tahlil qilishni osonlashtiradi. Amaliyotda ko‘pincha Tsimon va П-simon almashlash sxemalardan keng foydalaniladi.

Download 337.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling