To‘rtqutbliklar Umumiy ma'lumotlar
Istalgan yuklama uchun to‘rtqutblikning kirish qarshiligi
Download 337.6 Kb.
|
nazariy elektronika i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil tayyorlanishga doir referat mavzulari
- O‘z-o‘zini sinash savollari
2.12.6. Istalgan yuklama uchun to‘rtqutblikning kirish qarshiligi
To‘rtqutblik ish rejimini tavsiflashda ko‘pincha uning kirish qarshiligi tushunchasidan foydalaniladi. To‘rtqutblik kirish kuchlanishi U1 ning kirish toki I1 ga nisbati uning kirish qarshiligi deb ataladi. Bunda manba to‘rtqutblikning kirish qismalariga ulangan deb hisoblanadi. Demak: Z kir(1) U1 АU 2 ВI 2 АZ n В , (2.15) I1 СU 2 DI 2 СZ n Dbu yerda Zn U2 /I2. Xuddi shuningdek, manba to‘rtqutblikning chiqish qismalariga ulangandagi kirish qarshiligi quyidagiga teng: Z kir(2) U 2 DU1 ВI1 DZ n В . (2.16) I 2 AU1 AI1 СZ n A(2.15) va (2.16) tenglamalardagi A, B, C, D koeffitsiyentlar o‘rniga (2.10)...(2.13) ifodalarini qo‘yib, amalda ko‘p uchraydigan quyidagi munosabatlarni hosil qilishimiz mumkin: Z kir(1) CA((ZZnn DВ//CA)) Z10 ZZnn ZZ202q , Z kir(2) DC((ZZ nn ВA//CD)) Z20 ZZnn ZZ101q . Shuni ta'kidlash joizki, to‘rtqutblikni yuqorida ko‘rilgan tenglamalaridan tashqari turli ko‘rinishdagi tenglamalari ham mavjud. M asala: 2.51-rasmda keltirilgan to‘rtqutblik T-simon almashlash sxemasi uchun A, B, C, D koeffitsiyentlarni toping va AD BC 1 munosabatni tekshirib ko‘ring. Quyidagilar berilgan: r = 100 Оm, xL = 200 Оm, xC = 100 Оm. Yechish. To‘rtqutblik koeffitsientlarini topish uchun uning salt ish va qisqa tutashish rejimlari uchun yozilgan (2.14) tenglamalaridan foydalanamiz: U10 U1 r jxL 100 j200 1 j0,5. U2n (U1 jxL)/(r jxL) jxL j200 koeffitsiyentni aniqlash uchun avval qisqa tutashish tokini topamiz: U1q jxL U1q jxL I2q r xLxC jxL jxC xLxC jr(xL xC) jxL jxC I2q tokning topilgan ifodasidan foydalanib B koeffitsiyentni aniqlaymiz: U1q xLxC jr(xL xC ) 50 j100 Оm, B I 2q jxL I10 I10 j0,005 Sm, U 20 jxL I10 I1q I1q xL xC 0,5. I xL 1q jxL jxC Endi AD BC 1 munosabatni tekshirib ko‘ramiz: AD BC (1 j0,5)0,5(50 j100)( j0,005) 1. Mustaqil tayyorlanishga doir referat mavzulari1. Sinusoidal EYKni hosil qilish, uni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar. 2. Sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlarida rezistor, induktiv g‘altak va kondensator. 3. Sinusoidal tok zanjirlarida quvvat. Quvvatlar balansi. 4. Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulda hisoblash asoslari. 5. Elektr zanjirlarida rezonans va uning ahamiyati. 6. Elektrotexnik qurilmalarning quvvat koeffitsiyenti va uni oshirish usullari. 7. Induktiv bog‘langan zanjirlar va ularni hisoblash asoslari. 8. O‘zaksiz transformator, uning almashlash sxemalari va vektor diagrammasi. 9. To‘rtqutbliklar: asosiy tenglamalari va almashlash sxemalari. 10. To‘rtqutblik koeffitsiyentlarini tajriba yordamida aniqlash. O‘z-o‘zini sinash savollari1. Sinusoidal tokni o‘zgarmas tokka nisbatan afzalliklarini aytib bering. 2. Sinusoidal kattalik(EYK, tok, kuchlanish)larni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi? 3. Sinusoidal EYK qanday hosil qilinadi? 4. Sinusoidal EYK, tok va kuchlanishlarning ta'sir etuvchi(effektiv) va o‘rtacha qiymatlari qanday aniqlanadi? 5. Sinusoidal kattaliklarning amplituda va shakl koeffitsiyentlari qanday hisoblanadi? 6. Sinusoidal kattaliklarni aylanuvchi vektorlar bilan tasvirlashning mohiyatini tushuntirib bering. 7. Sinusoidal kuchlanish va tok vektorlari orasidagi faza siljish burchagi deganda nima tushuniladi? 8. Aktiv, induktiv, sig‘im, reaktiv va to‘la qarshiliklar ifodalarini yozing va ma'nolarini tushuntirib bering. 9. Qarshiliklar, toklar va kuchlanishlar uchburchaklari nima? 10. Aktiv, reaktiv va to‘la quvvatlar elektr zanjirninig qanday xususiyatlarini tavsiflaydi? Quvvatlar uchburchagi nima? 11. Sinusoidal kattaliklarni kompleks tekislikda vektorlar bilan tasvirlash qanday amalga oshiriladi va u qanday qulayliklar tug‘diradi? 12. Zanjirning kompleks to‘la qarshiligi va o‘tkazuvchanligi nima? 13. Om, Kirxgof qonunlarining kompleks shakllarini yozib bering. 14. Kompleks quvvat va kompleks quvvatlar balansi nima? 15. Sinusoidal tok zanjirlarini kompleks usulda hisoblash ketma-ketligini aytib bering. 16. Elektr zanjirida tebranish konturi nima? 17. Elektr zanjirlarida rezonans hodisasi nima va uni mexanikadagi rezonans bilan taqqoslang? 18. Rezonans shartlari nima? 19. Kuchlanishlar rezonansi nima va uni hosil qilish usullarini so‘zlab bering? 20. Toklar rezonansi nima va uni hosil qilish usullarini ayting? 21. Tebranish konturining to‘lqin qarshiligi va asllik koeffitsiyenti nima? 22. Rezonans hodisasining amaliy ahamiyatini ayting. 23. Quvvat koeffitsiyenti va uning amaliy ahamiyati haqida nimalarni bilasiz? 24. O‘zinduksiya va o‘zaroinduksiya hodisalarini tushuntirib bering. 25. O‘zaroinduktivlik va induktiv bog‘lanish koeffitsiyenti nima? 26. Ketma-ket va parallel ulangan o‘zaro induktiv bog‘langan zanjirlarda o‘zaro induktivlik qanday aniqlanadi? 27. O‘zaro induktiv bog‘langan zanjirlarni hisoblashning o‘ziga hos xususiyatlarini izohlang. 28. O‘zaro induktiv bog‘langan ikkita kontur bir xil nomli qismalarini va o‘zaro induktivlikni tajriba yordamida aniqlash usullarini tushuntirib bering. 29. Induktiv bog‘langan zanjirlarni tahlil qilishda ekvivalent sxemalardan foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat? 30. Induktiv bog‘langan zanjirlarda energiya uzatish jarayoni qanday amalga oshadi? 31. Induktiv bog‘langan zanjirlarda rezonans hodisasining o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. 32. O‘zaksiz transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini aytib bering. 33. O‘zaksiz transformatorning ekvivalent almashlash sxemasi qanday elementlardan tashkil topgan? 34. Ideal transformator nima? Mukammal transformator-chi? 35. To‘rtqutblik deb qanday sxemalarga aytiladi? Unga misollar keltiring. 36. Qanday to‘rtqutbliklar simmetrik, chiziqli, aktiv va passiv deb ataladi? 37. To‘rtqutblikning asosiy tenglamalarini yozing va ularni izohlab bering. 38. To‘rtqutblikning qanday ko‘rinishdagi tenglamalarini bilasiz? 39. To‘rtqutblikning qanday almashlash sxemalarini bilasiz? 40. To‘rtqutblikning salt ishlash va qisqa tutashish rejimlarini izohlab bering. 41. To‘rtqutblikning A, B, C va D koeffitsiyentlari tajriba yordamida qanday tartibda aniqlanadi? 42. To‘rtqutblikning istalgan yuklamadagi kirish qarshiligi ifodalarini yozing. Download 337.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling