Tortuvchi nimstansiyalarining ta’minlovchi
Elektr qurilmalarning tok va kuchlanish tizimlari
Download 31.13 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-10 кило воолт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr tarmogi
Elektr qurilmalarning tok va kuchlanish
tizimlari «Tortuvchi nimstansiyalar» fanni o‘rganish hamda tegishli adabiyotlar va internet materiallardan samarali foydalanish uchun quyidagi asosiy tushunchalarni bilish kerak. Ishlash rejimining umumiyligi hamda elektr va issiqlik energiyasini ishldb chiqarish va taqsimlashning uzluksizligi bilan bir butun bo‘lib bog‘langan elektr stansiyalar, nimstansiyalar, xavo elektr uzatuvchi yo‘llar va issiqlik tarmoqlari to‘plami energetika tizimini tashkil etadi. Energetika tizimining elektr kismi - elektr tizimi deb atalib, unta: elektr stansiyalar, ya’ni ularning sinxron generatorlari, taqsimlovchi elektr uskunalari, kuchlanish ko‘taruvchi kuch transformatorlari; xavo elektr uzatuvchi yo‘llar; elektr nimstansiyalar; elektr tarmoqlari va iste’molchilari kiradi. Elektr tarmogi Elektr tizimining bir qismi bo‘lib, elektr energiyani uzatish va taqsimlash vazifasini baja- ruvchi nimstansiyalar va xavo elektr uzatu vchi yo‘llardan tashkil topadi. Elektr tarmok ma’lum bir xududda nimstansiyalar, elektr uzatuvchilar va elektr taqsim- lagichlarni hamda ularni boshqarish va himoyalash apparat- larini o‘zida mujassamlashtirgan elektr qurilmalar to‘plamidir. U taqsimlagich nimstansiyalar va birlashti- ruvchi havo va kabel elektr uzatuvchi yo‘llaridan tashkil topadi. SHahar tarmoqlarida (TP) nimstansiyasi qoida bo‘yicha bitta yoki ikkita transformatorli qilib bajariladi. TP ning ulanishi liniyani o‘zish yoki unga ulash orqali amalga oshiriladi. Bu holatda transformator himoyasi uchun o‘zgich va saqlagichlar xizmat qiladi, kommutatsion o‘chirib-yoqishlarni amalga oshirish uchun esa: o‘zgich, yuklama o‘zgichi va ajratgichlar. (a) sxema 630-1000 kVA va undan yuqori bo‘lgan quvvatli transformatorlar uchun qo‘llaniladi. NN tomondan transformator va chiquvchi liniyalarga avtomatlar yoki saqlagichlar o‘rnatiladi. Tarmoqni uchastkalarga bo‘lish kerak bo‘lgan taqdirda, ketuvchi liniyalarga o‘zgichlarni yoki yuklama o‘zgichlarini o‘rnatish imkoniyati mavjuddir. Bunday qurilmalarning o‘rnatilish zaruriyati shahardagi shoxobchalanmagan tarmoqlarda kelib chiqadi. Bundan tashqari, shahar tarmoqlarida YUK va PK tarafdan ZAU (AVR)li sxemalar keng tarqalgan. Yuqori kuchlanish (6-10 kV) tarafidan ZAU li bir transformatorli TP sxemasi. Normal rejimda YUU-1 (VN-1) o‘zilgan, YUU-2 esa o‘chirilgan. (1) chi magistral o‘chirilgandan so‘ng, bu TP ning ta’minoti (2) chi magistralga ulanadi. Bu sxemaning kamchiligi transformator zaxirasining yo‘qligidadir. Ikki transformatorli nimstansiyalarda ZAU past kuchlanish tarafida avtomatlarni (kontaktorlarni) qo‘llagan holda bajariladi – rasm (a,b). A1 va A2 – avtomatlar (normal rejimda o‘chirilgan). Normal rejimda ikkala transformatorlarning ishlash vaqtida As - o‘chirilgan. Agar YUK va PK tarafidan berk rejimda ishlovchi shahar tarmoqlarida TP o‘rnatiladigan bo‘lsa, transformatorning PK tarafidan maxsus bir tomonlama quvvatda ishlovchi BQA (AOM) avtomatlarga ega bo‘lgan sxema qo‘llaniladi. TP-1 va TP-2 lar turli magistrallar shinalaridan ta’minlanadi. Mabodo L-1 da QT sodir bo‘lsa, TP-1 orqali 0,38 kV li tarmoqdan 6-10 kV li tarmoqqa teskari tok oqib o‘tadi va BQA o‘chiriladi. TP-1 ning PK tarmog‘i TP-2 dan ta’minlanadi. Sanoat tarmoqlarida bu sxemalar qo‘llanilmaydi, chunki ular ochiq sxema rejimida ishlaydi. Oxirgi vaqtlarda reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun, shahar tarmoqlarida statik kondensatorlar (SK)-dan foydalanish zaruriyati tug‘ildi, shu maqsadda quyidagi sxemalar qo‘llanilmoqda: Korxonalarda ikkita transformatori yoritish yuklamalariga va ikkita transformator kuch tarmoqlariga mo‘ljallangan TP lar qo‘llanilmoqda. Normal rejimda transformatorlar alohida ishlaydi, ZAU bilan seksiyali avtomat o‘chirilgan bo‘ladi. REJA
1 Tortuvchi nimstansiyalarining ta’minlovchi sexmalar 2 Komplekt transformator nimstansiyasi KTP ichki yoki tashqi qurilmalar 3 Elektr qurilmalarning tok va kuchlanish tizimlari 4 Elektr qurilmalarning tok va kuchlanish tizimlari Adabiyotlar http:/uz.m.wikipedia.org http:/fayllar.uz http:/hozir.org Download 31.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling