To‘shak qandalasi (klapa) — tuzilishi, chaqishi oqibatlari va yo‘qotish usullari
Download 279.8 Kb.
|
To
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klapa chaqishi oqibatlari
- To‘shak qandalasidan qutulish usullari haqida qisqacha faktlar
- Klapani yo‘qotish usullari
- Kimyoviy usul.
- Uy sharoitida.
- Ushbu maqolani ham o‘qing
- Qandala bilan zararlanishning oldini olish
Ular qayerda ko‘proq bo‘lishadi?
To‘shak qandalalari (klapalar) yashashi uchun eng qulay muhit bu issiqlik, qorong‘ulik va oziqaning bo‘lishidir. Bu kabi sharoit odam uyquda bo‘lgan xonada bo‘lishi mumkin. Hashorotning xonadondagi “eng sevimli” joyi yotoqxonadir. Ular ko‘pincha, uydagi to‘shaklarga, divanlarga va ularning oralariga berkinishadi. Shuningdek ularni, mebellardan, boshqa maishiy buyumlar orasidan, kitob javonlaridan ham topish mumkin. Klapa chaqishi oqibatlari Hashorot odamni chaqishi natijasida qizil shishlar teri yuzasi bo‘ylab paydo bo‘ladi. Ularning har biri taxminan 1 smdir. Bir vaqtning o‘zida o‘sha maydon bir necha marta chaqilsa, katta qizil nuqta paydo bo‘ladi. Ushbu soha shishib kattalashadi, kuchli qichishish kuzatiladi. Agar hashorot odamni qayta chaqmasa, paydo bo‘lgan belgilari 3-5 kun ichida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ba’zida odamlar odatdagi dori preparatlaridan foydalanib, yallig‘lanishni, shishishni, qichishishni kamaytiradilar. To‘shak qandalasi chaqgandan so‘ng, teridagi o‘zgarishlar inson tanasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Allergiyaga moyil bo‘lgan odamlarda alomatlar biroz og‘irlashadi. Va quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin: Kichik hajmli shshlar pufakchalarga aylanadi; Bundan tashqari, allergik toshmalar paydo bo‘ladi; Terining sezuvchanligi yomonlashadi; Tana harorati ko‘tariladi; Tumov, burun bitishi holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari, hashorotning chaqishi og‘ir holatlarda allergik reaksiya berishi, Kvinki shishi, hattoki, anafilaktik shokga olib kelishi mumkin. Kuchli qichishish, sohani doimiy qashlashga majbur qiladi. Natijada ochiq yaralar yuzaga keladi. Ushbu yaralar orqali turli teriga infeksiya tushishi mumkin. Bu esa terining yallig‘lanishiga va jiddiy oqibatlariga olib keladi. Yuqorida sanab o‘tgan holatlar kuzatilsa, darhol shifkorga murojaat qilish hamda tegishli davo choralarini ko‘rish talab qilinadi. Allergik reaksiyalar antigistamin preparatlar bilan bartaraf etiladi. To‘shak qandalasidan qutulish usullari haqida qisqacha faktlar Quyida qandalalardan qutulishning “kalit” yo‘llari haqida ma’lumot berilgan: To‘shak qandalasi bilan kurashish qiyin, chunki ular pestidsidlarga, ularni qirishga qaratilgan kimyoviy moddalarga chidamli va ular berkinish qobiliyatiga ham ega; Uy sharoitida qandalalar paydo bo‘lmasligi uchun yotoq matraslarini va yotoq mebellarini maxsus mato bilan qoplash va qandalaga qarshi maxsus “tuzoq”lar qo‘yish mumkin; Qandala va ularning tuxumidan qutulish uchun vakuum yo‘li bilan ya’ni changyutgichlar bilan xonadondagi buyumlarni tez-tez tozalab turish kerak; Hech qanday profilaktik chora tadbirlar yordam berishi kafolatlanmagan, faqatgina hasharotlarni aniqlash va tezkorlik bilan chora ko‘rish qandalalar rivojlanishi va qayta paydo bo‘lmasligiga yordam beradi; Barcha insektitsidlar ham yordam beravermaydi, ularni tanlayotganda diqqatliroq bo‘lish kerak. Insektitsidlar mutaxassislar tomonidan qo‘llanilgani ma’qul; Issiq va sovuq harorat to‘shak qandalasidan qutulishning samarali yo‘li, o‘rin ko‘rpa-to‘shaklarni yuqori haroratda yuvish yoki bug‘da quritishingiz mumkin, bunda buyumlaringizning sifati o‘zgarmasligiga ham e’tibor qarating. Klapani yo‘qotish usullari Qandaladan xalos bo‘lishning imkoni bor, lekin ular bilan kurashishda 3 ta omil qiyinchilik tug‘diradi: Qandalaning insektitsidlarga chidamli bo‘lib qolishi; Natija beradigan insektitsidlar kamligi; Qandalalarni topish qiyin, chunki ular yoriqlar orasiga kirib olib berkinish xususiyati kuchli. Qandalalardan xalos bo‘lish uchun ularning zaif tomonlarini bilish kerak. Ulardan qutulishning fizik, kimyoviy va uy sharoitida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullari mavjud. Fizik usul. Asosan bug‘ bilan ularning voyaga yetganlarini va tuxumlarini yo‘qish mumkin. Bug‘ generatorlari yordamida barcha turdagi qandalalarni yo‘qotish imkoniyati mavjud. Kimyoviy usul. To‘shak qandalasini dezinseksiya qilish. Buni o‘zingiz uy sharoitida yoki maxsus mutaxassislar yordami bilan qilish mumkin. Dezinseksiya qilish uchun aerosol yoki emulsiya ko‘rinishidagi kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Zamonaviy mikrokapsulalar to‘shak qandalalaridan 2 marta qo‘llash bilan qutulish imkonini beradi. Bundan tashqari, ular qandala paydo bo‘lmasligini kamida 3-6 oygacha oldini oladi. Uy sharoitida. Bunday sharoitda tayyorlangan moddalar qandalalarni “qo‘rqitish” xususiyatiga ega, ya’ni ular qo‘llanilayotgan moddalar hididan qochishadi. Zararlangan uyga turli xil o‘simliklar – moychechak, yalpiz, pijma o‘simliklarini joylashtirib chiqish, pollarni sirka kislotasi (uksus), novshadil spirit, efir moylari bilan yuvish kerak. Hozirgi kunda naftalin, benzin, kerosin kabi suyuqliklarni kamdan-kam hollarda foydalanishmoqda. Bunday usullarning bir qator kamchiliklari ham bor, ular birinchidan yong‘inga xavfli, ikkinchidan o‘zidan hid chiqaradi va mebellarning sifatini buzib qo‘yadi. Shuning uchun ularning o‘rnini hozirgi kunda zamonaviy dezinseksit vositalar egallab olmoqda. To‘shak qandalasi juda kichik bo‘lgan yoriqlar, teshiklardan ham kira oladi. Ularga qarshi kurashishda agar siz ko‘p qavatli uyda istiqomat qilsangiz, qo‘shnilar bilan birgalikda kurashish kerak. O‘zingiz ularga qarshi preparatlar qo‘llasangiz, ular ma’lum vaqt yo‘qoladi va yana qayta uyingizga qaytib keladi. Ushbu maqolani ham o‘qing: Odam organizmidagi parazitlar TOP-10 ligi Bulardan shaqari quyidagi tavsiyalar ham klapalardan qutilishga yordam berishi mumkin. Vakuum tozalash (changyutgich bilan) to‘shak qandalasi bilan kurashishning so‘ngi bosqichi, bu ularning qolib ketgan tuxumi va hasharotning tirik qolganlaridan tozalaydi. Vakuumni buyumlar ichi ko‘rinadigan plastik material bilan o‘ralgan bo‘lsa, uning ichida qilish kerak. Issiq yoki sovuq harorat — to‘shak qandalasi bilan kurashishning uy sharoitida eng samarali usuli hisoblanadi. Zararlangan matraslarni 1 soat davomida 45 C haroratda ushlab turilsa, barcha berkingan qandalalar yuzaga chiqadi, agar 60 C da 1 yana bir soat ushlab turilsa, barcha qandalalar butunlay o‘ladi. Bundan tashqari issiq bug‘ ham yaxshi foyda beradi. Qandala sovuq haroratda ham nobud bo‘ladi. Biroq harorat kamida -18 C da bo‘lishi kerak va jarayon 4 kun davom etishi kerak. Kichik buyumlar zararlangan bo‘lsa, ularni 4 kun muzlatgich muzxonasida saqlash ularning tuxumlarini ham yo‘q qiladi. Xonalarni muzltgich (konditsioner) yordamida issiq havo bilan isitish yoki sovutish va xona eshik va oynalarini ochiq qoldirish qandalalarning uydan chiqib ketishi, yo‘q bo‘lishi uchun samarali yo‘l emas. Ular har qanday joyga ko‘chib o‘tib, yana qayta shu xonada paydo bo‘lishi mumkin. Xonani 1 yildan ortiq bo‘sh qoldirish qandaladan xalos etishi mumkn, chunki ularning oziqlanishi uchun qon yo‘q, bunda xona yaxshilab izolyatsiya qilinishi kerak. Qandala bilan zararlanishning oldini olish To‘shak qandalasining tarqalishi va ko‘paymasligi uchun ularni erta aniqlash zarur. Yotoq joylarni choyshablarni, matraslarni ko‘zdan kechirish, ularning axlatidan qolgan dog‘larni aniqlash kerak. Bundan tashqari agar uyda uy hayvonlar asrasangiz ular yotadigan joylarni kam nazoratdan chetda qoldirmaslik muhimdir. To‘shak qandalasi paydo bo‘lmaslikning oldini olish uchun aholi soni ko‘p yashaydigan joylarda, masalan, talabalar turar joyi, eski o‘rin ko‘rpalardan xalos bo‘lish, eskirib qolgan mebellardan qutulish kerak. Uy xonalarini toza ozoda saqlash, yoriqlarni berkitish qandalalarning berkinishi va tarqalishining oldini oladi. Ayrim joylarda taxta buyumlaridan ko‘ra metall buyumlaridan foydalanish ham qandalalarning berkinib olishidan saqlaydi. To‘shak qandalasining paydo bo‘lishida eng katta xavf bu zararlangan joylardan ularni olib kelish, masalan ta’tildan qaytganda, do‘stingizning zararlangan uyida yotib qolganingizda va ayrim mehmonxonalardan qaytganda qandalarni kiyiminigz, portfelingiz yoki sumkangiz yordamida o‘zingiz bilmagan holda olib kelasiz. Ularni o‘zingiz bilan olib kelmaslik uchun: Sumka va portfellarni plastik o‘ramlarga soling; Mehmonxonalarga borganda yotoq joylarni ko‘zdan kechiring; Ta’tildan, safardan qaytganda kiyimlarni vakuum bilan tozalash, issiq yoki sovuq haroratda qoldiring; Eskirgan buyumlarni yoki foydalanilgan buyumlarni sotib olayotganda ularni ko‘zdan kechiring. Umuman olganda to‘shak qandalalari bilan kurashish, ularni butkul yo‘qotish qiyin bo‘lsada, siz buni uddalaysiz deb o‘ylaymiz. Agar tajribangizda qandaydir sinalgan usul bo‘lsa, boshqa foydalanuvchilarga ham o‘z tajribangizni izohda yozib qoldiring. Muhimi, doim salomat bo‘ling! Download 279.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling