Toshent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishi mbr97 guruh talabasining Marketing fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Tayyorladi: Ochilova. D tekshirdi: Mirzajonova. D mavzu


Download 4.46 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi4.46 Kb.
#1627462
Bog'liq
Ochilova D

Toshent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishi MBR97 guruh talabasining Marketing fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Tayyorladi:Ochilova.D Tekshirdi:Mirzajonova.D

Mavzu: Isteʼmolchi xulq-atvoriga taʼsir etuvchi omillar


Iste’mol tovarlarini xarid qilish turli xaridorlar guruhi bo‘yicha turlicha
xususiyatlarga ega. Bu odatda xaridorning tayinli tovarga munosabati, xarid ishtiyoqi
va atvori (talabi)ga ko‘p jihatdan bogliq bo‘ladi.
F.Kotler xaridorlik xulq-atvorining umumiy modelini quyidagicha talqin qiladi.

Xaridorlik atvoriga ta’sir etuvchi omillar ko‘lami Xaridor xulq-atvorining shakllanishida boshlang‘ich ta’sirni madaniylik darajasi va uni tashkil etuvchi xususiyatlar belgilaydi. Madaniyat-insonning ma’naviy yetukligini, ehtiyojlari va atvorining vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega. Lekin madaniyat tub ma’noda, irqiy va milliy madaniyat bilan birlashgan tarzda uchraydi. Faraz qilaylik, yoshlarning individualligi, faolligi, erkinligi va yuqori martabaga bo‘lgan intilishi, yalpi madaniy jihatga ega bo‘lsa, milliy va irqiy taaluqlilik, tarixiy ko‘nikma, barcha millat yoshlarida uzgacha xususiyatlarga ega.

Madaniy jihatdan xaridorning amaldagi ijtimoiy mavqei o‘rni xam muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy mavqe yoki o‘rin-xaridorning jamiyat miqyosida tegishli kasb, mashg‘ullik va qiziqishlari, atvorlarga ko‘ra tartibli tarzda shakllangan guruhlarga bo‘linishidir. Ushbu ijtimoiy guruhlarga ajratishda madaniy saviya, kasb, daromadlar miqdori, odatlar, qadriyatlar asosiy farqlanish belgisi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, AQShda ijtimoiy guruhlarni 6 sinfga bo‘lib o‘rganish, sotsiologlar tomonidan 1978 yili asoslab berilgan. Oliy, o‘rta va past sinflar o‘z navbatida yana yuqori va quyi sinfga bo‘lingan. Shulardan, yuqori oliy sinf vakillari va ularning xaridorlik atvorini ko‘rib o‘taylik. Ushbu sinf aholining 1 foizdan kam qismini tashkil etib jamiyatning nufuzli (elita) vakillari bo‘lib, mashhur va badavlat oila a’zolaridan tarkib topadi. Ular asosan boyliklarini hayriya qilishni yoqtiradilar, bir necha uylarga egalik qiladilar, farzandlarini xususiy maktablarda o‘qitadilar, o‘z boyliklarini esa ochiq ko‘rsatishga va maqtanishga odatlanmaganlar.

Boshqa sinf vakillari uchun ular referent guruh, boshqacha qilib aytganda, o‘rnak hisoblanadilar. Ushbu guruh vakillari qimmatbaho taqinchoqlar, antikvar buyumlar, hashamatli uylarga egalik qilib, oliy toifadagi dam olish va sayohat xizmatlaridan foydalanadilar. Xaridorlik atvorlari va kiyinishlari konservativ tarzda ifodalanadi. Quyi oliy sinf vakillariga esa erkin kasb sohiblari, ya’ni san’atkorlar, rassomlar, yirik olimlar, yuqori malakali tibbiyot xodimlari va boshqalar kiradi.


Turmush tarzi- shaxsning o‘z faoliyatida, qiziqishlarida, qat’iyatida va e’tiqodlarida o‘z aksini topadi. Bir xil madaniy saviyadagi ijtimoiy guruh vakillar xam bir-birlaridan farqlanadi, chunki ular tashqi muhit ta’sirida o‘ziga xos shakllangan bo‘ladilar.
Bozorni segmentlash bilan birga iste’molchilarning so‘rovlarini oldindan bila olish, ularning did-istaklarini yaxshi tushunish, xaridorlar xulq-atvori elementlarini
bilish hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tashqi va ichki omillarni aniqlay olishi zarur.

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 4.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling