Toshkend Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti
Download 260.5 Kb.
|
ona tili MT Shahlo
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kim bo’lishni xohlayman»
- So’zlardan hikoya tuz” o’yini
«Men nimalarni bilaman?» mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar. Tanlov bolalarning mehnat ko’nikmalarini aniqlabgina qolmay, ularni uyda, polizda, bog’da ishlashga rag’batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga hurmatni tarbiyalashdir. Qishloq maktab o’quvchilari ota-onalariga sabzavotlar ekish, hosilni yig’ish, o’tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi. Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar. Ular har qanday mehnat eozozlanishini aytadilar.
Kelajak haqida «Kim bo’lishni xohlayman?» mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o’qib berish va tahlil qilish bolalarni tarbiyalaydi. Yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e’lon qilinadi. “Vatan” so’zini aytish bilan kishining bolalikda o’sib-ulg’aygan joyi tasviri ko’z oldida paydo bo’ladi. Shu orqali o’quvchilarni tasavvuri kengaytiriladi. Doskaga “ Vatan” so’zi yoziladi va turli inshoat binolari, dala, bog’ va odamlar rasmlari yopishtiriladi. O’quvchilar bu vositalar asosida insho yozadilar. PISA Test ‘’Rustam’’. Faxri Erdinch .4-sinf O’qish kitobi (Matnda aniq bayon etilgan axborotni topa olish malakasi) F.Erdichning’’ Rustam’’hikoyasi voqealari qayerda sodir bo’ldi? A)Uy tomonda B)bozor yo’lida D)bog’ yonida 2.Rustam nega ozor chekkan qushday hurpayib qoldi? ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 3.’’U boshini tik tutib o’ng tomondan yurib katta ,hashamdor uylarni,baland daraxtlarni va uzoqdagi qor bilan qoplangan tog’larni tomosha qilib boradi’’gap kim haqida aytilyapti? A)Notanish amaki haqida B)Jandarmlar haqida D)Rustam haqida 4.Hikoya qahramoni Rustam nima sababdan Anqaraga keldi? ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 5.Rustam’’ kelajakdagi asosiy ishim’’ deya nimani aytadi ? A)Afitser bo’lishni B)Jandarimlar safiga kirishni D)Turmaga o’t qo’yishni 6.Rustamning otasi nima sababdan qamalgan edi? ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 7.’’Rustam’’hikoyasida to’g’ri so’zlik,oliyjanoblik,mehnatsevarlik tuyg’ulari ilgari surilganmi?
“So’zlardan hikoya tuz” o’yini Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: "So'z qo'sh”, "Orkestr", "Mana bu tovushga so'z top", "So'zlardan hikoya tuz” va h.k. Yuqorida sanab o'tilganlar jamoa o'yinlaridir. Bular asosida yana bir qancha o'yinlar topish mumkin. Doskaga “ Sabzavotlar va mevalar” savatchasi yopishtiriladi. O’quvchilar 3 qator bo’yicha guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhdan ma’lum a’zolar doskaga chiqib 6 ta meva va sabzavotlar tanlab olishadi. O’quvchilarga 8 daqiqa vaqt beriladi. Bu vaqt davomida o’quvchilar tanlab olgan meva va sabzavotlar nomlarini ishlatib kichik hikoya tuzishlari kerak. Yozilgan hikoyalar o’quvchilarga o’qitiladi. Raqib jamoa a’zolari esa o’qilgan hikoyani qayta, og’zaki hikoya qilib berishlari lozim. Download 260.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling