Toshkent – 019 ritorika muallif


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/86
Sana15.09.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1678816
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
Ritorika

 
 
 


165 
 
Ritorikaning axloqiy tamoyillari mavzusini zamonasiy pedagogik 
texnologiyaning "FSMU " usulida tashkil etish va o‘tkazish
SENARIYSI 
Dars mavzusi: (amaliy mashgulot) Ritorikaning axloqiy tamoyillari
Darsning ta’limiy maqsadi: Talabalarga ritorikaning axloqiy tamoyillari xaqida, 
yaxshilikning ziynati va yomonlikning illatlari, yaxshi so‘zning qudrati, haqida 
ma’lumot berish. 
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarli chiroyli so‘zlashning axloqiy 
fuknsiyalari. Notiqlik san’atida adolat va haqiqat masalalari. Notiq shaxsiga 
qo‘yiladigan talablar haqida fikr bildirish. 
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning axloqiy tafakkurini yuqsaltirish, 
etikaning mezoniy tushunchasi yaxshilik va yaxshi so‘zning uyg‘unligi ularni inson 
xayotidagi o‘rnini xis qilish hamda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini paydo qiluvchi 
madaniyatni rivojlantirishdan iborat. 
Darsda foydalaniladigan texnologiya: 
FSMU texnologiyasi 
Darsning borishi: 
/. Tashkidiy qism. 
2. Talabalarni amaliy mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan 
tanishtirish. 
Darsni o‘kituvchi kirish so‘zi bilan ochadi. U kirish so‘zida amaliy mashg‘ulotning 
mavzusi, maqsadi va borishi bilan talabalarli tanishtirib, bugungi kunda jamiyatda 
yaxshilik va yaxshi so‘zning qudrati ularning jamiyat xayotidagi, muomala 
madaniyatidagi, oilaviy munosabatlardagi amaliy ahamiyatlarini yoritib berishga 
bag‘ishlanganligi haqida fikr bildiriladi. 


166 
3. FSMU o‘tkazish. 
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etish hamda o‘quv jarayonini 
baxs - munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini 
himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq xolda 
baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘rgatadi. 
Auditoriya 5 Yoki 6 ta kichik guruxlarga bo‘linadi. Ularga FSMU ning 4 ta 
bosqichi yozilgan qog‘oz va baxs uchun vaziyatlar tarqatiladi. Vaziyatdan kelib chiqib, 
ular 4 ta bosqich bo‘yicha qog‘ozga o‘z fikrlarini tushiradilar. Guruxdan biri kishi 
chiqib o‘zlarini fikrini himoya qiladi, qolganlari ko‘shimcha qilishlari mumkin. Barcha 
gurux eshitib bo‘lingandan so‘ng o‘kituvchi tomonidan muammo buyicha fikrlar 
umumlashtiriladi. 
FSMUning 4 bosqichi: 
• F – fikringizni bayon eting. 
• S - fikringiz bayon iga sabab ko‘rsating 
• M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keyatiring 
• U - fikringizni umumlashtiring 
1 - vaziyat 
Bizga ma’lumki, barcha davr, barcha xalqlar uchun bir hil bo‘lgan 
yaxshilikning bo‘lishi mumkin emas. U davr, jamiyat taraqqiyotiga qarab o‘zgarib, 
Yangi ma’no kasb eta beradi. Yaxshilik va yomonlik tushunchalari ham xuddi shunday 
o‘zgarib boraveradi. Bir paytlar yaxshilik ma’nosini bildirgan hodisa vaqt o‘tishi bilan 
yomonlikka aylanishi Yoki teskari bo‘lishi ham mumkin. Inson tafakkurining boshqa 
sohalarida bo‘lgani kabi axloqda ham muttasil taraqqiyot sodir bo‘lib turadi. 
Natijada yaxshilik va yomonlik xar bir jamiyatda o‘ziga hos xarakter kasb etadi. 
Sizning fikringiz? 
2- vaziyat 
Oldingda o‘lim turganini sezishing g‘am eyishing uchun kifoyadir. Demak, xali 
o‘lim kelmagan ekan, o‘z g‘amingni eb qol, odamlarga yaxshilik qilish bilan nomingni 
yaxshilar qatoriga ko‘shib ket. 
Aqilli kishida uchta xislat bo‘ladi: o‘ziga berilgan savollarga odob bilan javob 


167 
beradi, birovdan yomonlik kursa ham yaxshilik qiladi, xalqi uchun foydali fikrlarni 
olga suradi. 
3 – vaziyat 
O‘z fursatida qilinmagak yaxshilik - yomonlikka yo‘l ochishi mumkin.
Yomonlarni extiyot qiling! Yomon yo‘k bo‘lsa, yaxshining kadri bilinmay 
qoladi! Mexr - yaxshilik, kaxr - yomonlik belgisi. Shunaqa-ku, mabodo teskarisi bo‘lsa-
chi? Tasavvur qiling bir iflos kimsa begunox odamni o‘ldirib qo‘ydi. Siz mexr 
ko‘rgazib ming yoqqa yugirdingiz. Bo‘lgan hodisani «tasodifga» yo‘nib uni jazodan 
qutqarib qoldingiz. Ertasiga esa u boshqa odamni o‘ldirdi.Sizning mexringiz 
yaxshilikka xizmat qildimi, yomonlikkami? Dunyoda soat kapgiridek tebranib 
turadigan xaqiqatlar ham bo‘ladi. 

- vaziyat 
Billur guldon bilan tosh to‘qnashsa, toshga balo ham urmaydi, gul idishi 
sinadi. negaki guldon bag‘rida gul bor. Yaxshi bilan yomon to‘qnashsa, yomonga 
baloyam urmaydi, yaxshining dili vayron bo‘ladi. Negaki yaxshining qalbida ezgulik 
bor. 

- vaziyat 
Yomonlikka yaxshilik bilan javob bersang bir xissa savob olasan. Yaxshilikka 
yomonlik bilan javob bersang, un xissa gunohga botasan. Negaki, bu dunyoda 
yomonlikka yaxshilik qiladiganlardan ko‘ra yaxshilikka yomonlik qiladiganlar o‘n 
xissa ko‘p. 
6-vaziyat 
Bir kuni bir yaxshi kishi ko‘chadan o‘tib borg‘onida bir necha xayosiz kishilar 
orqasidan yamon so‘zlar ila so‘kib qoldilar. Bu kishi alarning so‘zini(ng) eshitib, 
ko‘lini ko‘tarib: «Yo Rab, bu nodonlarg‘a o‘zing aql bergil va tug‘ri yo‘lga solgil!»-
deb duo qildi. Bu xoldan xabardor bir kishi so‘radiki, «Nima uchun siz ul kishilarning 
xaqqiga yaxshi duo qildingiz?»-deb. Ul kishi :»Ey birodar, xar kim o‘zida borini 
berur. Menda yaxshilik bor edi, shuni berdim, onlarda yamonlig‘ bor ekan, oni 


168 
berdilar. O‘zingda yo‘k narsani qaydan olib berursan, xar kim qilganicha topar, 
yamonning yamonligi o‘z boshiga etar»,-deb javob berdi. 
7 - vaziyat 
Yaxshi hamsuhbat xuddi mushku anbar olib yurgan kishiga uxshaydi. Birga bo‘lsang, 
mushkidan beradi Yoki o‘zing undan sotib olasan, hech bo‘lmaganda esa, uning xush 
bo‘yidan baxramand bo‘lasan. Yomon hamsuhbat esa, xuddi temirchining bosqoniga 
o‘xshaydi: yo kiyimingni kuydiradi, Yoki uning badbuy xidi senga ham urib qoladi». 
Do‘st tanlashdagi islom ta’limotlari mana shulardan iborat. Ular doimo bizni 
yaxshilikka etaqlaydi va yomonlikdan saqlaydi. 
 
8 - vaziyat 
Shirinso‘zlik va muloyimlikning shartlaridan biri ovozni pastlatib, mayin gapirishdir. 
Shuning uchun Allox ovozni pastroq qilib gapirishga chaqirib, qattiq, baqirib 
gapirishni xuddi eshshakning xangrashiga o‘xshatadi: «So‘zlaganda ovozingni 
pastrok tushirgin, zero eng yomon ovoz - eshshakning ovozidir» (Lukmon surasi, 
39 oyat). 
 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling