chastotasi va joriy qiymatlarni hisoblash orqali aniqlanadi. Maksimal va minimal
nuqtalari signal qiymatlarining o‘sishdan pasayishga o‘tish vaqtini belgilash orqali
va aksincha aniqlanadi. Signalning burilish nuqtasi signalning birinchi hosilasi
belgisi qo‘shni nuqtalarda o‘zgargan momentni aniqlash orqali aniqlanadi.
Dinamik muvozanat nuqtalari - bu signal qiymatlari abssissa o‘qidan
o‘tuvchi momentlar. Bunday nuqta qo‘shni signal qiymatlari belgilari o‘zgargan
momentni aniqlash orqali aniqlanadi.
2. Svyortka va korrelyatsiya amallari
Svyortka eng ko‘p ishlatiladigan amallardan biri bo‘lib, u ikkita signallar
ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi: signallardan biri kirish signali, ikkinchisi
esa tegishli filtrning impulsli xususiyati [2, 9].
Ikki signallar ketma-ketligini svyortka amalini bajarishning algoritmik
jarayoni h(n) va x(n) qiymatlarning h(n) ga nisbatan x(n) ni ketma-ket siljish bilan
bosqichma-bosqich yo‘naltirilgan ko‘paytirishdan iborat. Bunday holda quyidagi
operatsiyalar amalga oshiriladi: bosqichma-bosqich siljitish, signalning juft
qiymatlarini va impulsli xususiyatlarini ko‘paytirish, juft ko‘paytirish natijalarini
to‘plashdan (ketma-ket yig‘ish) iborat. 2.1-rasmda ikki signallar ketma-ketligini
(X = (1, 2, 3) va Y = (1, 3, 5)) svyortka amalini bajarish natijasini hisoblash
ketma-ketligi keltirilgan. 2.2-rasmda esa raqamli signal ketma-ketliklari yordamida
ikkita raqamli signallarni svyortkalash tartibi keltirilgan.
Korrelyatsiya. O‘zaro-korrelyatsiya funksiyasi (O‘KF) svyortkalash bazasi
asosida ikkita signallar: ma’lum (asosiy) va noma’lum (o‘lchangan) orqali
hisoblanadi. Bu ikkita signalning o‘xshashlik darajasini va umumiy
xususiyatlarining ko‘rsatkichidir. Avto-korrelyatsiya funksiyasi (AKF) signal va
Do'stlaringiz bilan baham: |