Toshkent – 2022


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana24.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1291676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzuning dolzarbligi: Toshkent-Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy 
shaharlaridan biri -O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning 
yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning 
shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda
Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 2,340,900 kishini tashkil etadi. 
Shahar Qozog‘istonning chegarasiga yaqin joylashgan. Maydoni 327,9 km². 
2007-yili Toshken Islom madaniyati markazi, deb eʼlon qilindi. Bunga sabab 
sifatida shaharda koʻplab tarixiy islomiy inshootlar va Toshkent Islom Universiteti 
borligi, shahar madaniy tarixi islomiy anʼanalar bilan bogʻlanganligidir. 
Toshkent vohasi Tyan Shanning g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib Sirdaryo 
etaklariga tushadigan keng tog‘oldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u 
uchta-Ugom, Piskom va Chatqol tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu tizmalarni 
shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o‘tuvchi daralar ajratib turadi. Bu 
daryolar qo‘shilib Chirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq 
havzasining tor darasidan o‘tib, G‘azalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi 
joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik bo‘ylab oqadi. G‘arbda Chirchiq 
vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq 
daryosining hozirgi o‘zani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi 
Ohangaron daryosi yastangan. 
Kurs ishining maqsadi: Toshkent vohasi toponomikasi haqida umumiy 
tushunchaga ega bo’lish.Toshkent Zarafshon vohasi tarixini o’rganish va tahlil 
qilish va uni o‘rta asrlarada o’rganilishi. 



Kurs ishining obyekti va predmeti: Toshkent vohasi toponomikasi 
o’rganishda tarixiy manbalardan foydalanish. 
Kurs ishining vazifalari: 
• Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish. 
• Toshkent vohasi toponomikasini o’rganish. 
• Toshkent vohasining o’lkamizdagi o’rnini o‘rganish .

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling