Toshkent – 2022


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana24.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1291676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat 



I.Bob. Toshkent voxasi oʻrta asrlar davri 
1.1. Shosh – Toshkent vohasi aholisining etnik xususiyatlari (IX-XII asrlar) 
Shosh (Toshkent) vohasi IX-XII asrlarda Movarounnahrdagina emas, balki 
musulmon olamida ham salohiyatli hisoblangan. Bu davrda Movarounnahrning 
iqtisodiy — ijtimoiy hayoti va aholi oʼrtasida sodir boʼlgan etnik jarayonlar 
Sirdaryo sohillari va mazkur daryoning shimolidagi hududlari bilan uzviy bogʼliq 
boʼlgan. Chunki tarixiy manbalarda turli davrlarda Choch, Shosh va Toshkent deb 
nomlangan 
voha 
Movarounnahrning 
Buxoro, 
Samarqand, 
shuningdek 
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini Yettisuv va Sharqiy Turkiston shaharlari 
bilan aloqalarida muhim oʼrinda turgan[1]. 
Mumtoz sayyoh va geograf Istahriy (850-934) maʼlumoticha, IX-X asrlarda 
Shosh Movarounnahrning yirik iqtisodiy va madaniy viloyatiga aylangan. Shosh 
shaharlari dasht va togʼ tumanlariga boriladigan tranzit yoʼllarda joylashgan edi. 
Bu karvon yoʼllari Buxoro va Samarqandni, Shosh va Iloq markazlarini Fargʼona 
vodiysi bilan bogʼlagan. 
Oʼrganilayotgan davrda vohaning qishloq aholisi asosan dehqonchilik bilan 
shugʼullanib kelgan. Shosh vohasi xoʼjaligida chorvachilik ham muhim 
ahamiyatga ega boʼlgan. Shaharlar va yirik qishloqlar aholisi hayotida 
hunarmandchilik 
asosiy 
oʼrinni 
egallagan. 
Oʼrta 
asrlar 
davomida 
hunarmandchilikning turli sohalari (kulolchilik, temirchilik, zargarlik va boshq.) 
keng taraqqiy etgan. Hunarmandchilikka kerakli xomashyolarning koʼpchiligi 
Shosh va Iloq vohalarining oʼzida mavjud boʼlgan. 
Bu davrda Shosh vohasida tashqi savdoning rivoj topishida Buyuk Ipak 
yoʼlining ahamiyati juda katta boʼlgan. Ipak yoʼlining tarmoqlari Shosh va Iloq 
vohalaridan oʼtgan. Bu yoʼl orqali mahalliy aholi sharqda Xitoy bilan, shimoli — 
gʼarbda Sirdaryoning quyi oqimlari, Orol dengizi va Volga boʼylaridagi xalqlar 
bilan, gʼarbda esa Movarounnahr orqali Аfgʼoniston, Hindiston, Eron va Old 
Osiyodagi barcha yirik mamlakatlar bilan doimiy aloqada boʼlishgan. 
[1] Mavlonov U. Markaziy Osiyoning qadimgi yo’llari. Toshkent: Akademiya, 2008. 166-
bet 



Manbalarda Shosh viloyatida 30 ga yaqin, Iloqda 13 ta yirik shahar 
mavjudligi qayd etilgan. Аrab geograflari Shoshda 25 yoki 27 ta, Iloqda 13 ta 
shahar mavjudligi haqida maʼlumot berishgan. Istahriy Shoshda 27 ta, Iloqda 14 ta 
shahar borligini qayd etgan. Аrab geografi Аl-Muqaddasiy (940-1000) esa 
Shoshda 34 ta, Iloqda 14 ta shahar mavjudligini taʼkidlagan. 
Vohaning qulay geografik va xalqaro savdo yoʼllari kesishgan hududda 
joylashganligi uning iqtisodiy-madaniy jihatdan gullab-yashnashiga yordam 
bergan. IX-XII asrdagi yuksalish keng miqyosdagi savdo-iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotga yoʼl ochgan. 
X asr oxiri — XII asr oʼrtalarida Shosh Qoraxoniylar davlati tarkibiga 
kirgan. Bu davrdan boshlab Shoshda turkiy tilning mavqei ancha oshgan. XI 
asrdan boshlab shahar yana bir yangi nom bilan — Toshkent deb atalgan. 
Shahriston va arkka ega boʼlgan bu shahar IX- XII asrlarda nafaqat vohaning 
maʼmuriy markazi, shu bilan birga Movarounnahrning savdo — hunarmandchilik 
va madaniy markazlaridan biri sifatida ham nom qozongan edi. 
1214-1215 yillarda Muhammad Xorazmshoh Shoshni Qoraxoniylardan 
tortib oladi. Qoraxitoylar qoʼshini hamda naymanlar xoni Kuchuk bilan jang qiladi. 
Shaharni dushman qoʼliga oʼtib ketmasligi uchun aholini koʼchiradi va shaharga 
oʼt qoʼydiradi. 1220 yilda Chingizxon qoʼshinlari koʼchmanchi qabilalar va 
Xorazmshoh qoʼshinlaridan ancha xarobazorga aylangan Shoshni qarshiliksiz istilo 
qilishadi. 
Voha aholisining etnik xususiyatlariga toʼxtaladigan boʼlsak, ilk oʼrta 
asrlarda Choch vohasiga turkiy etnik qabilalarning kelishi, ayniqsa Chochning 
Turk hoqonligi tarkibida boʼlishi, uning madaniyati rivojiga katta taʼsir koʼrsatgan. 
Bu jarayon ushbu makonda turk-sugʼdiy etnomadaniy hududning shakllanishiga 
olib kelgan. Choch eroniy tilli aholining turkiylashish jarayoni jadal kechgan 
maskanga aylanadi. Bu jarayonlar ayniqsa arxeologik materiallarda yaxshi 
kuzatiladi va yozma manbalar orqali ham tasdiqlanadi[2]. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling