Toshkent – 2022
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining obyekti va predmeti: Toshkent
Mavzuning dolzarbligi: Toshkent-Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy
shaharlaridan biri -O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 2,340,900 kishini tashkil etadi. Shahar Qozog‘istonning chegarasiga yaqin joylashgan. Maydoni 327,9 km². 2007-yili Toshken Islom madaniyati markazi, deb eʼlon qilindi. Bunga sabab sifatida shaharda koʻplab tarixiy islomiy inshootlar va Toshkent Islom Universiteti borligi, shahar madaniy tarixi islomiy anʼanalar bilan bogʻlanganligidir. Toshkent vohasi Tyan Shanning g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng tog‘oldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta-Ugom, Piskom va Chatqol tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o‘tuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qo‘shilib Chirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan o‘tib, G‘azalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik bo‘ylab oqadi. G‘arbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi o‘zani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Kurs ishining maqsadi: Toshkent vohasi toponomikasi haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish.Toshkent Zarafshon vohasi tarixini o’rganish va tahlil qilish va uni o‘rta asrlarada o’rganilishi. 4 Kurs ishining obyekti va predmeti: Toshkent vohasi toponomikasi o’rganishda tarixiy manbalardan foydalanish. Kurs ishining vazifalari: • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish. • Toshkent vohasi toponomikasini o’rganish. • Toshkent vohasining o’lkamizdagi o’rnini o‘rganish . Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling