4Maqsadli boshqaruv usuli pog‘onalari.
Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni xar bir xodim maqsadining qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli xar bir xodim oldiga qo‘yladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi.
Xodim maqsadi yuqori bo‘g‘indagi bo‘limlar maqsadiga bo‘ysinishi, unga mos bo‘lishi kerak. Obrazli qilib aytganda ayrim xodimlarning maqsadlari yuqori pog‘onadagi (xususiy, lokal, umumiy) maqsadlar qanoti (kaskadi) ostida bo‘lishi kerak (2.1-sxema).
2.1-sxema. Maqsadlar kaskadi (pog‘onalari).
Shundagina yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.
xodim o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarning soni 4 tadan 8 tagacha bo‘lishi, undan oshmasligi kerak. Agar ularning soni bundan oshsa, u xolda xodim kutgan natijasini ololmaydi, oqibatda korxonaning umumiy maqsadiga putur etkazadi.
yakka maqsadning xam pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo‘lishi kerak. Aks xolda u mavxumlikka yuz tutadi.
rejalashtiriladigan maqsad qiyinchilik bilan erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshirish mumkin bo‘lgan darajada bo‘lishi kerak.
Umuman xar bir kishi o‘z maqsadiga erishishning eng og‘ir va murakkab yo‘lini tanlashi kerak. Xar doim xam o‘z maqsadining juda osonlik bilan xal bo‘lishiga umid bog‘lamasligi darkor.
Shundagina u xar qanday kutilmagan muvaffaqiyatsizlikka tayyor bo‘ladi, darrovgina tushkunlikka tushmaydi.
|
Ammo masalaning boshqa tomoni xam bor. Agar maqsad murakkab bo‘lib, uning ustiga-ustak bajarilishi gumon bo‘lsa, bunday xol xam boshqarishni ijobiy natijalarga erishishdan maxrum etadi.
Xar qanday maqsadning samaradorligi erishilgan natijaga to‘g‘ri baxo berilishiga va uni rag‘batlantirish darajasiga bog‘liq. Agar erishilgan natijaga adolat yuzasidan baxo berish va uni tegishli ravishda rag‘batlantirish odat tusiga kirgan bo‘lsa, u xolda bu korxonada o‘rnatilgan boshqarish usuli ravnaq topib boraveradi.
Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o‘ta murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos:
tob’e bo‘lishlik;
yoyib bo‘lishlik;
o‘zaro munosabat (bog‘lanish)da bo‘lishlik;
Do'stlaringiz bilan baham: |