Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko‘p. Biroq qo‘yidagi ijobiy xislatlar ular orasida a’lohida mavqega ega


Download 2.21 Mb.
bet56/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko‘p. Biroq qo‘yidagi ijobiy xislatlar ular orasida a’lohida mavqega ega:
Dovyuraklikbunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo‘ladi. Ular omadsizlikdan qo‘rqmaydi. qo‘rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. xar bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi.
Sabrlilik – bunday rahbar muvafaqiyatga birdaniga erishishi mumkin emasligini yaxshi tushinadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo‘lib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi. Chidam, sabr to‘g‘risida Abdullo Avloniy shunday degan edi:

Sabr shunday bir kuchli narsadirki,

  1. g‘azabni shijoatga,

  2. kattalikni tavoze’ga(kamtarlikka)

  3. yomonlikni yaxshilikka

  4. aylantirmakka quvvati etar.

Bir hakimdan so‘radilar: “Odamlarni o‘zingdan uzoqlatirmaslikning chorasi nima?”. U dedi: “Chidam va muloyimlik”. Yana undan: ”Mushkul narsalarni qanday hal qilsa bo‘ladi ?” deb suradilar. U yana “Chidam va muloyimlik bilan !”deb javob berdi.
Yaxshi niyatlik – bunday rahbar xayrxoq va iltifotli bo‘ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo‘ladi. £zidagi kanoatsizlikni g‘irrom raqobatchilik yo‘li bilan emas balki xayrxoxlik yo‘li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning xayotidagi shiori hasad emas, balki:

Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib zakir qil” – degan shiordir.

Shu o‘rinda qo‘yidagi hikmatli so‘zlarni ta’qidlash o‘rinlidir. Uch dardga davo yo‘qdir:

  • dangasalikdan kelgan kambag‘alikka;

  • hasaddan tug‘ilgan dushmanlikka;

  • xo‘jayinlikdan kelib chiqqan kasallikka.

Sog‘lom shubhalilik – bunday rahbar ko‘pincha “har narsada shubhada bo‘l” degan shiorga amal qilsada, biroq nosog‘lom shubha – bu xoin, u kishilarni urinib ko‘rishdan qo‘rqitib, erishishlari mumkin bo‘lgan yaxshi narsalardan ko‘p hollarda mahrum etilishni yaxshi biladi. Shu bilan bir qatorda ular o‘z kuchiga ishonish, unga sog‘lom shubha bilan qarash ishchan mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yo‘lida kishi kuchiga kuch qo‘shishni yaxshi tushunishadi.
Kamtarinlilik – bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim ist’edodga to‘g‘ri proportsional ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. Ular:

“Kamtarlik - jasorat toji”;
“Kamtarga kamol, manmanga – zavol”;
“Kamtarlik ko‘kka ko‘tarar, manmanlik erga kiritar”;
“Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi”;
“Kamtarlik a’lodir, mag‘rurlik balodir”

kabi halq maqollariga rioya qilishadi.
Ular kamtarin rahbarning;

  • o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymasligini;

  • ilmu fan yoki mehnat sohasidagi yutug‘i bilan mag‘rurlanmasligini;

  • katta-kichikni birdek hurmat qilishini;

  • odamlar og‘irini engil qilishini;

  • xushmuomala bo‘lishini;

  • qanday davrada bo‘lmasin doimo o‘zini oddiy tutishini;

  • shonu shuhratga uchmasligini yahshi anglashadi.


Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling