Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 2.21 Mb.
bet7/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar.

1.Menejment nima?


2.Menejment fani nimani o‘rgatadi?
3.Menejment ob’ekti va sub’ekti deganda nimani tushunasiz?
4.Menejment fani qanday usul (metod)lardan foydalanadi?
5.Menejment fani qanday fanlar bilan aloqador?
6Uzbekistonda menejment nazariyasi qachon shakllana boshlangan?
7.Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
8.Bozor munosabatlariga o‘tishning besh tamoyili to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
9.“To‘rt maqsad”, “7-s” tamoyillari va “Kaban” usuli to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 10.Ularni bizning sharoitda qo‘llash mumkinmi?


Mavzu 2. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi

1. Boshqarish ta’limotidagi yo‘nalishlar.


2. “Ilmiy menejment” maktabi F.Teylor ta’limotining mohiyati, ilmiy menejment namoyondasi G.Emerson tamoyillari.
3. “Mumtoz menejment” namoyondasi A.Fayol olg‘a so‘rgan tamoyillar.
4. “Insoniy munosabatlar “ maktabi namoyondasi D.Mak-Gregorning (iks) va (igrik) nazariyasi.
5. “Tizimli yoki zamonaviy menejment “ moxiyati, G.Saymon.
6. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari.
1. Boshqarish ta’limotidagi yo‘nalishlar.

Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur xukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib asosan xarbiy tavsifga ega edi.


U davrlardagi menejerlar esa xarbiy intizomni o‘rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo‘rqitish, xar qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni qo‘llaganlar. Bunday boshqaruv mexnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo bo‘lganligi xam sarkardamizning o‘z qo‘l ostidagilarni “qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” tamoyili bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor- mulk egasi o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat to‘ntaruvi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga a’loxida e’tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus soxasiga ajratadi. Ushbu muammolarni xal etish uchun boshqaruv soxasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilmni, fanni vujudga keltirdi.
Shu davrdan boshlab to bugunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to‘rtta yo‘nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o‘zlarining tegishli xissalarini qo‘shishgan.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o‘ziga xos ko‘rinishlarda shakllanadi:

  • 50-60 - yillarda boshqaruvning tashkiliy tarkibi diqqat markazida turgan bo‘lsa;

  • 60-70 - yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi;

  • 80 - yillardan boshlab esa ilg‘or g‘arb firmalarida strategik rejalashtirishdan, strategik boshqaruvga o‘tiladi.

¥ozirgi zamon boshqaruv fani - fanlararo fandir. Boshqaruvning xar bir funktsiyasini bugun maxsus fanlar:

  • industrial-muxandislik sotsiologiyasi;

  • ijtimoiy psixologiya;

  • ijtimoiy injeneriya (ergonomika);

  • marketing kabilar bajaradi.

Ayniqsa, menejmentning marketing nazariyasi bilan uyg‘unlashuvi boshqarishning bozor kontseptsiyasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. ¥ozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar “Tinch boshqarish inqilobi” deb atalmoqda.



Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling