Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet87/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Mahsulot sifatini boshqarish deganda buyumlarni iste’molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta’minlovchi, maqsadga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:

  • rejalashtirish va istiqbolni belgilashda:

  • yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda;

  • normativ (me’yoriy) hujjatlarni ishlab chiqishda;

  • mahsulot sifatini nazorat qilishda;

  • mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag‘batlan-tirishda;

  • sifat to‘g‘risida axborot yig‘ishni tashkil etishda va hakazo xollarda vujudga keladi.

Sifatli tovar deganda uning mustahkamligi, chidamliligi, iste’mol xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi standartlashtirilganlik va takomillashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o‘zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma’lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste’mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo‘ladi.
Xomashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:

  • materiallar sarfi normalarining kamayishida;

  • unga ishlov berishga qilinadigan mehnat sarfining qisqarishida;

  • pirovard mahsulot chiqishning ko‘payishida;

  • mahsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo‘ladi.

Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi:

  • mehnat unumdorligining oshishida;

  • mashinalar chidamliligining uzayishida;

  • zaxiradagi mashinalarga bo‘lgan talabning qisqarishida;

  • ta’mir talab mashinalar sonining kamayishida;

  • kapital sarflariga bo‘lgan tejamkorlikda namoyon bo‘ladi va hokazo.


Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling