Toshkent – 2023” mavzu: Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon xo`jaligini rivojlantirishdagi o`rni reja: Kirish


Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi


Download 0.66 Mb.
bet6/6
Sana22.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1378299
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sultonbek

Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:

  • Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi.

  • Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda ishtirok etish, lizing, qisman qayta sotish va boshqalar.

  • 1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (XISMK) Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash maqsadida savdoni rivojlantirish dan iborat.

    1977 yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (XQXRJ) asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va kam ta'minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishdan iboratdir. ___________________________
    WWW.Finlit.uz

    • Jamg‘arma kam ta'minlangan qishloq uy xo‘jaliklarining ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga sharoit yaratish maqsadida mablag‘larni safarbar qiladi.

    Xulosa o`rnida aytadigan bo`lsak, xalqaro tashkilotlarning jahon xo`jaligini rivojlantirishdagi o`rni juda muhim hisoblanadi. Agrosanoat kompleksi sohasida, shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab- quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan investitsion loyihalarni ishlab chiqish va shakllantirishga ko`maklashish, amalga oshirish, ular ustidan nazorat o`rnatish va muvofiqlashtirishda bajarila-gan ishlarni o`z ichiga oladi. Xalqaro tashkilotlar — davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va sh.k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar XIX asrda vujudga keldi va 2jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va sh.k. nomlar bilan ataladi.Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir. Yuqorida aytilgan Xalqaro tashkilotlar orasida nufuzli moliyaviy tashkilotlar ham o`rin tutgan va bu tashkilotlarning mamlakatimiz rivojida, qolaversa butun jahon mamlakatlari rivojida hissasi katta.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



    1. Sh.M.Mirziyoyev “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga murojatnomasi”. Toshkent-2018

    2. Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O`quv qo`llanma, T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007.

    3. Xaydarov N. Malikov T. Budjet: tizimi, tuzilmasi, jarayoni. O`quv qo`llanma, T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008.

    4. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 04.02.2014. Toshkent

    5. Sh.Sh.Shodmonovning Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik; O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi. -T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010..

    FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLARI:
    1.www.finlit.uz
    2.www. agro.uz
    3.www.president.uz – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.
    4.www.kun.uz – yangiliklar veb-sayti.
    5.www.ziyonet.uz – axborot ta’lim tarmog`i.
    Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling