Toshkent — Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri


Download 32.81 Kb.
bet3/7
Sana22.10.2023
Hajmi32.81 Kb.
#1715164
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
toshkent

Shahar hokimligi

  • Shahar hokimligi
  • Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiy-milliy shakli — hokimlikoʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
  • Shahar hokimlari:
  • Adhambek Fozilbekov (1991-1998)
  • Kozim Toʻlaganov (1998-2003)
  • Rustam Shoabdurahmonov (2003-2005)
  • Abduqahhor Toʻxtayev (2005-2011)
  • Rahmonbek Usmonov (2011-yildan)
  • Toshkent teleminorasi
  • Etimologiyasi
  • Toshkent 2200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Toshkent oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror ValiyShayx Umar BogʻistoniyAbu Bakr ShoshiyAbu Sulaymon BanokatiyHofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hududda yashab, ijod etganlar.
  • Shahar sifatida Toshkent haqidagi birinchi maʼlumotlar eramizdan avvalgi II asrdagi qadimgi-sharqiy manbalarda uchraydi;Xitoy manbalarida Yuni deb atalgan; Fors shohi Shоpur I eramizdan avvalgi 262-yildagi „Zardusht Kaʼbasi“ qaydnomalarida Toshkent vohasi Choch deb nomlangan. Choch — oltin eksporti, qimmatbaho toshlar, shirinliklar va aslzot otlarni boshqa shahar va mamlakatlarga olib o‘tishdagi yo‘lning chorrahasida joylashgan. „Tosh shahar“ maʼnosini anglatuvchi bugungi Toshkent — zamonaviy respublikaning poytaxti, o‘tmish maʼlumotlarini saqlovchiOʻzbekiston tarixi haqida ko‘p maʼlumotlarni xotirlovchi, 2 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan bu shahar Markaziy Osiyoning eng katta industrial markazlaridan biridir.

Download 32.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling