Toshkent — Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri


Download 32.81 Kb.
bet7/7
Sana22.10.2023
Hajmi32.81 Kb.
#1715164
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
toshkent

Yuqorida bayon etgan Choshtepa o’rnida arxeologik qazishma ishalari olib borilib, bu yerning tarixi ancha qadim ekani aniqlandi. Choshtepada topilgan sopol idishlar, ro’zg’or buyumlari hamda hunarmandchilik namunalari tekshirilib. ular bundan 2200 yil ilgari ishlangani va eramizdan avvalgi II asrdayoq Toshkent madaniyat o’chog’iga aylangan o’z ilmiy isbotini topdi.

(Xalq orasidagi rivoyatlar)

(Xalq orasidagi rivoyatlar)

Toshkentning keksa oqsoqollari shahar haqida tildan tilga ko’chib kelayotgan rivoyatlarni hikoya qilishadi. Bundan bir necha ming yil, balki million yil ilgari Toshkent o’rnida Tetis dengizi bo’lgani tarixdan ma’lum. Shahar geografik jihatdan qozon shaklida, terak bo’yi chuqurlikda joylashgan.

Agar yer 100-150 metr chuqurlikda qazilsa, istalgan joydan toza qum, shag’al va tosh qatlami chiqadi. Shuningdek, yer ostida toza ichimlik suvi bor. Yer 4 metrcha qazilgandan keyin ko’p joylardan suv chiqib ketadi. Shu bois shahrimizdagi yer osti yo’li — metro uncha chuqur qazilmagan va ko’p hollarda quruvchilar uchun murakkabliklar tug’diradi. Ushbu dalil ham bir zamonlar Toshkentimiz o’rni azim dengiz bo’lganini tasdiqlaydi…

Shuningdek, o’tmishzamonlarda shahrimiz joylashgan erda suv toshqinlari ko’p bo’lgan. Shahar atrofini o’ragan yettita jarlik ham shundan dalolat beradi. O’sh davrlarda Toshkent o’rnida katta toshqin bo’lgan. Odamlar tepaliklarga chiqib jon saqlaganlar.

Rivoyat qilishlaricha o’sha suv bir mo’jiza tufayli bir kundayoq yer qariga singib ketgan ekan. Shundan keyin mahalliy aholi bu joylarni suv toshgan joy ma’nosida “Toshgan”, “Toshkan” deb atay boshlagan. Bu xalq orasida og’izda-og’izga ko’chib yurgan bir rivoyat. Ammo bu gapda ham jon borga o’xshaydi.

Xullas, Toshkent shahri juda boy tarixga ega.


Download 32.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling