Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Solyusurminning turli yoshdagi bemorlarda qo‘llaniladigan dozasi (N.A.Mirzoyan bo‘yicha)
- Teri-leyshmaniozi (leishmaniosis cutanea) (sin. Borovskiy kasalligi, yomon yara)
- Patogenezi va patanatomiyasi
- Teri leyshmaniozining ikki xilining asosiy belgilari Belgilari Shahar (antroponoz) xili Qishloq, cho‘l (zoonoz) xili
- Toksoplazmoz (toxorlasmosis)
Asoratlari. Visseral leyshmaniozning kechimi, ayniqsa bolalarda zotiljam, enterokolit, nefrit singari kasalliklar bilan yoki furun- kulyoz, abssesslar, yarali stomatit, nekrotik gingivit va hatto noma singari yiringli-nekrotik xastaliklar bilan asoratlanishi mumkin. Tashxisoti. Visseral leyshmaniozning tashxisida avvalo anamnestik ma’lumotlarni (bir yil davomida bemorni bo‘lgan joylari, iskabtopar chaqqanligi) hamda shu kasallikka xos klinik belgilarni (birlamchi affekt, isitma, taloq va jigarning kattalashganligi, anemiya, leykopeniya) aniqlanishi katta ahamiyatga ega. Birlamchi affektni, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda barvaqt (hatto generalizatsiyadan ancha oldin) paydo bo‘lishi tashxis uchun juda muhimdir. Visseral leyshmaniozni aniqlashda eng aniq samarali usul turli a’zolarda parazitni aniqlashdir. Leyshmaniyalarni aniqlash uchun qadimda ishlatib kelingan usullar (taloqning yoki limfa tugunlarini punksiyasi) yoki xavfliligi, yoki kam samarali bo‘lganligi uchun qo‘llaniladi. Hozirgi paytda suyak ko‘migidan punktat olish (Kassirskiy N.A., 1930) usulidan keng foydalaniladi. Bu usulda leyshmaniyalar, bolalarda 97—98% da, kattalarda 95—96% da aniqlanadi. Ko‘pchilik holatda, olingan punktatda juda ko‘p leyshmaniyalar topiladi, biroq ayrim bemorlarda remissiya paytida va ayniqsa kattalarda leyshmaniyalar juda kam bo‘lishi yoki butunlay topilmasligi mumkin. Bunday paytlarda qayta-qayta tekshirish o‘tkaziladi. Ayrim hollarda (5—10%) leyshmaniylarni birlamchi affekt qirindisida yoki qonda aniqlashimiz mumkin. Parazitologik tekshiruv uchun olingan materialdan surtmalar tayyorlab, Romanovskiy usuli bilan bo‘yaladi va mikroskop (hozirgi davrda hatto elektron mikroskop) ostida ko‘riladi. I.A.Kassirskiy taklif etgan — to‘sh suyagini punksiya qilish usuli xavfli bo‘lganligi va bundan ko‘p qon olib bo‘lmasligi tufayli 1950-yillardan boshlab yonbosh suyagiga punksiya qilish usulidan foydalanib kelinmoqda. Bu usul mutlaqo bexatar bo‘lib, ko‘proq punktat olish imkonini beradi va uni bir necha bor takrorlash mumkin. Visseral leyshmaniozni diagnostikasida ishlatilgan teri-allergik sinama hamda (immunoferment usuli, enzim-nishonlangan antitelolar, komplementning biriktirish reaksiyasi, immunopresi- 107 pitatsiya — immunodiffuziya va b.) reaksiyalardan faqat yordamchi sifatida foydalanilsada, ayrim hollarda ulardan olingan ma’lumotlar barvaqt qo‘yish uchun qimmatli bo‘lishi mumkin. Leyshmaniyalarni undirish uchun suyakdan olingan punktat ozuqa sifatida NNN muhitidan foydalaniladi. Serologik usullardan — kompliment biriktirish reaksiyasi, immunoferment analiz (IFA) va boshqalar qo‘llanadi. Biologik usullaridan ham foydalanish mumkin. Taqqosiy tashxisoti Visseral leyshmaniozning boshlang‘ich davrida o‘tkir septik brusellyoz, gri pp, zotiljam, tif-paratif kasal- liklari va ayniqsa bezgak kasalligi bilan taqqoslash zarur bo‘ladi. Kasallikning keyingi bosqichlarida esa avvalo bezgakdan va so‘ngra barcha taloq va jigarning kattalashishi, anemiya hamda leykopeniya bilan keluvchi kasalliklardan farqlash kerak. Bezgak bilan visseral leyshmanioz o‘rtasida o‘xshashlik juda ko‘p bo‘lishi bilan birga, farqli tomonlari ham kam emas. Leyshmaniozda isitma xuruji bezgakdagi singari tartibi (har 48 yoki 72 soatda takrorlanuvchi) bo‘lmaydi, kasallik bezgakka qaraganda uzoqroq cho‘ziladi, leykotsitlar soni juda kamayib, gammaglobulin esa ortib ketadi. Leyshmaniozda isitmani kun davomida takroriy ko‘tarilishi, ya’ni Rodjers ti pida bo‘lishi ham taqqosiy diagnostikada katta yordam beradi. Bemor qonda bezgak plazmodiyalari topilmagan taqdirda va bezgakka qarshi qo‘llangan davo samarasiz bo‘lgan hollarda leyshmanioz haqida o‘ylamoq kerak. Leyshmaniozni boshqa o‘xshash kasalliklardan o‘z vaqtida farqlamoq uchun epidemiologik va klinik anamnezini, shuningdek klinik xususiyatlarini puxta o‘rganmoq, klinik farqlamoq va zarur bo‘lgan laborator tekshiruvlari o‘tkazmoq kerak. Visseral leyshmanioz agar o‘z vaqtida aniqlab spetsifik davolanmasa 99—100% da o‘lim bilan yakunlanishi, agar o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansa deyarli hamma bemorlar sog‘ayib ketishligini aslo unutmasligimiz kerak. Davolash. Hozirgi davrda leyshmaniozni davolashda qo‘lla- nilayotgan dorilar orasida 5-valentin surma preparatlari eng samarali hisoblanadi. Ulardan s o l- yu s u r m i n (sin. — solyus- tibozan — FRG, pentonstam — Angliya, glyukontin — Fransiya) qo‘llanganda 96—100% bemorlar tuzalib ketadilar. Solyusurmin 108 1969-yildan boshlab 20% li eritma sifatida ampulada 10 ml dan chiqarilmoqda. Bu eritmaning 1 ml da 0,041—0,047 g surma bor. Leyshmaniozni solyusurmin bilan davolash tizimini O‘zbekis- tonlik olim N.A.Mirzoyan (1953 y.) taklif etgan. Preparat tizimda ko‘rsatilgan dozada har kuni bir marta, katta yoshdagi bemorlarga esa u dozani ikkiga bo‘lib, yarmini ertalab, qolgan yarmisini kechqurun venaga yuboriladi. Agar 7-5 marta yuborilgandan so‘ng bemorning ahvoli tuzalishga boshlanmasa, preparat dozasini bolalarga har bir kilogramm og‘irligiga 0,15 g dan, kattalarga — 0,12 g dan oshirish kerak bo‘ladi. S u r m a preparatlari bemorda zotiljam, nefrit va sariqlik bo‘lgan taqdirda juda ehtiyotlik bilan qo‘llanmog‘i kerak. Davolash chog‘ida dizenteriya, toksik dispepsiya, pnevmoniya, difteriya, skarlatina singari kasalliklar qo‘shilgan taqdirda surma preparatlarini yuborish to‘xtatilib, qo‘shilgan kasallik alomatlari tugatilgandan keyingina qayta boshlanadi. Solyusurminning turli yoshdagi bemorlarda qo‘llaniladigan dozasi (N.A.Mirzoyan bo‘yicha) Bemorning yoshi va ahvoli Preparatni 1-yuborish (g/kg) Preparatni 2-yuborish (g/kg) 3- va undan keyingi yubo- rish (g/kg) O‘rtacha davolash muddati, kun 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar hali distrofik alomatlar rivojlanmagan 0,05 0,1 0,15 10-12 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, distrofik alomatlari paydo bo‘lgan yoki boshqa kasalliklar qo‘shilgan 0,04 0,06 0,12 14-15 7—14 yoshdagi bolalar 0,04 0,07 0,12 12,14 14 yoshdan katta bemorlar 0,04 0,07 0,1 14—16 109 Leyshmaniozni davolashda surmaning boshqa preparatlari ham ishlatiladi. N e o s t i b a z a n (sin. Bayer 693 V) — 25% li eritmasi venaga yoki mushak orasiga yuboriladi. Birlamchi dozasi 0,1 g sutkalik maksimal dozasi 0,4 g. kichik yoshdagi bolalarga 0,05-0,1 g, 4—5 yoshdagi boallarga — 0,1—0,2 g., 6—8 yoshdagi bolalarga — 0,1—0,25 g., 9—12 yoshdagi bolalarga — 0,1—0,3 g beriladi. Davolash kursi 15—20 kun. Bu preparat qo‘llaganda sog‘ayish 80—90% bo‘ladi. P e n t a m i d i n i z o t i o n a t (sin. — Lomidine) — 10% eritmasi mushak orasiga, har bir marta bemorning 1 kilogramm og‘irligiga 0,004 g hisobidan yuboriladi. Davo kursi 10—15 kun. Ko‘pchilik kuzatishlar natijasiga ko‘ra leyshmaniozni davolashda qo‘llaniladigan dorilar orasida solyusurmin eng samarali bo‘lib, uni har kuni va ortib boruvchi dozalarda berish mumkin (Mirzoyan N.A.). shuningdek u bilan davolash kursi ham boshqa preparatlar- nikidan qisqa — 12 kun (masalan, surpminda — 62 kun, stibozanda — 48 kun) ekanligini hisobga olmoq kerak. Leyshmaniozni davolashda spetsifik dorilardan tashqari patogenetik davo (antibiotiklar, vitaminlar, qon quyish, anemiyaga qarshi dorilar) hamda quvvatli ovqat parhezining ham ahamiyati kattadir. Oqibati. Leyshmaniozning oqibati unga qo‘shilib asoratlan- gan kasalliklar (zotiljam, dispepsiya, bezgak va b.) va ularni davolash uchun qo‘llangan davo usullarimizning samaradorligiga bog‘liq. Leyshmaniozni asoratlanmagan kechimida, hozirgi davrda o‘tkazilayotgan davo tizimi 100% bemorlarda yaxshi samara bermoqda. Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash va davolash, leysh- manioz bilan kasallangan itlarni va boshqa hayvonlarni (kasallik manbayini) yo‘qotish hamda leyshmanioz uchraydigan o‘choq- larda iskabtopar chivinlarni qirish asosiy profilaktik tadbirlar hisoblanadi. 110 Teri-leyshmaniozi (leishmaniosis cutanea) (sin. Borovskiy kasalligi, yomon yara) Teri leyshmaniozi — terining iskabtopar chaqishi mumkin bo‘lgan ochiq qismida bir yoki bir necha yara hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan trasmissiv parazitar kasallikdir. Teri leyshmaniozi qamida issiq o‘lkalarda vaqti-vaqti bilan epidemiya shaklida tarqalib turgan. Hozirgi davrda, bizning o‘lka- mizda teri leyshmaniozining antroponoz (shahar) turi tugatilgan. Zoonoz — tabiiy o‘choqli (qishloq) turlari esa kamdan-kam bo‘lsada uchrab turadi. Zoonoz teri leyshmaniozi (Sinonimlari: pendin yarasi, o‘tkir nekrozlanuvchi teri leyshmaniozi, qishloq-sahro teri leyshmaniozi) — aniq tabiiy o‘choqli infeksiya bo‘lib, Afrika, Osiyo (Hindiston, Pokiston, Eron, Saudiya, Arabiston, Yaqin Sharq, Turkmaniston va b.) o‘lkalarda, O‘zbekistonning Buxoro, Navoyi, Qashqadaryo, Surxandaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek Toshkent va Samarqand viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida uchraydi. Teri leyshmaniozi ham oxirgi yillarda juda kam uchraydi. Etiologiyasi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Leishmania tropica minor bo‘lib, o‘zining antigenlik va biologik xususiyatlari bilan antroponoz (shahar) teri leyshmaniozining qo‘zg‘atuvchisi — L.minor dan farq qiladi. L.tropica tashqi qiyofasi bo‘yicha visseral leyshmaniozni qo‘zg‘atadigan L.Donovanidan farq qilmaydi. Ular bir-birlaridan faqat biologik va serologik xususiyatlari bilangina farqlanadi. Birinchi — ularning harakatsiz, ya’ni xivchinsiz davri umurtqalilar (odam va sut emizuvchi hayvonlar) organizmida; ikkinchi — harakatli, ya’ni xivchinli davri umurtqasizlar (chivin- lar) organizmida o‘tadi. Epidemiologiyasi. Teri leyshmaniozi zoonoz xilining asosiy manbayi turli xil qum sichqonlari hisoblanadi. Sahro va yarim sahroli hududlarda yashovchi boshqa xil yovvoyi kemiruvchilar va kamdan- kam hollarda toshbaqalar ham infeksiya manbayi bo‘la oladi. Kasallikni yuqtiruvchi iskabtopar chivinlar — Rhlebotomus raratasii, Rh.camcasicus, Rh.sergenti hisoblanadi. Ular sahroda qum sichqonlarining inida (bitta inda 500 ga yaqin) istiqomat qiladi. 111 Kasallik transmissiv yo‘l bilan, yoki qum sichqonlaridan iskab- topar orqali odamga yuqadi. Kasallikni yuqishi sahroli hududlarda aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab to setabr oyining oxirigacha davom etishi mumkin. Iskabtoparlar asosan tunda, ko‘proq kechqurun yarim tungacha chiqadi. Sichqon qoni bilan iskabtopar oshqozoniga tushgan xivchinsiz leyshmaniyalar (amastigotlar) bir sutka davomida xivchinli (lentomonal, promastigot) shaklga o‘tadi va to‘rtinchi sutkada iskabtopar tomog‘ida to‘planadi. Shunday qilib, iskabtopar qon so‘rganidan 6—8 kun keyin odam va hayvonlar uchun xavfli bo‘lib qoladi. Iskabtopar odamni chaqqanda parazit teriga kiradi va shu tariqa kasallik yuqadi. Issiq sahroda odamlar ustlarini yopmasdan va hatto yalang‘och yotganlari tufayli chivin chaqishi va yara hosil bo‘lishi terining barcha qismida ham bo‘lishi mumkin. Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, epidemik mavsum asosan moy, iyun oylarida boshlanadi, eng ko‘p kasallanish esa avgust-sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Ko‘proq qishloq aholisi kasallanadi. Endemik o‘choqlarda mahalliy bolalarga nisbatan boshqa joydan kelgan bolalar va kattalar ko‘proq kasallanadi. Bu hol mahalliy aholida oldindan orttirilgan immunitet borligidan dalolat beradi. Patogenezi va patanatomiyasi. Iskabtopar chaqqanida teriga kirgan leyshmaniyalar tezda makrofaglarga (gistiotsidlar, plazmatik hujayralarga) kirib olib ko‘paya bo‘shlaydi. Leyshmaniyalar tushgan joyda o‘choqli produktiv yallig‘lanish rivojlanib makrofaglarning to‘planishi tufayli spetsifik granulemalar (leyshmaniomalar) hosil bo‘ladi. Granulemalar makrofaglar, endotelial, plazmatik va limfoid hujayralardan hamda fibroblastlardan tashkil topgan. Makrofaglar ichida ko‘plab amastigetlar bo‘ladi. Oradan 1—2 hafta vaqt o‘tgach granulemalarda destruktiv o‘zgarishlar rivojlanadi va yaralar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda leyshmaniyalar limfa oqimi bo‘ylab (hatto 5—70 sm masofaga) siljishi va spetsifik tugunlar, limfangait va limfadenitlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Teridagi gistologik o‘zgarishlar spetsifik granulema sohasida yirik infiltratdan iborat bo‘lib, u terining yuza qatlamida tarqoq holda, chuqur qatlamida esa ko‘proq tomir atrofida joylashadi. 112 Teri leyshmaniozining zoonoz shaklida infiltrat markazida nekroz rivojlanishi va uning oqibatida yara hosil bo‘lish jarayoni juda barvaqt yuzaga keladi. Yaralar, odatda, bitib, chandiqlanib tuzaladi. Ayrim hollarda granulemalar yaralanmasdan so‘rilib ketishi mumkin. Leyshmaniozda immunitet ancha mustahkam bo‘ladi, qaytadan kasallanish hollari juda kam uchraydi. Klinikasi. Teri leyshmaniozining zoonoz (qishloq) xilida inkubatsion davr qisqa — o‘rtacha 2—4 hafta, ayrim hollarda 6—8 haftagacha cho‘zilishi mumkin. Teri leyshmaniozini N.F.Rodyakin (1962) taklif etgan klinik tasnifdan foydalaniladi: 1. Birlamchi leyshmanioma: a) surtma davri, b) yaralanish, d) chandiqlanish davri. «Keyin rivojlanadigan leyshmanioma. 3. Diffuz infiltratli leyshmanioma. 4. Silsimon teri leyshmaniozi. Keyingi ikki klinik turi leyshmaniozning antroponoz (shahar) xiliga xosdir. Kasallik, odatda, o‘tkir boshlanadi. Dastlab chivin chaqqan joyda chi pqonsimon bo‘rtma, papula — birlamchi leyshmanioma hosil bo‘lib, kattalashib boradi. U tanada yallig‘lanadi, rangi qizg‘ish ko‘kimtir, qattiq infiltratlangan bo‘lib, bezillab og‘rib turadi, ba’zan deyarli og‘rimaydi. Orada 1—2 hafta (kattalarda 1—2 oy) o‘tgach leyshmaniomaning markazida nekroz boshlanadi, yuzaki quruq qora po‘st bilan qoplanib turadi. Hosil bo‘lgan yaralarning kattaligi 10—15 mm gacha, qirrasi notekis, yoyilgan, nekrozlan- gan, chuqur bo‘lib, nekrotik-yiringli va qonli ajralma bilan to‘lib turadi va og‘riqli bo‘ladi. Ba’zan leyshmanioma atrofida mayda tuguncha (limfangit) lar — keyingi leyshmaniomalar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda bu tugunchalar ham o‘z navbatida yaraga aylanadi va ular bir-biri bilan qo‘shilishi natijasida yaralarning kattaligi bir necha santimetrga yetishi mumkin. Kasallikning limfa tomirlari bo‘ylab tarqalishi oqibatida limfadenitlar ham yuzaga keladi. Yaralarning bitishi — yara tubida granulatsiya hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Yara tubi donador tusga kiradi (baliq tuxumlari simptomi) va orada 2—3 oy, ba’zan 6—8 oy o‘tgach asta-sekin tuzalib, o‘rnida umr bo‘yi yo‘qolmaydigan chandiqlar qoladi. Yara bitishi uzoq cho‘zilganda, ayniqsa yosh bolalarda, ko‘pincha 113 ikkilamchi yiringli infeksiya bilan asoratlanadi, abssess, flegmona, saramas yuzaga keladi va unga tashxis qo‘yish ancha murakkablanadi. Teri leyshmaniozining qishloq (ayniqsa, sahrolarda uchray- digan) xilida leyshmaniomalar soni 1—2 ta, odatda, 5—10, ba’zan 50—100 ta va undan ortiq (Slavin A.N. 222 ta leyshmaniomasi bor bemorni kuzatgan) bo‘lishi mumkin. Yaralar ko‘pincha tananing ochiq joylarida: yuzi, qo‘l-oyoqlari, ba’zan butun tanasida joylashadi. Bitta chivin odamning ma’lum bir joyini 10-15 marta chaqishi mumkin, bunday hollarda leyshmaniomalar to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Aksariyat yosh bolalar va o‘smirlar orasida silsimon teri leyshmaniozi (metaleyshmanioz) kuzatiladi. U butun leyshma- niozlarning 6—7% ni tashkil qiladi. Silsimon leyshmaniozda oldin hosil bo‘lgan chandiqlar atrofida yoki chandiq ustida mayda ko‘kimtir rangli leyshmaniozlar halqasi paydo bo‘ladi. Silsimon teri leyshmaniozida ham xuddi sil ogurugidagidak diaskopiyada «olma jelesi» fenomeni musbat bo‘ladi. Ba’zan qariyalar jarohatlangan terining talaygina sathi infiltratlanib, qalin tortib qoladi, ya’ni diffuz — infiltratli leyshma- nioz rivojlanadi. Ko‘pchilik hollarda infiltrat asta-sekin iz qoldirmay so‘rilib ketadi. Tashxisoti. Teri leyshmaniozini aniqlashda ham xuddi visseral leyshmaniozdagi kabi, avvalo epidemiologik va klinik ma’lumotlarga hamda kasallikning qo‘zg‘atuvchisi — leyshmaniyalarni topishga asoslanamiz. Leyshmaniyalarni mikroskop ostida aniqlash uchun leyshma- niomalardan qirindi (yoki so‘rma, kesma) olib, undan bir necha surtma tayyorlanadi va uni Romanovskiy usulida bo‘yatib, ayniqsa ostida ko‘riladi. Leyshmaniyalar ko‘pincha hujayralar, ayniqsa monotsitlar ichida g‘uj bo‘lib (1—2 tadan 20—30 tagacha) joylashadi. Tekshirilayotgan preparatlarda parazit har doim ham topilavermaydi, shuning uchun uni qayta-qayta va sinchiklab izlash kerak. Teri leyshmaniozining tuberkuloid ti pida Montenegro reak- siyasi musbat natija beradi. 114 Teri leyshmaniozining zoonoz xilini antroponoz xilidan farqlash kerak. Buni osonlashtirish uchun P.V.Kojevnikov va boshqalar (1947) quyidagi jadvalni tavsiya etishgan. Teri leyshmaniozining ikki xilining asosiy belgilari Belgilari Shahar (antroponoz) xili Qishloq, cho‘l (zoonoz) xili Sinonimlari Kech yaralanadigan leyshmanioz, yillik yara Erta yaralanadigan leyshmanioz, Pendin yarasi Inkubatsion davri 2—6 oy, ba’zan 1—2 yil 1—4 hafta Jarayonning rivojlanishi Ozroq papula — do‘mboqchalar O‘tkir yaralangan, ko‘pincha furunkulsi- mon infiltratlar Yaraning paydo bo‘lish vaqti Sekin Tez Limfangitlar 3—6 oy yoki undan keyin 1—3 hafta Do‘mboqchalar soni Kam Ko‘p Joylashishi Juda kam Anchagina Epitelizatsiyaning hosil bo‘lish vaqti Oyoqlarga nisbatan, yuzda ko‘p Yuzga nisbatan oyoqlarda ko‘p Faslga bog‘liqligi Bir yil va undan ko‘p 2—6 oy Epidemik tarqalishi Kasallik yil davomida paydo bo‘lishi mumkin Kasallik asosan yoz-kuzda (iyul-oktabr oylarida) uchraydi Qo‘zg‘atuvchisining manbayi Odam Kemiruvchilar Tarqalgan joylari Asosan shaharda Cho‘l, qishloq, qish- loqqa yaqin shaharlarda Leyshmaniozlarda Borovskiy tanacha- sining soni Ko‘p Kam Oq sichqonlar uchun virulentligi Kam Katta Immunitet paydo bo‘lishi Shahar xili bilan kasallangan bemor qishloq xili bilan yana kasallanishi mumkin Qishloq xili bilan kasallangan bemor shahar xili bilan yana kasallanishi mumkin Qo‘zg‘atuvchisi L.trorica minlr L.trorica major 115 Teri leyyshmaniozdagi jarohatni ko‘pchilik dermatozlardan (furunkulez, teri raki, pastki lab o‘smasi va b.) shuningdek moxov, zaxim, teri va limfatik bezlar tuberkulezi, retikulosarkomatoz va boshqalardan farqlash kerak bo‘ladi. Davolash. Bemorni kasallikning davriga, bemorning ahvoli, kasallikning klinik belgilari va xiliga qarab davolanadi. Kasallik o‘tkir boshlanganda va yara bosqichida yallig‘lanishiga qarshi mahalliy dezinfeksiyalovchi eritma va malhamlar hamda mushak orasiga monomitsin (kattalarga 250000 BR kuniga 3 mahal, davolash kursiga 10000000 BR) yuboriladi. Monomitsin bolalarga tana og‘irligining har 1 kg ga 4000—5000 BR hisobidan kuniga 3 mahal beriladi. Aminoxinolon — 0,2 g dan 3 mahal, bir kursga 11—12 g beriladi. Yaralar ko‘p va ular yiringli infeksiyalar bilan asoratlangan bo‘lsa, tomirga 5% solyusurmin eritmasi (bir kunda 3—10 ml, jami 20—25 marotaba) yuborish bilan birg a antibiotik, sulfanilamidlar va autogemoterapiya buyuriladi. Kasallik boshlanish davrida leyshmaniomalar atrofiga monomitsin (100000 BR 0,5% li novokaindagi eritmasi) va urotropin (40% li) eritmalarini yoki 0,5% akraxining 1 (menokran) 1% li novokain bilan aralashmasi yuboriladi. Ana shu dorilar bilan ho‘llangan doka lattani yara ustiga qo‘yish yoki monomitsinli, 15% li salitsin va boshqa malhamlarni surtish ham yaxshi natija beradi. Metronidazol tabletkasi 250 mg dan 10 kun beriladi. Hozirgi davrda teri leyshmaniozini davolashda, ayniqsa bo‘rtmali bosqichida, lazer nurlaridan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu usul bilan davolanganda yara chandiqsiz bitadi. Kasallikning og‘ir kechimida 5-valentli surma preparatlaridan foydalaniladi. Barcha davolash tadbirlari bemorning kuch-quvvatini ko‘paytiradigan davo choralari bilan birga olib borish kerak. Profilaktikasi. Profilaktik choralar asosan kasallik keng tarqalgan endemik o‘choqlarda iskabtopar chivinlarni hamda kasal- lik manbayi bo‘lgan kemiruvchi hayvonlarni yo‘qotishga qaratiladi. Kasallik o‘chog‘ida dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Endemik o‘choqlarda ishlovchi odamlarni chivin chaqishidan asrash choralari ko‘riladi. 116 Teri leyshmaniozi qishloq (zoonoz) xili qo‘zg‘atuvchisining toza undirmasi (ya’ni L.mojor ning tirik ultrasi) bilan (0,1—0,2 ml) emlash ham yaxshi natija beradi. Bu vaksinani endemik zonaga kirishidan 3 oy oldin qo‘llash kerak. Emlashdan hosil bo‘lgan immunitet umrbod saqlanadi. Toksoplazmoz (toxorlasmosis) Toksoplazmoz — parazitar kasallik bo‘lib, asab sistemasining jarohatlanishi, jigar, taloq va limfatik tugunlarning kattalashuvi, ko‘pincha skelet mushaklari, miokard va ko‘zlarning jarohatlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Tarixiy ma’lumotlar. Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi — toksoplaz- malarni birinchi bor 1908-yilda italiyalik olim Srlendore (quyon- larda) va uning bilan bir vaqtda fransuz olimi Nicolle va Manceaux (Ctenodactylus gandii deb nomlanuvchi Afrika kemiruvchilarida) aniqladilar. Srlendore toksi plazmalarni quyonlar, suv cho‘chqasi hamda itlarga yuqtirish ustida tajribalar olib bordi va parazit haqida birlamchi ma’lumotlarni berdi. Keyinchalik quyonlar va boshqa kemiruvchi hayvonlarning ichki a’zolaridan topilgan bu bir hujay- rali, harakatsiz parazitlarning tuzilishi va hayot tarzini o‘rganishlari asosida mustaqil Toksi plazmoz (yoy, arka) jinsiga ajratdilar va ularni — Toksoplazmoz gandii deb atadilar. Toksoplazma grekcha «tokson» — zahar va «plazma» — protoplazma ma’nosini anglatadi. Toshkentda toksoplazmoz haqida batafsil ma’lumotlarni 1912-yilda V.L.Yakimov va N.Kol-Yakimovalar chop etishgan. Ular toksop- lazmlarni itlarda aniqlashgan. 1930-yilda D.N.Zasuxin va N.A.Gayskiylar toksoplazmalarni G‘arbiy Qozog‘iston yumronqoziqlarida, G.Ya.Zmeyev esa 1935-yilda Turkmaniston kalamushlarida aniqladilar. 1914-yilda odamlarda toksoplazmozni birinchi bo‘lib A.Kastelani Seylon orolida shu xastalikdan o‘lgan soldatda kuzatdi va kasallik qo‘zg‘atuvchisini Toxorlasma ryrogenes deb atadi. 1916-yilda Rossiyada A.I.Fedorovich bemor bola qonida bezgak plazmodiyalarini qidira turib toksoplazmalarni aniqladi, xuddi shunday parazitlarni u itlarda ham topdi. 117 Chexiyalik olim Janku (1923) gidrotsefaliya, chap taraflama mikroftalm va sariq dog‘ning ikki yoqlama kolobomasi singari holatlar bilan halok bo‘lgan 11 oylik bolani kuzatish asosida tug‘ma toksoplazmoz kasalligi haqida batafsil ma’lumot bergan. Keyinchalik (1937—1955-y.) amerikalik virusolog Sabin o‘z xodimlari bilan birga odamlarda va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini har taraflama chuqur o‘rgandi. Ular toksoplazmalarni ko‘pchilik hayvonlar va parrandalarga xavfliligini aniqlash bilan birga parazitni zararlangan hujayralarda ko‘payish tarzini ham o‘rgan- dilar. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling