Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tropik o‘lkalarda aholining ovqatlanish muammosi


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana13.02.2017
Hajmi2.8 Kb.
#330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

Tropik o‘lkalarda aholining ovqatlanish muammosi
Ko‘pchilik tropik o‘lkalar aholisining ovqatlanishi sifat jihatidan
past,  jumladan,  oqsil yetishmovchiligi,  gi povitaminozlar,  ko‘plab
parazitar   kasalliklar   (poli parazitizm)   tufayli  rivojlanadigan  —
disproteinemiya juda ko‘pchilikda kuzatiladi. Bu holat organizmning
qarshi kuchini kamaytirib, aholining ko‘pchilik kasalliklarga moyil-
ligini orttiradi va bu kasalliklarni og‘ir hamda asoratli kechishiga
sabab bo‘ladi.
Oqsil  ochligi,  organizmga  yetarli  miqdorda  hayvonot  oqsili
tushmasligi oqibatida, ayniqsa vegetariancha ovqatlanish tarzi odat
bo‘lgan aholi orasida kuzatiladi.
Gi povitaminozning  ko‘pligi,   kundalik  ovqatlanishning  bir
xilligi, sabzavot va mevalarni kam iste’mol etilishi bilan bog‘liq.
Ko‘proq  guruch  bilan  ovqatlanuvchi,  tropik  o‘lka  aholisi
orasida, B guruhi vitaminlari yetishmovchiligi va beri-beri kasalligini
rivojlanishi, stomatitlar, jo‘xori bilan ovqatlanuvchilar orasida esa
— pellagra, xeylit kasalliklari ko‘p uchraydi.
Ayrim hududlarda A vitaminining yetishmovchiligi ko‘rlikning
asosiy sabablaridan bo‘ladi.
Ovqatlanish organizmning faqat energiya sarflanishini qoplab
qolmasdan, uni barcha kerakli oziq moddalar bilan to‘la taminlashi
kerak.
Buning uchun amalda uchta shartga — ovqatlanishining fiziologik
me‘yorlari, oziq-ovqatlarni iste’mol qilish me’yorlari va ovqatlanish
rejimiga  rioya  qilish  kerak  bo‘ladi.  Ovqatlanishining  fiziologik
me’yorlarini taminlashda uning ikki tomoni — miqdoriy (kaloriya-

49
viy) va sfatiy (oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar)
hisobga olinishi shart.
Kunlik ratsionda ovqatlanishning fiziologik me’yorlari 2560 kkal
dan kam bo‘lmagani holda, oqsil — 48—62 g., yog‘ ham shuncha,
uglevodlar — 240—300 g, qilib belgilangan. Yog‘ organizmda suvni
ushlab qolish xususiyatiga ega.
Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat taminoti
me’yorlari kishi boshiga (kalloriya hisobida) talab etiladigan minimal
me’yorlarga mos kelmaydi. Yer yuzining 60% aholisi kuniga 2200
kkal dan kam iste’mol qiladi.
Masalan,  O‘rta  Sharq,  Tinch  Okeanning  janubiy  qismi  va
Hindistonda  aholi  ratsionining  o‘rtacha  kaloriyasi  rivojlangan
mamlakatlarga nisbatan 660—800 kkal ga kam bo‘lib, o‘rtacha 2150
kkal ni tashkil etadi.
Ko‘pchilik Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida kishi boshiga
sutkalik ratsion kaloriyasi 2000—2200 va 2500 kkal ni tashkil etadi.
Ba’zi bir mamlakatlarda bundan ham kam.
Iste’mol qilinadigan ovqatning faqat miqdori (kalloriyasi) emas,
balki sifati ham juda katta ahamiyatga ega.
Kunlik ratsionda o q s i l n i n g yetishmasligi salomatlikka juda
katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholisining  kunlik  ratsionida
kalloriyaning  80%  (Lotin  Amerikasida  —  50—60%)  uglevodlar
bilan qoplanadi.
Osiyo,  O‘rtayer  dengizining  sharqiy  qismi  va  Afrikaning
ko‘pchilik aholisi asosan donli hamda ildizmevali ozuqlar bilan
ovqatlanadilar, oqsil va ko‘pchilik vitaminlar (C va B guruhi) ga
boy bo‘lgan hayvonot va o‘simliklar mahsulotlarini juda kam iste’mol
qiladilar. Sut, go‘sht, tuxum, baliq, dukkaklilar va ho‘l mevalar
kunlik ratsionda juda kam yoki mutlaqo kiritilmaydi. Masalan, Shri—
Lanka aholisi angliyaliklarga nisbatan go‘shtni 22 marta, yog‘ni —
5 marta, sutni — 12, choyni — 4 marta kam iste’mol qiladilar.
Aholining  ovqatlanish  tarziga  juda  salbiy  ta’sir  etuvchi
omillardan yana biri, ayrim elatlar orasida odat bo‘lib qolgan —
taqiq (tabu)dir.

50
Aksariyat hollarda eng kerakli bo‘lgan: go‘sht, baliq, sut, tuxum
singari mahsulotlar taqiq ostiga tushadi. Yana shunisi achinarliki,
bu taqiqlar ko‘proq homilador yoki emizuvchi ayollar, bolalar va
o‘smirlarga, ya’ni oqsilli ozuqalarga eng muhtoj bo‘lgan shaxslarga
nisbatan qo‘llanadi.
Masalan, Malayziya va Indoneziyada homilador yoki emizuvchi
ayollar  hamda  kichik  bolalarga  sabzavot  va  mevalar  yeyish
taqiqlangan. Osiyoning ko‘pchilik aholi qatlamlari orasida, diniy
aqidalarga ko‘ra faqat sayqallangan guruch iste’mol qilinadi, ayrim
diniy kastalar hindularga — go‘sht, sut va boshqa bir qancha oziq-
ovqatlarni yeyishni taqiqlaydilar. Bunday misollarni juda ko‘plab
keltirish  mumkin.
Yetarli ovqatlanmaslik oqibatida yuzaga keladigan kvashiorkor,
alimentar  marazm  yoki  boshqa  patologik  sindromlarni  JSST
ekspertlarining taklifiga binoan (1961) «oqsil-kaloriya yetishmasligi
kasalligi» deb atash qabul qilingan.
Bolalarni  ko‘krakdan  ayirish  paytida  rivojlanadigan  oqsil—
kaloriya ochligi eng keng tarqalgan holatdir. K v a sh i o r k o r
ko‘pincha ko‘krakdan ayirish bilan darhol kraxmalga boy va bola
ovqat hazm sistemasiga og‘irlik qiladigan dazal hamda ko‘p ovqat
berish oqibatida yuzaga keladi. Bunda bolalar organizm uchun zarur
bo‘lgan oziqlarni, jumladan oqsilni o‘zlashtira olmaydi. Bolaning
o‘sish va fiziologik rivojlanishidan orqada qolishi, shish, mushaklar
distrofiyasi  va  psixomotor  o‘zgarishlar  kvashiorkorning  doimiy
belgilari  hisoblanadi.  Bu  belgilardan  tashqari,  soch  va  terining
oqarishi (depigmentatsiya),  kamqonlik,  jigar  kattalashuvi,  gi po
va avitaminozlar hamda turli infeksiyalar kuzatiladi.
A l i m e n t a r m a r a z m (kaxeksiya, bolalar atrofiyasi)
ham muttasil ovqat yetishmasligi tufayli rivojlanadigan patologik
holat bo‘lib, bolaning o‘sishdan qolishi, teri osti yog‘ qatlami va
mushaklarni ozib ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Bularda ham turli
infeksiyalar,  vitaminlar  yetishmovchiligi  teri  va  sochlarda
o‘zgarishlar  kuzatiladi.
Oqsil—kaloriya yetishmaslik holati har doyim ham klinik oshkor
ko‘rinishida bo‘lmasdan ko‘pchilik hollarda yashirin yoki subklinik
shakilda  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham,  aslida,  bolalarning

51
ko‘pchiligida oqsil yetishmovchiligi mavjud. FAO qo‘mitasining
ma’lumotiga ko‘ra iqtisodiy nochor davlatlarda har 10 boladan 3
tasida kvashiorkor, ko‘krakdan ajratilgan bolalarning 20% da o‘tkir
oqsil yetishmovchiligi, 40% da butun umri davomida jismoniy ojizlar
kuzatiladi, qolganlari esa ochlikdan o‘ladi.
Bolalardan tashqari aholining eng ko‘p aziyatlanadigan qismi,
bu  homilador  yoki  emizuvchi  ayollardir.  Ularning  ratsionida
oziqning  sifat  va  miqdoran  yetishmasligi  ko‘pincha  anemiya
rivojlanishiga olib keladi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ayrim
hududlarida aholining 80—90% da, ayniqsa homilador ayollar va
bolalarda anemiya aniqlanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida tug‘ilayotgan
bolalarning 20% da, tana og‘irligi 2500 g dan oshmaydi. Ularning
ko‘pchiligi tez orada o‘ladi, qolganlari esa nimjon bo‘lib o‘sadi.
Hindiston va boshqa Sharqi—Janubiy Osiyo o‘lkalari aholisida
ko‘p  uchraydigan  megaloblastik  anemiya,  vitamin  B
12
  va  foliev
kislotasining  yetishmovchiligi  tufayli  yuzaga  keladi.  Homilador
ayollarning 20—50%da megaloblastik o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday
shaxslarning ko‘pchiligi (30—60%) da oqsil—kaloriya yetishmov-
chiligi ham aniqlanadi.
A  vitaminning  yetishmovchiligi  tufayli  yuzaga  keladigan  —
kseroftalmiya, keratomalyatsiya, B vitamini yetishmasligidan —
beri-beri kasalligi, pellagra, D vitamini taqchilligidan — raxit va
osteomalyatsiya, C vitamini yetishmasligidan — singa (skorbut)
singari gi povitaminoz holatlari dunyoda juda keng tarqalgan.
Tropik va subtropik hududlardagi rivojlanayotgan mamlakat-
lardagi  bolalarning  1—30%  (Shimoliy  Afrikada  51%)  da  raxit
alomatlari aniqlanadi. Buning boisi, D vitaminga boy bo‘lgan oziqlar
(yog‘, tuxum, jigar, baliq moyi) ning juda kam iste’mol qilinishi-
dadir.
Pellagra kasalligi juda ko‘p rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi
uchun xos.
Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Markaziy hamda Janubiy
Amerikaning ayrim hududlarida kseroftalmiya keng tarqalgan va
og‘ir  kechadi.

52
Ko‘pchilik, kichik (6 oydan oshgan) bolalarda, ona suti orga-
nizmga zarur oziqni yetarli taminlayolmay qolgan taqdirda diareya
rivojlanadi.  Bu  xastalik,  ko‘krakdan  ajratilib,  tarkibida  kerakli
oziqlar yetarli bo‘lmagan, umumiy ovqatga o‘tkazilgan bolalarda
ham bo‘ladi. Diareya, Afrikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning
deyarli  barchasida,  Osiyo  bolalarining  ko‘pchiligida  kuzatiladi.
Eronda bolalar o‘limining yarmi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri
keladi va ularning ko‘pchiligi oshqozon-ichak yuqumli kasalliklari-
dan o‘ladi. Lotin Amerikasida 1 yoshdan 4 yoshgacha oshqozon-
ichak kasalliklaridan o‘lgan bolalarning 40% da oqsil ochligi va
umumiy alimentar xorg‘inlik alomatlari aniqlangan.
Oziq  yetishmovchiligi  tufayli  yuzaga  keladigan  kasalliklar,
yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi va og‘ir kechishida muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tropik o‘lkalarda sog‘liqni saqlash xizmati
va vrachlar ishining xususiyati
Ko‘pchilik  rivojlanayotgan  mamlakatlar  uchun,  tibbiyot
xodimlarining, ayniqsa mahalliy malakali vrachlarning yetishmasligi,
qishloq va shaharlarda tibbiy xizmatni keskin farqlanishi, profilaktik
tibbiyot emas balki davolash tibbiyotining ustvorligi xosdir. Ayrim
rivojlanayotgan  mamlakatlarda  tibbiyot  uchun  ajratilayotgan
mablag‘, rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan 10 va undan ortiq
marta kam.
O‘z yurtlarida tayyorlangan mutaxassislarning malakasi rivojlan-
gan mamlakatlarda tayyorlangan vrachlarnikidan past. Uning ustiga-
ustak,  keyingi  yillarda  malakali  mutaxassislar,  vrachlar  rivojla-
nayotgan davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga o‘tib ketish hollari
ko‘paymoqda.
Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  vrachlar  asosan  umumiy
amaliyot  shifokori sifatida  ish yuritadi  va  ko‘proq bolalar  bilan
ishlaydi, chunki tropik o‘lkalarda ko‘pchilik yuqumli kasalliklar
bolalar  kasalligiga  aylanib  bormoqda.  Vrachlarga  murojaat
qiluvchilar ko‘p bo‘lganligi sababli ularni to‘liq tekshirishga imkon
ham,  qishloq  joylarda  laborator  uskinalar  ham  yetishmaydi.

53
Shuning uchun ham tashxis qo‘yish asosan fizikal ma’lumotlarga
asoslanadi.
Shuni ham aytish kerakki, bir xildagi laborator ko‘rsatkichlar
tropik o‘lkalarda va mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda turlicha baholanadi,
chunki me’yor tushinchasi ularda turlichadir.
Masalan,   tropikaning  mahalliy  aholisida  gi pergammaglo-
bulinemiya,  biroz  eozinofiliya,  neytrofillar  va  gemoglobinlarni
ozroq kamayganligini patologik deb hisoblanmaydi.
Parazitologik  tekshiruvlar  natijalarini  noto‘g‘ri  talqin  qilish
ham xavflidir. Katallarda ko‘pchilik parazitlarning zararli ta’siri
organizmning himoya kuchlari tomonidan zararsizlantiriladi. Bunday
parazitlarni topilishi, vrach asosiy kasallikni aniqlolmay noto‘g‘ri
qaror qabul qilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa,   bezgak  bo‘yicha  mezo-,   gi per-   va  goloendemik
hududlarda, katta yoshdagi bolalarda va kattalarda topilgan bezgak
parazitini baholashda     ehtiyot bo‘lmoq kerak,  chunki tri ponasomoz
yoki visseral leyshmaniozdek xavfli kasalliklarda ham bezgak singari
isitma kuzatiladi va ular bezgak paraziti tashuvchiligi bilan birga
kechishi mumkin.
Jahonda sog‘liqni  saqlash bo‘yicha olib  borilayotgan ishlar,
asosan ko‘pchilik aholining salomatligiga putir yetkazayotgan va
katta iqtisodiy zarar keltirayotgan kasalliklardan himoyalashning
samarali va foydali usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Bunday
kasalliklar  qotoriga  JSST  bezgak,  shistosomozlar,  filyaridozlar,
tri ponosomozlar,  leyshmaniozlar  va maxov  kasalliklarini kiritgan.
Davolash  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ishlarni,  alohida  bir
bemorni davolashga emas balki butun aholini sog‘lomlashtirishga
mo‘ljallangan dorilar va usullarni ishlab chiqilishiga qaratish juda
dolizarb va samarali hisoblanadi.
Tropik  patologiyaning  umumiy  xususiyatlari  tropika
mahalliy aholisining o‘ziga xos xususiyatlari
Issiq  o‘lkalar  patologiyasining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  —
quyidagilardir:

54
1. Kasalliklarning turli-tumanligi;
2. Infeksiya va invaziyalarning yuqish darajasining yuqoriligi;
3. Mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda tarqalgan kasalliklarning tropik
o‘lkalarda kechimining o‘ziga xosligi.
1. Kasalliklarning turli-tumanligi yuqorida aytilgan tabiiy va
ijtimoiy omillarga bog‘liq. Tropik o‘lkalarda mo‘tadil iqlimli yurtlarda
uchraydigan kasalliklarning barchasi va ulardan tashqari faqat shu
o‘lkalarning o‘zida tarqalgan (xususiy tropik) kasalliklar kuzatiladi.
Xususiy tropik xastaliklar qatoriga kiruvchi yuqumli va invazion
kasalliklar turi unchalik ko‘p bo‘lmasada, ular keltiradigan katta
zarari bilan juda ahamiyatlidir. Ular qatoriga — sariq isitma, denge,
flebotom isitmasi,  Lossa,  Ebola isitmalari,  tri ponosomozlar,  shisto-
somozlar, ankilostomozlar, filyaridozlar, drankunkulez, leyshma-
niozlar, frambeziya va ba’zi-bir tropik mikozlar kiradi. Ularning
xalq salomatligiga keltirayotgan zarari beqiyosdir.
Ayrim yuqumli kasalliklar (masalan: mohov) endilikda xususiy
tropik kasalliklar qatoriga kirib qolgan, chunki rivojlangan mamla-
katlarda bu kasallik yo‘qotilgan.
O‘lim sabablarini tahlil qilib ko‘rilganda, sanoati rivojlangan
mamlakatlarda keyingi yillarda o‘limning asosiy sabablari yurak va
tomir  xastaliklari,  shuningdek  yomon  o‘smalar  bo‘lgan  bo‘lsa,
tropik o‘lkalarda esa, birinchi o‘rinda, yuqumli kasalliklar, ayniqsa
bezgak,  qizamiq,  ichak  infeksiyalari,  tuberkulez  va  boshqalar
turadi.
Aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilanishi, urbanizat-
siya, industrializatsiya va boshqalar kasalliklar va o‘lim sabablari
tizimiga ham o‘zgartirishlar kiritadi.
2. Kasalliklarning tarqalish darajasini yuqoriligi. Tropik o‘lkalarda
mavjud bo‘lgan tabiiy omillar, yuqumli va parazitar kasalliklarning
qo‘zg‘atuvchilarini keng va tez tarqalishiga juda qulay sharoit yaratadi
hamda u o‘lkalardagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ham kasalliklarni
tarqalishiga monelik qilmaydi. Ko‘pchilik kasalliklar issiq o‘lkalarda
mo‘tadil iqlimli o‘lkalardagiga nisbatan keng tarqalgan va o‘choqlarda
bemorlar soni ham juda ko‘p bo‘ladi.
Masalan; bezgak hech bir zaminda, tropik o‘lkalardagi singari
ko‘p hududlarga tarqalmagan va ko‘pchilik aholini zararlamagan.

55
Faqat  shu  o‘lkalardagina  goloendemik  o‘choqlar  mavjud.  Bu
o‘choqlarda nafaqat barcha aholi kasallangan, balki ular o‘z umri
davomida  (go‘daklik  davridan  boshlab)  o‘nlab  va  hatto  yuzlab
marotaba qayta-qayta kasallanadilar.
Ko‘pchilik  kasalliklarda  qayta-qayta  yuqishi  tufayli  kasallik
qo‘zg‘atuvchisi va uning xo‘jayini bo‘lmish odam organizmi o‘rtasida
moslashuv  paydo  bo‘ladi,  oqibatda  kasallikning  o‘tkir  kechimi
faqat bolalarda bo‘lib, kattalar esa (bezgak, ko‘pchilik gijja kasallik-
larida) tashuvchi bo‘lib qoladilar.
Ayrim infeksiyalarning ko‘p marta yuqishi va klinik aniq oshkor
bo‘lmasdan kechishi oqibatida aholining spontan immunizatsiyasi
yuzaga kelishi mumkinligi, poliomielit kasalligi misolida o‘rganilgan.
Ko‘p  vaqtgacha,  Afrikada  difteriya  kasalligini  uchramaslik
sabablari  jumboq  bo‘lib  kelgan.  Ma’lum  bo‘lishicha,  bolalar
difteriyaning  teri  (yengil  kechadigan)  shakli  bilan  og‘rib  o‘tar
ekanlar, oqibatda immunitet paydo bo‘lib, boshqa og‘ir kechadigan,
ba’zan o‘limga sabab bo‘ladigan (tamoq, kekirdak va boshqa) difteriya
turlaridan  saqlar  ekan.
3.  Kasallik  kechimining  o‘ziga  xosligi.  Tropik  o‘lkalarda
kasalliklarning o‘ziga xos kechimiga, ko‘pchilikda mavjud bo‘lgan
turli surunkali yuqumli kasalliklar, organizmga kasallik qo‘zg‘atuv-
chisining  ko‘p  miqdorda  tushishi,  birlamchi  yuqishini  barvaqt
(bolalikda) bo‘lishi, ba’zan tashqi muhitning bevosita ta’siri sabab
bo‘ladi.
Yuqumli xastalikning ko‘pligi, bir vaqtning o‘zida bir necha
xil kasallik qo‘zg‘atuvchisining yuqish imkoniyatini yaratadi. Amalda
tropik o‘lka aholisining har biri bir necha xil parazit bilan zararlan-
gan.  Turli  infeksiyalar  va invaziyalarni,  shuningdek  yuqumli  va
yuqumsiz kasalliklarning o‘zaro ta’siri juda turlicha, ba’zan kutil-
magan ko‘rinishlarda bo‘ladi. Bu tropik tibbiyotning eng muhim,
biroq yaxshi o‘rganilmagan qirralaridan biridir.
Yuqumli  va  parazitar  kasalliklarning  klinik  kechimini  og‘ir
yoki  yengil  bo‘lishi,  ko‘proq  aholi  immuniteti  darajasi  hamda
bemor organizmida kasallik kechimini og‘irlashtiruvchi holatlarning
bor  yoki  yo‘qligiga  bog‘liq  bo‘lsada,  ayrim  hollarda,  tropik
o‘lkalardagi  kasalliklar  kechimiga  xos  barcha  xususiyatlarning

56
sababini  aniqlash  imkoni  bo‘lmaydi.  Masalan;  amyobiaz,  sil,
meningikokk  infeksiyasi  tropik  o‘lkalarda,  mo‘tadil  iqlimli  tropik
o‘lkalarda qizamiq (G‘arbiy Afrikada «bolalarga qirg‘in keltiruvchi»
kasallik), suvchechak, ko‘k yo‘tal va boshqalar juda og‘ir kechadi va
ko‘p o‘lim beradi. Biroq sariqli isitma va boshqa ayrim kasalliklar tropik
o‘lkalarning mahalliy aholisida ko‘pincha subklinik ko‘rinishida kechadi.
Tropik o‘lkalarda bu kasalliklar ko‘pincha bezgak bilan birgalikda
kechadi, bu holat kasallik oqibatiga (ayniqsa yosh bolalarda) juda
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bezgak kasalligining kechimi bilan eritrotsitlarning xususiyati
o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. C globulinli geterozigot shaxslarda
tropik bezgak, nomral gemoglobinli shaxslardagiga nisbatan yengil
kechadi va uning serebral shakillaridan bo‘ladigan o‘lim ham kam
bo‘ladi. Aniqlanishicha, glukoza — 6—fosfatdegidrogenaza (G—
6—FDG) taqchilligi va bezgak orasida, gemoglobinoz C hamda
bezgak va tri ponosomoz orasida,  shuningdek gemoglobinoz C va
nekatoroz orasida ham bog‘liqlik bor.
Afrikaning ko‘pchilik tumanlari aholisining 30% ni gemoglobin
C yoki gemoglobin C bo‘yicha geterozigot va 2,5% i gemoglobin C
va C bo‘yicha gomozigot yoki ikki marta geterozigot ekanliklari
ma’lum.
Ko‘pchilik tropik yuqumli kasalliklar, ayrim yuqumli bo‘lmagan
patologik holatlarni yuzaga keltiradi. Tropik o‘lka aholisini bolalikdan
boshlab doimiy ravishda ko‘pchilik kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining
ta’sirida bo‘lishligi qon zardobidagi oqsil tarkibining o‘zgarishiga
olib keladi. Bunga misol qilib bezgak bo‘yicha ayniqsa golo- va
gi perendemik hududlar  aholisida kuzatiladigan albumin-globulin
koeffitsientining o‘zgarishini aytish mumkin.
Tropik o‘lkalarda buyrak jarohatlanishining ko‘pligi, to‘rt kunlik
bezgakning keng tarqalganligi bilan bog‘liq.
Gijjalarning (ayniqsa oxirgi xo‘jayini odam bo‘lgan gijjalarning)
qayta-qayta yuqishi qonda eozinofillar miqdorini keskin ortishiga
sabab bo‘ladi.
Jigar sirrozi va birlamchi jigar raki singari og‘ir kasalliklarni
tropik  o‘lka,  ayniqsa  Afrika  aholisi  orasida  ko‘p  uchrashi  ham
infeksion ham alimentar omillar bilan bog‘liqdir.

57
Siydik qopining raki, ko‘pincha siydik-tanosil a’zolari shisto-
somozi oqibati sifatida yuzaga keladi va bu kasallikning ko‘p-ozligi
shistosomoz endemiyasi darajasiga mutanosib bo‘ladi. Xuddi shunday
bog‘liqlik teri raki va frambeziyada ham kuzatiladi.
Afrika va Yangi Gvineyada Berkit limfomasining tarqalishi ham,
bezgakning golo-  va gi perendemik tarqalish  hududlariga to‘la mos
keladi. Asosan bolalar kasallanadi. Nigeriyada 15 yoshgacha bo‘lgan
bolalar orasida bo‘ladigan yomon sifatli o‘sma kasalliklarining 52%
ni  Berkit  limfomasi  tashkil  etadi.  Bu  o‘sma  ko‘proq  yuz  skelet
suyaklarida kuzatiladi. Berkit limfomasini qo‘zg‘atuvchi omillardan
bo‘lmish  Epshteyn—Bar  virusi  barcha  qatorlarda  uchrashiga
qaramasdan,  bu o‘sma asosan bezgakning gi perendemik hudud-
larida tarqalgan. Bu holat Berkit limfomasining rivojlanishi uchun
faqat virusning ta’siri kifoya qilmas ekan, balki yana bezgak bilan
qayta-qayta kasallanishdyoq kuchli omilning ham ta’siri bo‘lmog‘i
kerak degan xulosaga kelingan.
Yangi ko‘chib kelgan shaxslarda bo‘ladigan
patologiyaning  xususiyatlari
Rivojlangan o‘lkalardan ko‘chib kelgan shaxslarda bo‘ladigan
patologiya mahalliy aholinikidan yaqqol farq qiladi.
Issiq o‘lkalarga ko‘chib kelgan shaxslarning kasalliklariga, ular
yashayotgan hudud, uy-joy, ovqatlanish, mehnat va hordiq singari
ijtimoiy sharoitlar, shuningdek yuqori sanitariya madaniyati hamda
o‘z sog‘liqlariga e’tiborlari, davolash va profilaktik choralarga amal
qilishlari va boshqalar ta’sir etadi.
Ular ko‘proq bezgak, shistosomozlar, teri leyshmaniozi, uyqu
kasalligi  va  boshqalar  tarqalishida  tabiiy  omillar  yetakchi  rol
o‘ynaydigan xastaliklar bilan og‘riydilar.
Mo‘tadil iqlimli o‘lkalardan kelgan shaxslar issiq o‘lkalarning
tabiiy sharoitlariga genetik jihatdan kam moslashganlar.
Ma’lumki,  issiq  o‘lka  aholisiga  nisbatan  Ovrupoliklar
organizmida issiqlikni idora qilish mexanizmi kam taraqqiy etgan.
Shuning uchun ham ular o‘z sog‘liqlari va ish qobiliyatini saq-
lashlari  uchun  ma’lum  bir  vaqt  moslashmoqliklari  (akklima-
tizatsiya)  zarur  bo‘ladi.

58
Shuningdek, ularda, ko‘pchilik nasliy—moslashuv xarakteriga
ega bo‘lgan (ma’lum guruh qon egalarining ko‘pligi, gemoglobin
va  fermentlar  yetishmasligi  singari)  xususiyatlarning  yo‘qligini
hisobga olish kerak. Bu xususiyatlar tropikadagi yerlik aholining
tropik infeksiya va invaziyalarga nisbatan chidamliligini taminlaydi.
Tropik infeksiyalar va parazitar kasalliklarning
jug‘rofiyasi
Yer  yuzida  yuqumli  kasalliklarni  tarqalishi  juda  notekisdir.
Ko‘pchilik yuqumli kasalliklar va invaziyalar yer yuzining barcha
iqlimiy va dengiz bo‘yidan balandligi sharoitlarida uchraydi yoki
tarqalishi mumkin. Bunday xastaliklar  (gri pp,  qizamiq,  epidemik
toshmali tif, qutirish, trixinellez va b.) kosmopolit kasalliklar deb
ataladi.
Tarqalishi  cheklangan,  faqat  ma’lum  bir  shart-sharoitlar
mavjud bo‘lgan taqdirdagina tarqalishi mumkin bo‘lgan infeksion
va invaziyalar endemik kasalliklar deb yuritiladi. Odam ishtirokida
yuqadigan infeksiya va invaziyalar — antroponozlar deb, hayvonlar
orqali yuquvchilari esa  endemik zoonozlar deb ataladi. Iqlimiy
sharoit,  tuproq  va  kasallik  hasharotlar  (yoki  oraliq  xo‘jayinlar)
ning tarqalish hududi, endemik antroponozlarni cheklovchi omil
bo‘lishi  mumkin.  Bunga  sabab,  endemik  antroponozlarning
qo‘zg‘atuvchilari yuqimchillik (invazionlik) xususiyatiga ega bo‘lish-
lari uchun, tashqi muhitda (ma’lum bir sharoitda), ma’lum durajada
o‘zgarishlardan o‘tishi kerak. Masalan: ikkita omil — bezgak chivini
(anofeles) ni tarqalish hududi va chivin tanasida bezgak parazitining
rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  (16°C  dan  past  bo‘lmagan)
haroratning  bo‘lishi,  bezgak  tarqalishini  cheklovchi  omil  bo‘lib
xizmat qiladi. Agar bu omillar bo‘lmasa, bezgak plazmodiyalari
rivojlana olmaydi. Misol uchun — baland tog‘li hududlarda va ba’zi
bir (Yangi Kaledoniya, Yangi Zellandiya va b.) orollarda bezgak
chivini va bezgak kasalligi uchramaydi.
Endemik zoonozlarning (masalan, sariqli isitmaning djungliyali
shaklini) tarqalishi esa yanada murakkab.

59
Shuning  bilan  birga  ba’zi  zoonozlar  (visseral  leyshmanioz,
Yaponiya shistosomozi va b.), aholi yashaydigan joylarda, sinantrop
o‘choqlarda yaxshi saqlanib, uy hayvonlari va odamni ham zararlaydi.
Yer  kurrasining  ma’lum  bir  kasallik  (misol  uchun  —  uyqu
kasalligi  faqat  Afrikada  va  Shagas  kasalligi  faqat  Amerikada)
tarqalgan qismi, kasallik areali yoki nozoareal deb ataladi.
Kasallikning hududiy tarqalishi — dinamik holatdir. Kasallik
areallari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bunga asosan insonlarning
xo‘jalik ishlari sabab bo‘ladi.
Ko‘pchilik tropik kasalliklarning zamonaviy jug‘rofiyasi yaxshi
o‘rganilmagan.
Tabiiy qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, hasharotlar ko‘payadigan
joylarni qisqartirish, zoonoz infeksiya va invaziyalar manbayi bo‘lgan
kana va yivvoyi hayvonlarning kamayishiga olib keladi. Shuning bilan
birga,  dambalar  va  sug‘orish  shaxobatchalarining  qurilishi,
sholi poyalarning ko‘payishi ko‘pincha bezgak,  tri ponosomozlar,
shistosomozlar, paragonimoz, drakunkulez singari kasalliklarning
keng tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Shaharlarning tartibsiz ortishi, ularda sinantrop chivinlarning
ko‘payishi, vuxererioz va denge isitmasi singari kasalliklarning keng
tarqalishiga olib keladi.

60
Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling