Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana13.02.2017
Hajmi2.8 Kb.
#330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

Simptomatik davolash. Bu usullar bemorni bevosita qilayotgan
u yoki bu alomatlarni yo‘qotish  maqsadida qo‘llanadi. Bosh va
qo‘l-oyoq qaqshab og‘rishini qoldirish uchun aspirin yoki tarkibida
shu preparati bo‘lgan dorilar, asfen, askofen, shuningdek, analgin,
pentalgin,  amidopirin,  butadion,  spazmalgon  kabi  tabletkalar
qo‘llanadi. Aspirin tutgan preparatlarni faqat ovqatdan so‘ng ichish
tavsiya qilinadi. Och qoringa ichilganda bu preparatlar me’da shilliq
qavatiga  yemiruvchi  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Ko‘ngil  aynab,
qusish  to‘xtamasa,  serukaldan  ukol  qilish  yaxshi  foyda  beradi.

37
Qorindagi  og‘riqni  qoldirish  maqsadida  papaverin,  no-shpa,
bekarbon, spazmalgon, baralgin kabi dorilar tabletka holida yoki
inyeksiyasi  buyuriladi.  Tana  harorati  uzoq  vaqt  yuqori  bo‘lib
ketganida  analgin  dimedrol,  novokain  eritmalari  aralashmasi
inyeksiya qilinib kuniga 1—2 marta yuboriladi. Bolalarda bunday
holda sefikon  shamchasini to‘g‘ri ichakka kiritish  yoki panadol
suspenziyasidan ichirish samara beradi.

38
II. TROPIK TIBBIYOT
Tropik  patologiyaning  xususiyatlari
Tropik tibbiyot issiq o‘lkalarda tarqalgan kasalliklar va ularga
xos xususiyatlarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha bilimlarni
o‘z ichiga oladi.
Tropik  kasalliklar  yer  kurrasining  ekvatorial,  subekvatorial,
tropik va subtropik iqlimiy sharoitli, juda keng hududida tarqalgan.
Tropik hudud — Afrika qit’asining deyarli barcha qismi, Janubiy
va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Okeaniyaning katta
qismi, shuningdek Avstraliyaning shumoliy qismini egallaydi.
Shuningdek,  tropik  o‘lkalar  bilan  chegaradosh  bo‘lgan  —
tibbiy-geografik jihatidan ham tropik, ham mo‘tadil iqlimli sharoitga
xos xususiyatli («oraliq kamar») hududlar ham mavjud.
Tropik  o‘lkalar  bilan  chegaradosh  hududlarga  —  O‘rtayer
dengizi o‘lkalari, Oldingi va O‘rta Osiyo, Uzoq Sharqning katta
qismi, Avstraliya, AQSH ning janubi, Janubiy Amerikaning ba’zi
hududlarini kiritish mumkin. Tropik va subtropik o‘lkalarda yer
yuzi aholisining 3/4 qismi istiqomat qiladi. Aholining ko‘pchilik
qismi taraqqiy etayotgan davlatlar hududida yashaydi.
Tropik kasalliklar — yuqumli, parazitar va yuqumsiz kasalliklar
guruhlariga ajratiladi.
Tropik kasalliklar iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlar
ta’sirida  shakillanadi.  Aytilgan  sharoitlar,  kasallikning  klinik—
epidemiologik xususiyatlari va mahalliy kasalliklarni geografik tarqa-
lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham tropik yuqumli
va parazitar kasalliklar o‘zining xususiyatlari va ko‘rinishiga ega
bo‘ladi.
Yuqumli-parazitar tropik kasalliklar tropik va subtropik o‘lkalar
aholisi orasida keng tarqalgan.
Ular xalq salomatligiga juda katta putur yetkazish bilan birga,
aholining ish qobiliyatini keskin pasaytirib, ulkan iqtisodiy zarar
ham keltiradi.

39
JSST ning bergan ma’lumotiga ko‘ra (1997-yil) — yer yuzining
90 ta davlatida bezgak bilan har yili 300—500 mln. odam kasallanadi
va 1,5—2,7 mln. odam (ularning 80% i Afrikada) o‘lmoqda. Yevropada
har yili 7000—10000 chetdan kirib kelgan bezgak qayd etilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra ommaviy kasallanish va o‘lim,
ayniqsa  bolalar  orasida  ko‘proq  rivojlanayotgan  mamlakatlarda
kuzatilmoqda. Har yili qizamiqdan — 2,5 mln, bezgakdan —
1 mln., diareya kasalliklaridan — 5 mln. bolalar o‘lmoqda. Tropik
iqlimli  hududlarda,  mo‘tadil  iqlimli  o‘lkalarda  kuzatiladigan
kasalliklarning barchasi va ulardan tashqari, shu o‘lkalarga xos,
bir qancha yuqumli va parazitar kasalliklar uchraydi. Faqat tropik
o‘lkalarning  o‘zidagina  tarqalgan  kasalliklar  turi  unchalik  ko‘p
bo‘lmasada (sariq isitma, denge isitmasi, pappatachi, tropik virusli
gemorragik  isitmalar,   uyqu  kasalligi,   amerika  tri panosomozi,
shistosomozlar,  ankilostomidozlar,  filyaridozlar,  drukunkulez,
leyshmaniozlar, frambeziya va b.), ular xalq salomatligiga katta zarar
yetkazadi.
Tropik o‘lkalarda uchraydigan ayrim yuqumli kasalliklarning
klinik  kechimi  mo‘tadil  iqlimli  o‘lkalardagi  shu  kasalliklar
kechimidan ancha farq qiladi.
Issiq  o‘lkalarda  tropik  yuqumli  va  parazitar  kasalliklarning
tarqalishi, qator tabiiy va ijtimoiy omillar majmui bilan bog‘liq.
Tropik va subtropik hududlarda tabiiy (yer yuzasining issiqlik
balansi,  havo,  suv  va  tuproqning  harorati)  omillar,  shuningdek
ijtimoiy-iqtisodiy (uy-joy, yashash, mehnat sharoitlari, sog‘liqni
saqlash tizimining takomilligi va boshqa.) omillarning ahamiyati
kattadir.
Iqlimiy  sharoit
Tropik o‘lkalarning iqlimiy sharoiti juda xilma-xil bo‘lib, u
hududning okeanga yaqinligi, ichki suv xavzalarining mavjudligi,
dengiz  sathidan balandligi  va o‘ziga  xos  o‘simlik dunyosi  bilan
bog‘liqdir.
O‘lka patologiyasining xususiyatlari barcha hududlarda ham shu
o‘lkaning iqlimiy sharoiti bilan bog‘liq. Tropik hududlarning iqlimi

40
uchun  xos  umumiy  xususiyati  —  yillik  jami  issiqlikning
yuqoriligidir. Tropik hududlarning iqlimiy sharoiti xilma-xilligi bilan
ikki ti pga bo‘linadi: 1,  Quruq issiqli (arid)  va 2,  Nam issiqli (gumid)
hududlar. Tropik o‘lkalarning iqlimi issiq. Yillik jami issiqlikning
yuqoriligi, sayyoraning quyi kengliklari uchun xos bo‘lgan, quyosh
radiatsiyasining juda kuchliligi bilan bog‘liq. Iqlimning ikkinchi xos
xususiyati  —  yog‘ingarchilikning  ko‘p  bo‘lishidir.  Yog‘in  ko‘p
bo‘ladigan tropik o‘rmon (djungliya) larda namlik juda yuqoridir.
Agar mo‘tadil iqlimli hududlarda yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 1000
mm bo‘lsa, ekvatorial o‘rmonlarda 3—5 va hatto 10 ming ml ga
boradi. Issiq o‘lkalarda yog‘in davrida havoning nisbiy namligi doimiy
yuqori bo‘lib, 80—90%, ba’zan hatto 100% ga yetadi.
Tropik hududlarda yilning fasillarini havoning issiq-sovuqligi
yoki oylar bilan belgilash qiyin. Tropik o‘lkalarga ko‘proq ikki xil:
yomg‘irli va qurg‘oqchil mavsumlar xosdir.
Yuqori  haroratning  roli
Issiqlikning o‘zi va ayniqsa u yuqori namlik bilan birgalikda
ta’sir  etganda  organizmning  fiziologik  jarayonlarida  chuqur
o‘zgarishlar  sodir  bo‘lishiga  olib  kelishi  mumkin.  Issiqlik  tana
haroratini idora etuvchi sistema hamda suv-elektrolit almashinuvi
mexanizmiga ta’sir ko‘rsatadi. Issiqlik kuchli chanqov qo‘zg‘atib,
odamni ko‘p suyuqlik iste’mol etishga, shu jumladan mavjud suv
manbalari va ochiq suv havzalaridan suv ichishga majbur etadi.
Qaynatilmagan suv ichilganda ichak infeksiyalari va invaziyalari
bilan zararlanish xavfi ortadi. Ayrim hollarda iqlimiy muhit, tropik
o‘lkalarga xos bo‘lgan ba’zi (issiq urishi, quyoshdan kuyish singari)
kasalliklarning asosiy sababchisi bo‘ladi. Ayniqsa, issiqlikning salbiy
ta’siri tufayli organizmda yuzaga keladigan reaktiv o‘zgarishlarning
ahamiyati muhimdir. Namligi yuqori bo‘lgan tropik sharoitda ko‘p
miqdorda ajralayotgan terning dimlanishi va to‘qimalarning bo‘kishi
(matseratsiyasi), bo‘kkan terida shartli-patogen mikroblarning tez
ko‘payishi, keng tarqalgan zamburug‘lar va treponematozlarning
ayrimlari (frambeziya, penta) bilan zararlanishi tufayli terida der-
matitlar  ko‘p  rivojlanadi.

41
Namligi yuqori issiq o‘lkalar
Namligi  yuqori  issiq  (gumid)  hududlarga  —  ekvatorial  va
subekvatorial doimo namligi yuqori bo‘lgan Afrika (Kongo daryosi
sohili) va Janubiy Amerika (Amazonka daryosi sohili) o‘rmonlari,
Indoneziya, Hindiston yarim oroli, Avstraliyaning shimoliy qismi
kiradi.
Bu hududlar uchun havoning harorati va namligini turg‘un
saqlanishi  xos  bo‘lib,  eng  past  (24—25°C)  haroratli  oylar  bilan
yuqori haroratli kunlarni farqi uncha katta bo‘lmaydi va haroratning
sutkalik tebranishi 10°C dan dan oshmaydi. Yog‘inning yillik miqdori
2000—4000 mm, havo namligi esa 75—90% bo‘ladi. Bunday iqlimiy
muhit ko‘pchilik mikroblar, parazitar hayvonlar hamda kasallik
manbayi va yuqtiruvchisi bo‘lgan bo‘g‘imoyoqli hasharotlarning
yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Tuproqning  yuqori  namligi  va  issiqligi  unda  geogelmintoz
(askarida, qilbosh gijja) larni tez rivojlanishiga va zamburug‘larni
tez ko‘payishiga yaxshi omil bo‘ladi.
Ochiq  havzalardagi  suvlarning  issiqligi  ko‘pchilik  hasharot
(chivin, mayda chivin va b.) larni tezlik bilan urchishiga hamda
ayrim  (shistosomalar, drakunkulez  va  b.) invaziyalarning  oraliq
xo‘jayini  bo‘lmish yumshoq  tanli  (mollyuska)  lar va  qisqichba-
qasimonlarni tez ko‘payishiga yaxshi muhit yaratadi.
Issiq  iqlimning  turg‘unligi,  bir  qancha  virusli  va  parazitar
kasalliklarni  hamda  ularni  yuqtiruvchi  hasharotlarni,  masalan:
Afrikada — uyqu kasalligini yuqtiruvchi — sese pashshasi, Amerika
qit’asida — Shagas kasalligini yuqtiruvchi — triatom qandalalari,
odam  shistosomozining  qo‘zg‘atuvchisi  uchun  oraliq  xo‘jayin
bo‘lmish malyuskalarni va yana ko‘p boshqa hasharotlarni saqla-
nishiga qulay sharoitdir.
Yog‘ingarchilikni  ko‘pligi  tufayli  saqlanib  turadigan  yuqori
namlik, nisbatan yuqori haroratli (25—30°C) sharoitda havoning
og‘ir dimligini yaratadi va nafas olishni og‘irlashtirib, inson ruxiya-
tiga salbiy ta’sir etadi va ish qobiliyatini pasaytiradi.
Yerlik aholida, bunday iqlimiy sharoitga moslanishni bir qancha
belgilari yuzaga kelgan, masalan: bo‘yning pastligi, terining qoraligi,

42
burunning kengligi, shuningdek, tanada issiqlik ishlab chiqarishni
kamaytiruvchi,  issiqlik  yo‘qotishni  esa  ko‘paytiruvchi  moslama
belgilar  —  ter  bezlarining  ko‘pligi,  ko‘p  ter  chiqarish,  asosiy
modda almashinuvi xolesterin miqdori va moy ajratishning pasayishi
kuzatiladi. Shu bilan birga, mahalliy alohida bir qancha kasallik
alomatlari ham kuzatiladi.
Havo namligining yuqoriligi va ko‘p terlash turli xil yuqumli
va yuqimsiz teri kasalliklarining keng tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Mahalliy aholi orasida, yetakchi  o‘rin tutgan, parazitar ka-
salliklar, surunkali kechimi va juda tez tarqalishi bilan farqlanadi.
Bu albatta, tabiiy sharoit bilan bevosita bog‘liqdir.
Quruq-issiq (arid) iqlimli o‘lkalar
Bunday iqlimliy o‘lkalar tropik va subtropik sahroli hududlarda
joylashgan — Jazoir, Tunis, Marokko, Misr A.R., Sudan, Arab
yarimoroli,  Avstraliya,  AQSH,  Markaziy  va  Janubiy  Osiyo  va
boshqalardir.
Bu  o‘lkalar  asosan  sahroli  (Sahara)  hududlarda  joylashgan
bo‘lib, iqlimiy sharoiti gumid hududlardagidan keskin farq qiladi
— havo harorati yuqori, namligi esa juda kam, quyosh radiatsiyasi
kuchli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan chang-to‘zonli bo‘ronlar kuzatilib
turadi. Yoz oylarida sahrolarda havoning o‘rtacha harorati 25—30°C
dan yuqori bo‘lib, kunduz kunlari soya joyda 40—50°C ga yetadi.
Ayniqsa  yilning  qish  hamda  bahor  oylarida  havo  va  tuproq
haroratining sutkalik tebranishi keskin bo‘ladi, masalan: Saharada
harorat 30° va 70°C orasida, qish oylarida esa kunduzgi 15—20°C
dan kechasi 4—6°C gacha o‘zgarib turadi. Sahrolarda havo juda
quruq bo‘ladi.
Havoning o‘rtacha oylik namligi  20—30% orasida, yozning
issiq oylarida esa 3% dan 8% gacha bo‘ladi. Sahro iqlimining yana
bir asosiy xususiyati — quyosh radiatsiyasining kuchliligi bo‘lib,
mahalliy aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sahro havosida  bulutning deyarli  bo‘lmasligi quyosh  nurini
to‘siqsiz yerga  tushishi va yer  yuzasining kuchli  qizishi, yerdan
qo‘shimcha issiqlik nurlanishiga olib keladi va odam organizmiga

43
salbiy ta’sir etadi. Yer yuzasini kuchli qizish va uni havoga o‘tishi
tufayli chang-to‘zonli bo‘ronlar va kuchli issiq-quruq shamollar
kuzatilib turadi. Bunday paytlarda odam o‘zini juda yomon xos
qiladi,  teri  va  shilliq  pardalar  qurshab,  bosh  og‘riydi,  asabiy
jumbushlar  kuzatiladi.
Sahro iqlimining organizmga salbiy ta’siri mahalliy aholida va
chetdan kelgan odamlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Mahalliy aholida
evalutsion tarzda bir qancha biologik moslashuvlar majmui yaralgan.
Ular organizmda jadal issiqlik yo‘qotish, tananing ortiqcha qizib
ketishdan va quyosh radiatsiyasidan asrashga moslashgan. Ularning
tana og‘irliklari kam bo‘lgani holda, bo‘ylari uzun, ozg‘in bo‘ladilar,
umumiy  modda  almashinuvi  (10—15%  ga)  va  gaz  almashinuvi
pasaygan, yurak urish tezligi kamaygan, xolesterin miqdori past,
moy ajralishi va ter ajralishi kamaygan bo‘ladi. Bularning barchasi
tanada  issiqlik  ishlanishini  kamaytirib,  issiqlik  yo‘qotishini
kuchaytiradi. Teri pigmentatsiyasining kuchliligi sahro aholisini
quyosh radiatsiyasini kuydiruvchi va konserogen ta’siridan saqlaydi.
Quyoshli  kunlarning  ko‘p  bo‘lishi  sababli  boshqa,  mo‘tadil
iqlimli o‘lkalarga nisbatan tropik o‘lkalarda terini quyoshdan kuyishi
va  teri  saratoni  kasalliklari  ko‘p  uchraydi.  Osiyo  va  Janubiy
Amerikaning  ayrim  o‘lkalari  mahalliy  aholisining  kiyinish  tarzi
(yopiq kiyim, keng  soyabonli bosh kiyimi) ham  quyosh radiat-
siyasidan saqlashga moslashgan. Tropik o‘lkalarda chetdan kelgan
odamlarga ultrabinafsha nurlanishning kuchliligi juda ahamiyatlidir.
Teri  saratoni  Afrika  va  Avstraliyaning  yerli  aholisi  orasida,
oqtanlilarga nisbatan 27 marta kam uchraydi. Quyosh radiatsiyasining
foydali  ta’siri  ham  bor.  Ultrabinafsha  nurlanish  kuchli  bo‘lgan
hudud aholisi orasida gi povitaminoz «D» kam kuzatiladi.
Aholi  chiqindi  bilan  ifloslangan  atrof-muhitni  infeksiyadan
tozalash  (sanatsiyalash)  da  quyosh  radiatsiyasining  ahamiyati
beqiyosdir.
Yilning quruq va issiq davrida tuproqqa yoki sabzavot hamda
mevalarga tushgan ichak infeksiyalari, shuningdek havo yo‘li bilan
yuquvchi  infeksiyalar  va  ayniqsa  viruslarni  ham  ko‘payishi  va
saqlanishi uchun sharoit keskin kamayadi.

44
Biroq  sahroning  quruq  va  issq  havosi,  sutka  davomida
haroratning  keskin  o‘zgarib  turishi,  quruq  hamda  ko‘p  changli
havo  nafas  yo‘llarini qitiqlashi  tez-tez  shamollash  kasalliklariga
sabab bo‘ladi, chunki mahalliy aholining kiyimi ham uy-joy sharoiti
ham havo haroratini qisqa muddatli, biroq ba’zan keskin, tungi
yoki mavsumiy sovib ketishlariga moslashmagan. Havo haroratining
sutkalik farqlanishi 50°C ga yetishi mumkinligini inobatga olmoq
kerak.
Ayrim qurg‘oqchil o‘lkalarda havoning ortiqcha quruqligi va
changliligi  yuqori  nafas  yo‘li  a’zolarining  barerlik  faoliyatini
pasaytiradi, ularni  (bronxitlar, rinitlar)  va ko‘z  shilliq pardasini
zararlaydi  (konyunktivitlar).
Bu xastaliklar umumiy kasalliklar va o‘lim majmuida salmoqli
o‘rin tutadi hamda o‘pka sili kasalligini ko‘payishiga omil yaratadi.
Ko‘z kasalliklaridan yuqumli konyunktivitlar va traxoma ko‘p
uchraydi.
Bunday  iqlimiy sharoit  shilliq  pardalar  va teriga  ta’sir  etib,
ularni qurshatadi hamda oqibatda ular onson jarohatlanadi va terida
stafilokokkli  (sahro  yarasi,  fagedenik  yara  singari)  yaralar,  teri
difteriyasi, hamda leykoz va boshqa kasalliklarni keng tarqalishiga
sabab bo‘ladi.
Chetdan kelgan odamlarga yuqori haroratdan tashqari, ayniqsa
qumli  (hamsina,  sirokko,  shergi  va  b.)  bo‘ronlar  og‘ir  ta’sir
etadi,  oqibatda  bemorning  ishtahasi  yo‘qoladi,  teri  qitiqlanib
yallig‘lanadi,  yurak-tomir  faoliyati  buziladi  (Morokko  bo‘yicha
— shergi sindromi), shuningdek, depressiv, nevrologik va psixik
o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Sahroli hududlardagi ekstremal iqlimiy sharoit chetdan kelgan
odamlar organizmiga salbiy ta’sir etib, ularning salomatligini buzadi
va  keyinchalik organizmning  qarshi  kuchini kamaytirib  mavjud
bo‘lgan surunkali kasalliklarning qo‘zg‘alishiga olib kelishi mumkin.
Suvning  roli
Tropik  issiq  o‘lkalarda  yog‘inning  ko‘p  va  davomli  bo‘lishi
oqibatida ko‘p ochiq suv havzalari paydo bo‘ladi va barcha suv

45
manbalari (daryolar, irmoqlar, dengiz plyajlari, quduqlar), ko‘cha
va hojatxonalar chiqindilari bilan ifloslanadi. Suvning doimiy iliqligi
va  namlikning  yuqoriligi  esa  bu  suvlarda  ichak  infeksiyalarini
(amyobiaz, ichburug‘, vabo, tif—paratif kasalligi, salmonellyoz,
leptospiroz va b.), shuningdek, suv havzalarining doimiy yashov-
chilari bo‘lgan — mollyuskalar (shistosoma va b., trematodlar),
qisqichbaqa — sikloplar (dranukul) va boshqalarni saqlanishi hamda
ko‘payishiga juda qulay sharoit yaratadi. Bunday kasalliklarni yuqishi
qaynatilmagan suv ichilganda, cho‘milganda yoki behosdan suv
yutilganda sodir bo‘ladi.
Suv,  nafaqat  kasallik  qo‘zg‘atuvchilari  va  ularning  oraliq
xo‘jayinlarini, balki ularni yuqtiruvchi hasharotlarni ham ko‘payishi
uchun yaxshi omil bo‘ladi. Suv havzalarida juda ko‘p hasharotlar,
jumladan  — bezgak,  filyaridozlar, sariqli  isitma, denge  isitmasi
kasalliklarini yuqtiruvchi-chivinlar; onxotserkozni yuqtiruvchi —
mayda pashshalar; di petalonematozni yuqtiruvchi — mokritsalar
va boshqalar ham tez ko‘payadi.
Qurg‘oqchilik  davrlarida  suv  havzalarining  soni  va  hajmi
kamayadi, aholi ko‘pincha yaroqsiz suvni ichishga majbur bo‘ladi.
Suv  havzalarida  suv  kamaygan  sari  undagi  zararli  jonzotlar
(masalan: serkariyalar, shistosomalar) ning konsentratsiyasi ortib
boradi, demak yuqish xavfi ham ortadi. Daryo suvlarining kamayishi
oqibatida suvi yaxshi isiydigan ko‘lmaklar paydo bo‘lib, bezgak
chivinlarining tez ko‘payishiga yaxshi omil bo‘ladi.
Binobarin, tropik o‘lkalarda suv, ko‘plab transmissiv kasallik-
lar, ichak infeksiyalari va invaziyalarining keng tarqalishiga imkon
yaratuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tuproqning  roli
Tuproqda bir necha xil yuqumli va parazitar kasalliklarning
qo‘zg‘atuvchilari istiqomat qilishlari mumkin.
Odamlar va ko‘pchilik hayvonlarni ajralmalari bilan ifloslangan
tuproqda  ayrim  o‘tkir  yuqumli  kasalliklar  (qoqshol,  kuydirgi,
botulizm) ni qo‘zg‘atuvchi mikroblarning sporalari va hatto ayrim
o‘tkir ichak kasalliklari (iersiniozlar va b.) ning qo‘zg‘atuvchilari

46
saqlanishi  mumkin.  Ayrim  parazitlar,  masalan:  geogelmintlar
o‘zining  rivojlanishida  ma’lum  bir  bosqichni  albatta  tuproqda
o‘tkazadi. Ayniqsa, inson va hayvonlar chiqindilaridan go‘ng sifatida
foydalanuvchi  xo‘jaliklarda  ishlovchi  aholi  orasida  sanalgan
kasalliklarni  keng  tarqalishida  tuproqning  roli  kattadir.  Bunday
tuproqlarda bolalarni o‘ynashi, ayniqsa yalang qo‘l va oyoq bilan
tuproqqa  ishlov  berish,  doimiy  suv  quyiladigan  maydonlarda
ishlash, shuningdek xom sabzavot va ko‘katlarni iste’mol qilish bu
kasalliklarni yuqishiga keng yo‘l ochib beradi.
Mo‘tadil iqlimli o‘lkalarga nisbatan tropik o‘lkalarda, iqlimiy
sharoiti qulay bo‘lganligi tufayli, o‘nlab o‘simlik va hayvonat turlari
yashnab yashaydi. Bu holat ko‘plab mikroblar, parazitar hayvonlar
va kasalliklarni yuqtiruvchi, bo‘g‘im oyoqli hasharotlarning yasha-
shiga ham taalluqlidir.
Tuproqning  yuqori  namligi  va  issiqligi,  unda  geogelmint
(askarida,  qilbosh  va  b.)  larni  jadal  rivojlanishi  hamda  zambu-
rug‘larni  tez  ko‘payishiga  imkon  yaratadi.  Bunday  tuproqda
trepanosomoz kasalliklarini yuqtiruvchi hasharotlar (sese pashshasi
va treatom qandalasi) hamda leyshmaniozni yuqtiruvchi iskabtopar
(maskit) lar ham tez ko‘payadi.
Tropik o‘lkalardagi infeksiya va invaziyalarni tarqalishida
tuproq va suvning taqqosiy roli
 
 (Lisenko A.Ya., 1983)
Tuproq — omillar: ifloslangan qo‘l, yangi sabzavot va mevalar
—  kasalliklar:  amyobiaz,  ankilostomoz,  askaridoz,  (qorin  tifi),
(dizenteriya), (nekatoroz), poliomielit, (strongiloidoz), (qoqshol),
toksokoroz,  trixotsefalez.
Yalang oyoq yurish, yalang‘och holda yerda yotish — kasallik-
lar: (ankilostomoz), nekotoroz, stolbnyak, strongiloidoz.
Yuqtiruvchi—hasharotlar  yoki  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarining
ko‘payishi — kasalliklar: leyshmaniozlar, papatachi isitmasi, uyqu
kasalligi, Loaoz, tungioz (tunga renitrans burgasi qo‘zg‘atadigan
invaziya).
Ochiq havzalar suvi. Ichish — kasalliklar: amyobiaz, qorin tifi,
dizenteriya, drakunkulez, leptospirozlar, vabo, (shistosomozlar).

47
Cho‘milish — kasalliklar: (leptospirozlar), shistosomozlar.
Suv  o‘simliklari,  baliq,  qisqichbaqa  va  mollyuskalarni  xom
yoki chala xom holatda iste’mol qilish — kasalliklar: fassiolezlar,
fassiolopsidoz, angiostrongilez, difillobotrioz, kapillyarioz, klonor-
xoz, opistorxoz, viverralar, paragonimoz.
Yuqtiruvchi-hasharotlarning ko‘payishi — kasalliklar: denge
isitmasi, sariq isitma, bezgak, filyaridozlar (loaozdan tashqari).
Izoh. Qavs ichida yuqish yo‘li ikkinchi darajali bo‘lgan kasallik-
lar keltirilgan.
Ijtimoiy—iqtisodiy  omillarni  tropik  o‘lkalar
aholisi  sog‘ligiga  ta’siri
Tropik  o‘lkalarda  ko‘proq  agrar  davlatlar  joylashgan  bo‘lib,
ularning ko‘pchiligida aholining sanitariya madaniyati, tabbiy xizmat
va shuningdek, aholining ovqatlanishi (sifat jihatidan va miqdoran)
past darajada ekanligi ma’lum.
JSST  ma’lumotiga  ko‘ra,  rivojlanayotgan  mamlakatlarining
90% aholisining ichimlik suv bilan taominoti — shaharlarda —
76%, qishloqlarda esa 22% ni; chiqindilarni yo‘qotish esa taqriban
75% va 14% ni tashkil etadi.
Sanitariya  madaniyatining  pastligi, bu  o‘lkalarda  ko‘pchilik
yuqumli va parazitar kasalliklarning keng tarqalishi hamda binobarin
o‘limning ham ko‘p bo‘lishiga olib keladi. Masalan: rivojlanayotgan
mamlakatlar aholisi orasida umumiy o‘lim, rivojlangan mamla-
katlardagiga nisbatan 4 marta ortiqdir.
Tropik va subtropik o‘lkalarning qishloq joylarida yuqumli kasallik
bilan yotqizilgan bemorlarning 50% ning kasallanishi, sifatsiz suv
iste’moli bilan bog‘liq bo‘ladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlardagiga
nisbatan  bolalar  o‘limi  5—10%,  1  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda
10—40 marta, onalar o‘limi esa 50—80 marta ortiqdir .
Bolalar o‘limining ko‘pligi tug‘ilishning juda yuqori bo‘lishiga
olib keladi. Bu holat ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarga xos
bo‘lib, ayrim o‘lkalarda yillik tug‘ilish 4—5% va undan ortiqdir.

48
Tug‘ilish  va  o‘limning  mutanosib  emasligi  rivojlanayotgan
mamlakatlar aholisining juda tez ko‘payib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida aholining yillik o‘sishi
0,5% ni tashkil qilgani holda ko‘pchilik Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi davlatlarida bu ko‘rsatkich 2—3% ni tashkil etadi.
Bu holat, rivojlanayotgan mamlakatlarda bir qancha muammo-
larni, shu jumladan tug‘ilishning cheklash muammosini keltirib
chiqaradi.
Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling