Toshkent 2019 O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.65 Mb.
bet22/162
Sana08.03.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1249961
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiyot kafe-fayllar.org

Asosiy vositachi – yuridik shaxs bo„lib, uning taklifi buyurtmachi
tomonidan qabul qilingan. Shartnoma asosida ishlarni bajaralishiga
javobgar.
Ta‟minotchilar – subshartnomachilar, ular shartnoma asosida turli xil
yetkazib berish ishlari – materiallar, uskunalar, transport vositalari va
boshqalarni amalga oshiradi.
Ruxsatnoma beruvchilar – tashkilotlar bo„lib, yer maydoniga egalik
qilish huquqi, savdo qilish, ma‟lum turdagi ish va xizmatlar va hokazolar
uchun ruxsat beradi.
Hukumat tashkilotlari – o„z manfaatlarini loyiha ishtirokchilarida
soliq solish yo„li bilan qondiruvchi tomon bo„lib, loyihani amalga oshirish
bilan bog„liq.
Er maydoni egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs bo„lib, loyiha jalb
qilingan er maydoni egasidir. Erga egalik qilish yoki foydalanish huquqini
shartnoma asosida beradi va buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi.
Loyihaning yakuniy mahsuloti ishlab chiqaruvchisi – hosil bo„lgan
asosiy foizlardan foydalanishni amalga oshiradi va yakuniy mahsulotni
ishlab chiqaradi.
Yakuniy mahsulot iste‟molchilari – yuridik va jismoniy shaxslar
bo„lib, mahsulot sotib oluvchilari va foydalanavchilaridir, ishlab
chiqarilayotgan mahsulot va ko„rsatilayotgan xizmatlarga talablarni
belgilab unga talabni shakllantirishadi.


~ 31 ~



5.  Investitsiya loyihalar tahlilining mohiyati va vazifalari 

Investitsiya loyihalar tahlili – xarajatlar va daromadlar hamda


Investitsiya loyihasi bilan bog„liq bo„lgan qaltislikni (tavakkalchilikni)
tizimli baholash va ochib berish asosida loyihalarni tayyorlash, baholash
va tanlab olish usulidir. Loyiha tahlilining katta qismi loyiha davrining
dastlabki bosqichida, ya‟ni uni qabul qilish yoki qilmaslik to„risida qaror
qabul qilingungacha amalga oshiriladi.
O„zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
o„zgarishlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish orqali uzoq muddatli barqaror iqtisodiy
o„sishni ta‟minlash va shu asosda mamlakatimiz hududida istiqomat
qilayotgan kishilar turmush farovonligini muttasil yaxshilab borishga
qaratilgan.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling