Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)


Pedagogik-psixologik talablar


Download 1.6 Mb.
bet18/144
Sana17.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1206746
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144
Bog'liq
Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)

Pedagogik-psixologik talablar:
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o’quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojlarini to’laqonli qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi;
o’quv fani mavzularining o’quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog’liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o’quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o’zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo’lishi lozim.
Estetik talablar:
imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo’lishi;
matnlar o’quvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o’tkazishi va o’quv faniga qiziqish uyg’otishi;
bo’lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;
rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.
Gigienik talablar:
matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo’lishi;
harflarning kattaligi va qog’ozning sifati (og’irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi to’g’risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to’g’risida" 2015 yil 3 iyundagi 146-son qarori talablariga mos bo’lishi lozim.
STEAM taʼlim. STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir.
STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash tushuniladi.
Prezident maktablarida “STEAM” taʼlim dasturi asosida oʻqish tashkil qilinishi, 9-11-sinflarda oʻquvchilar oʻzlarining qiziqishiga qarab ayrim fanlarni tanlash orqali individual bilim olish imkoniyatiga ham ega boʻlishi bilan umumtaʼlim maktablaridan tubdan farq qiladi. Chunki Prezident maktablarining asosiy vazifalaridan biri – tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻqitish, oʻquvchilarning innovatsion bilimlarni oʻzlashtirishi, ularning intellektual, ilmiy-ijodiy salohiyatlarini ochib berish va rivojlantirishdan iborat.
STEAM yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press shu jumladan Oxford University Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan chop etilgan. Cambridge taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy afzalligi jahon mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, oʻquvchilarda tegishli zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga urgʻu berishdir.
Oʻquvchilarga mazkur fanlarni oʻqitishda malakali mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda, xorijlik oʻqituvchilar ham hamkorlikda saboq beradilar. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga yollashda mazkur yoʻnalishda koʻp yillik tajribaga ega “Teachaway” (Kanada) va “TIC Recruitment” (Buyuk Britaniya) rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.
9-11-sinf oʻquvchilarining qiziqishlari va xususiyatlariga qarab, Prezident maktabida taʼlim oʻquv jarayonini individualizatsiya qilingan holda olib boriladi.
Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro nufuzli oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik koʻrishadi.


NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Ta’lim mazmuni deb nimaga aytiladi?

  2. Ta’lim mazmunini belgilashga doir qanday yondashuvlar mavjud?

  3. Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nima tushiniladi?

  4. Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillariga izoh bering.

  5. Ta’lim mazmunini loyihalashda qanday mezonlarga asoslanish lozim?

  6. Davlat ta’lim standarti nima va u qanday komponentlardan iborat?

  7. Tayanch o‘quv rejasiga izoh bering.

  8. O‘quv dasturida qanday masalalar o‘z aksini topadi?

  9. O‘quv-metodik majmua nima va u o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi?

  10. STEAM ta’lim texnologiyasininig o’ziga hos hususiyatlarini baholang.

7-MAVZU. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI.
Reja:

  1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.

  2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.

  3. Ta’lim metodlarinig mohiyati va mazmuni.

  4. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.

  5. Ta’lim vositalari va ularning vazifalari.



Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling