Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.6 Mb.
bet54/144
Sana17.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1206746
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   144
Bog'liq
Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)

Foydalanilgan adabiyotlar:
Internet saytlari:



  1. http://www. Google.com

  2. http://www.oecd.org/pisa/

  3. http://www.oecd.org/pisa/pisaproducts/pisa2012-2006-rel-items-maths-ENG.pdf

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro tadqiqotlar haqida nimalarni bilasiz?
  2. Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?


  3. PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi nechta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi?

  4. Xalqaro dastur – PISA tadqiqoti imkoniyatlari haqida ma’lumot bering.

  5. Jahon hamjamiyatida PISA tahlillari natijalarini tahlil qiling.

  6. PIRLS- xalqaro tadqiqoti imkoniyatlari haqida ma’lumot bering.

  7. TIMSS xalqaro monitoringi ta’lim tizimida qanday maqsadlarda qo’llaniladi?

  8. TALIS qanday xalqaro tadqiqot hisoblanadi?



18-MAVZU. KORREKTSION PEDAGOGIKA ASOSLARI. INKLYUZIV TA’LIM
Reja:

  1. Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.

  2. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi. Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo‘lishi sabablari.

  3. Nutqida nuqson bo‘lgan, eshitish, ko‘rish qobiliyati buzilgan va tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish yo‘llari.

  4. Inklyuziv ta’lim va uning maqsad va vazifalari.

Tayanch tushunchalar: korrektsiya, korrektsion pedagogika, korrektsion pedagogika sohalari, anomaliya, korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalari, inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, resurs, resurs pedagog..
1.Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo‘llanib kelingan.
Korrektsion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:


Pedagogik lug‘atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi14.


Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling