Тошкент-2021 3 Май 2021 3-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Tarix saxifalaridagi izlanishlar 3 qism
Май 2021 3-қисм
Тошкент Ogohiyning ma’lumotlariga ko’ra ali-eli qabilasi Olloqulixon tomonidan 1830-yillar Qilich Niyozbiy kanali bo’ylariga joylashtirilgan. Xiva xonlarining arxiv hujjatlari dalolat berishicha, ali-eli qabilasining ma’lum qismi Toshhovuz viloyatlarida ham bo’lgan. 50-yillarda ali-eli qabilasi bu ikki tumandan: Qiziltaqir tumani va Shohmurod kanali bo’ylarida yashagan, ayrim qismlari esa eski joylarida qolishadi. Quzmin Qoravayev yig’gan ma’lumotlarga qaraganda, 1855- yil Muhammad Aminxon Seraxs atrofidagi mag’lubiyati va vafotidan keyin ali-eli Atrekdan ko’chib, oldin yashagan joylari Abiverdga qaytib borishadi. 1869-yilda ular Xivaga qaytib borishga majbur bo’ladilar. Biroq takalar Xiva xonligida qisqa muddat 1779-yillarda yashaganlar. Ular yana 1816-yillar yangiariq tumanida bo’lganlar. Muhammad Rahimxon ularga Nayman kanali bo’ylarida Yangiariqdan g’arbdagi yerlarni hadya etadi. Bu yerlarda ularning qancha vaqt yashaganlari to’g’risida bizgacha ma’lumotlar yo’q. Takalarning ancha qismi Xorazm viloyatining g’arbiy qismida Uaz va Gandumqal’a etaklarida joylashganlar. Bu tumanlarda ularning qancha vaqt yashaganlari ma’lum emas. Bu XIX asrning 30-40-yillarida Daudan va Daryoliq hududlarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Takalar bu yerlarda oldindan ham ko’chmanchilik qilgan bo’lishlari mumkin. Bayoniyning hikoya qilishicha, 1848-yil turkmanlar Xonobod tumanida yerlarni egallaganlar, Uazda takalarning qal’asi mavjud bo’lgan. Xiva xonligi arxiv hujjatlarining birida takalarning 1851/1852-yillar Gandumqal’adan boshqa bir tumanga ko’chganlari ko’rsatilgan. Takalar Uazda 1856-yilgacha bo’lganlar, muvaffaqiyatsiz urush natijasida ular yovmutlarni yengib, Axalaga ko’chib ketadilar. Jadval XIX asrda Xorazmda ancha kata sonlarda turkmanlar bo’lganligini ko’rsatadi. Bu esa ancha cheklangan xulosalar bersih imkoniyatini yaratadi. Xiva xonligidagi turkmanlarning umumiy soni 30-40 ming oila ya’ni 150-200 ming odam( har oilada 5 odam hisoblansa) bo’lgan. Bularning ko’pchiligini yovmutlar tashkil qiladi, qora yilg’inlilar bialn birga boshqa yovmut qabilalarining soni barcha manbalarda ko’rsatiladi. Ko’pligi jihatidan 2-o’rinda chovdirlar turadi, biroq ularning sonini aniqlashda manbalar o’xshash. Son jihatidan 3-o’rinda hech qanday bahslarsiz imralilar turadi. Ulardan keyin go’lanlar turadi. Xiva xonligi aholisi qatoriga kirgan qabilalarning umumiy ahvoli bir xil bo’lmagan. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling