Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar: 1.
- Март 2021 10-қисм Тошкент PSIXOLOGIYA TARIXI Toxirova Sabohat Rustamovna
Март 2021 10-қисм
Тошкент ularni motivatsiyalash kabi o‘quv muhiti usullaridan ham oqilona foydalana olish ham shaxs shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘qituvchi tashkil etgan va slaydda tayyorlangan manbalar asosidagi ijodiy muhit uchun berilgan topshiriqlarni bajarish davomida guruhlarga bo‘lingan holda muammolarning yechimini topsalar o‘quvchilarda quyidagi sifatlar hosil bolishiga sharoit yaratiladi: motivatsion hatti-harakatni belgilovchi xohish-istak va ehtiyojlar, motivatsiya (tashqi va ichki omillardan tashkil topadi), his-tuyg‘ular (insonga ta’sir qiluvchi omillarni baholash, reaktsiya qilish) bilan bog‘liq holat kechadi, shuningdek, ta’lim jarayonida quvonch, hayratlanish, muhabbat, havas qilish, ayrim hollarda uyalish, nafratlanish, hadiksirash kabi tuyg‘ular shaxs shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biz pedagoglar zamonaviy innovatsiyon texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish jarayonida o‘quvchilar shaxsini shakllantirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Islom Karimov. “Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch”, Toshkent “Ma‘naviyat” 2010. 2. Ishmuhammedov R., Abduqorirov A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion tеxnologiyalar (ta’lim muassasalari tarbiyachi-o‘qituvchilari va guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar) - T.: Iste’dod, 2010. 118 Март 2021 10-қисм Тошкент PSIXOLOGIYA TARIXI Toxirova Sabohat Rustamovna Xorazm viloyati shovot tumani 49-son ixtisoslashtirilgan maktab psixologi. Email:sabohat49maktab@umail.uz Raximova Nodira Xorazm viloyati shovot tumani 49-son ixtisoslashtirilgan maktab psixologi. Email: nodira49maktab@umail.uz Annotatsiya:ushbu maqolada psixologiya fani kelib chiqish tarixi va fan sifatida rivojlanish yo‘llari,uning aosiy maqsad va vazifalari va qanday ahamiyatlarga ega ekanligi haqida mulohazalar yuritiladi. Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi. Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga kelt- iruvchi shakli bo‘lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shartsharoitlari natijasi hisoblanadi. SHu ma’noda ong marksizm klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy mahsul bo‘lib anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir. Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday. Uning birinchi ta’rifi-nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmua- sidan tarkib topdi. K.Marks.«Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ular yor- damida odam o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo‘shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o‘sha momentda kishi tasavvurida hosil bo‘lgan hissiy manzarasi gavdalanadi.Xotira ongda o‘tmish obrazlarini qay- tadan gavdalantiradi.Xayol ehtiyoj ob’ekti bo‘lgan ammo hozirgi paytda yo‘q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan fodalangan yo‘li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o‘tilgan psixik bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo‘lishiga olib keladi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling