Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Март 2021 10-қисм Тошкент BOLA DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA TASVIRIY SAN’ATNING ROLI Jumaboyev Nabi Pardaboyevich
- Kalit so‘zlar
Март 2021 10-қисм
Тошкент high-speed access to the World Wide Web, and technical multimedia capabilities have easily entered our everyday life. Clearly, learning by this method has the right to life. Bibliography: 1. The Law “On Education”. - T., 1997. 2. The national program for training personnel / / Harmoniously developed generation-the basis of progress // Collected works- in 10 vols. - T.: Uzbekistan, 1998. 3. Mirziyoyev Sh. M. Program of integrated development of the higher education system for the period 2017-2021. April 20, 2017. 4. Resolution of the First President of the Republic of Uzbekistan “On measures for further improvement of the system of learning foreign languages” of December 10, 2012 [Electronic resource] /http://uza.uz/ru/documents/21669/ 5. Andreev A. A. Remote form of obtaining education of the XXI century //Computers in the educational process. - M: LLC “INTERSOCIOINFORM”, No. 2, 2018. 6. Andreev A. A. Distance learning history and modernity. Proceedings of the 4th International Conference on DO-M: MESI, 2017. 131 Март 2021 10-қисм Тошкент BOLA DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA TASVIRIY SAN’ATNING ROLI Jumaboyev Nabi Pardaboyevich Guliston davlat universiteti doktoranti, nabijumaboyev@gmail.com, +998996421785 Mirzayeva Durdona Akbar qizi Guliston davlat universiteti talabasi Annotatsiya: bolalar tasavvuri va dunyoqarashi shakllanishida tasviriy san’at (rang va shakllar) ning tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, rasm, rang, tasavvur, dunyoqarash. Bola dunyoga kelgan chog‘idayoq uning ko‘zlari rangli jismlarni taniy boshlaydi. Ilk bola chog‘idayoq turli ranglarga, rangli rasmlar, rangli detallarga oshiqa boshlaydi. Ularning ranglarini bir biridan ajratish tuyg‘usi uyg‘onoshi, rasmlarga e’tibori ortishi, shu bolada san’atning dunyoga kelishi boshlanadi. Tasviriy san’at shunday fanlardan biriki, u inson tasavvurini beqiyos tarzda kengaytiradi. Bola ilk bor qog‘ozga emas balki uy devorlariga chiza boshlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bolaning dunyoqarashi bir qog‘ozdek cheklanmagan aksincha devorlar kabi keng hisoblanadi. Bolaning dunyoqarashi, tasviriy san’atni chuqur his qilishi uchun avvalo unga ota onaning yordami, turtkisi juda muhim. Devorga sur’at chizgan bolaga tanbeh berish, “Sendan rassom chiqmaydi” degan so‘zlar bolaning dunyoqarashini, tasviriy san’atga bo‘lgan mehrini butkul o‘zgartirib yuboradi. Bog‘cha yoshidagi jajji bolalarga nazar tashlasak, ularning 80-90% rasm chizishga, tabiatni, borliqni tasvirlashga harakat qilishadi. Bu bilan tabiat va bizni o‘rab turgan jismlar haqida tasavvurga ega bo‘lishadi. Hattoki qo‘l panjasini rangli bo‘yoqqa botirib varaq yuzasiga qo‘yib undan daraxt ko‘rinishini tasvirlashganini guvohi bolganmiz. Yillar davomida esa birgina ota onaning ta’siri oqibatida yuqoridagi foizlar juda pastga tushib ketadi. Ko‘pgina oilalarda bolaning istedodi, qiziqishi emas, ularning kim bo‘lishi e’tiborga olinadi. Shuning uchun ham bolalar keyinchalik tor doirali fikr egasiga aylanib qolishadi. Tasviriy san’at fani bolalarga sodda qilib aytganda erkinlikni, erkin fikrlashni o‘rgatadi. Tabiatdagi ranglarni farqlash, oqni qoradan, qorani oqdan ajratishda juda katta yordam beradi. Rus rassomi va pedagogi D.N.Kardovskiy aytib o‘tganidek: “San’atni o‘rganayotganlar tasvirlashning yo‘llari va usullari, ya’ni narsalarning shakli, nisbatlari, yorug‘ligi, xususiyati va harakat qonunyatlariga bo‘ysunishga majburdirlar”. Bunda rassom o‘z fikrida narsa shakli nisbatlari, rangi, yorug‘ligi inson taffakurini kengaytiradi. Shu jism tabiat borlig‘ini yorug‘liklaridan foydalanib bola dunyoqarashini o‘stirishga yordam beradi. Albatta bunday qiziqqon, intiluvchan kelajaklarimizni o‘z kasbi, o‘z maqsadlariga erishishlarida malakaviy pedagoglarning o‘rni beqiyosdir. Yosh rassom Odoardo Fioletti Venetsiyaga o‘qishga kelganda rang tasvirni, rassomchilikni mukkamal egallash uchun nima qilish kerak degan savoliga Tintoretto shunday javob bergan: “Rasm chizish”. Rassom bo‘lish uchun yana qo‘shimcha nimalarni maslahat berar edingiz degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto “Rasm chizish va yana rasm chizish” – deb javob bergan. Xulosa qilib aytganda bundan ko‘rinib turibdiku, kimdir bo‘lish uchun yoki qaysi kasb egasi bo‘lmaylik biz uchun pedagoglardan bilim, yo‘nalish, bolaning o‘zidan esa mehnatva iroda talab qilinadi. Eng muhimi esa bolaning dunyoqarashida tasviriy san’atning o‘rnini biz yo‘qotib qo‘ymasligimiz, uni bu rangli dunyodagi o‘rnini ko‘ra bilishimiz zarur. Go‘zallikni his qila olishni rivojlantirish, yuqori estetik didni shakllantirish, san’at asarlarini, tarixiy va me’morlik yodgorliklarini, ona tabiat go‘zalliklarini, boyligini tushunish va kadrlarni shakllantirish maqsadida har bir o‘quv fani, ayniqsa shaxsning bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan va katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, estetika kabi fanlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish kerak. Bular insonning his-tuyg‘ulari, xilma-xil kechinmalarini qo‘zg‘ab, uning diliga, ruhiga ta’sir o‘tkazib, san’at va inson uyg‘unligi va hamkorligini ta’minlaydi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling