Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Март 2021 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI FANINING O‘QITILISHI Aminjonova Zulayho Qosimovna
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Olimov K., Abduquddusov O., Uzoqova L., Ahmedjonova M., Jalilova D. «Kasb ta’limi uslubiyati» o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, TFI, 2006. 197-bet. 2. Xodjaboyev A.R, Qosimov. Sh.U. Amaliy kasbiy ta’limni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi.- Toshkent, 2007. 3. Xodjaboyev A.R, Xusanov I. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. –Toshkent, 2007. 38 Март 2021 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI FANINING O‘QITILISHI Aminjonova Zulayho Qosimovna Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 12-umumta’lim maktabi Boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi Telefon: +998 90 717 76 33 Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishning afzallik tomonlari, o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘llari, nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika va imloni o‘zlashtirib olishi yo‘llari haqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: metod, ona tili, davlat ta’lim standarti, metodika Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika va imloni o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi ilmdir. Boshlang‘ich sinflarda ona tilining o‘qitish metodikasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: Savod o‘rgatish metodikasi. Bu bo‘limda o‘quvchilarga o‘qish va yozishni o‘rgatish asosiy vazifa hisoblanadi. “Alifbe” ga asoslangan holda qisqa muddatda o‘quvchilar o‘qish, yozishga o‘rgatiladi, so‘ng o‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillashtiriladi, bora-bora malakaga aylantiriladi. O‘qish va yozish malakasi nutqqa oid malaka. O‘qish va yozish malakasi nutq faoliyatining boshqa turlari bilan ham bog‘liq. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi mumkin. Yozuvda o‘quvchi tovushni harfga, o‘qishda esa harfni tovushga aylantirishdek murakkab murakkab aqliy faoliyatni bajaradi. O‘qish metodikasi. Bu bo‘limda o‘quvchilarni ravon, to‘g‘ri, tez( me’yorida), ongli va ifodali o‘qish malakalari o‘rgatiladi O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida tanishadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim standarti talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘qish ko‘nikmalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish. Bu bo‘lim harfiy elementlarni to‘g‘ri yozishga va husnixatga o‘rgatishga, grammatik tushunchalar, boshlang‘ich imlo malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‘lim boshlang‘ich sinflarda alohida o‘rin tutadi. O‘quvchilar birinchi navbatda tilni, nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsa va hodisalar haqida o‘ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o‘zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og‘zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog‘lanishli nutqini o‘stirishni ham ta’minlashi kerak. Shuni aytib o‘tish kerakki, bog‘lanishli nutq maktablarda alohida bo‘lim sifatida o‘rganilmaydi, u til fanining boshqa bo‘limlari bilan bog‘langan holda shakllantiriladi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o‘qishga o‘rgatish yo‘l-yo‘riqlarini o‘qish metodikasi ishlab chiqadi. O‘qish metodikasi kichik yoshdagi o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling