Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Olimov K., Abduquddusov O., Uzoqova L., Ahmedjonova M., Jalilova D. «Kasb ta’limi 
uslubiyati» o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, TFI, 2006. 197-bet.
2. Xodjaboyev A.R, Qosimov. Sh.U. Amaliy kasbiy ta’limni tashkil qilish va o‘tkazish 
metodikasi.- Toshkent, 2007.
3. Xodjaboyev A.R, Xusanov I. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. –Toshkent, 2007.


38
Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI FANINING O‘QITILISHI
Aminjonova Zulayho Qosimovna 
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 12-umumta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi
Telefon: +998 90 717 76 33
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishning afzallik 
tomonlari, o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘llari, nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika va 
imloni o‘zlashtirib olishi yo‘llari haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar: metod, ona tili, davlat ta’lim standarti, metodika
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti o‘quvchilarga o‘zbek tilini 
o‘rgatish yo‘llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika 
va imloni o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi ilmdir. 
Boshlang‘ich sinflarda ona tilining o‘qitish metodikasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 
Savod o‘rgatish metodikasi. Bu bo‘limda o‘quvchilarga o‘qish va yozishni o‘rgatish asosiy 
vazifa hisoblanadi. 
“Alifbe” ga asoslangan holda qisqa muddatda o‘quvchilar o‘qish, yozishga o‘rgatiladi, so‘ng 
o‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillashtiriladi, bora-bora malakaga aylantiriladi. O‘qish va yozish 
malakasi nutqqa oid malaka. O‘qish va yozish malakasi nutq faoliyatining boshqa turlari bilan ham 
bog‘liq. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi mumkin. Yozuvda 
o‘quvchi tovushni harfga, o‘qishda esa harfni tovushga aylantirishdek murakkab murakkab aqliy 
faoliyatni bajaradi. 
O‘qish metodikasi. Bu bo‘limda o‘quvchilarni ravon, to‘g‘ri, tez( me’yorida), ongli va ifodali 
o‘qish malakalari o‘rgatiladi
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish 
darslarida tanishadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim standarti talablari 
bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘qish ko‘nikmalari hamda bilimlarni egallashlariga 
yo‘l ochiladi. O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan 
tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o‘qish texnikasi 
egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, 
ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish. Bu bo‘lim harfiy elementlarni to‘g‘ri 
yozishga va husnixatga o‘rgatishga, grammatik tushunchalar, boshlang‘ich imlo malakalarini 
shakllantirishga xizmat qiladi.
Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‘lim boshlang‘ich sinflarda alohida o‘rin tutadi. 
O‘quvchilar birinchi navbatda tilni, nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va 
qiziqarli narsa va hodisalar haqida o‘ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. 
Ular o‘zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan 
ham og‘zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini 
boyitishi, sintaktik va bog‘lanishli nutqini o‘stirishni ham ta’minlashi kerak. Shuni aytib o‘tish 
kerakki, bog‘lanishli nutq maktablarda alohida bo‘lim sifatida o‘rganilmaydi, u til fanining 
boshqa bo‘limlari bilan bog‘langan holda shakllantiriladi. Inson hayotida muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan o‘qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o‘qishga 
o‘rgatish yo‘l-yo‘riqlarini o‘qish metodikasi ishlab chiqadi. O‘qish metodikasi kichik yoshdagi 
o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida 
takomillashtirilib boriladi.

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling