Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Yopiq rinolaliya. Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun 
rezonansining pasayishi natijasida yuzaga keladi.
Ochiq rinolaliya. Rinolaliyaning ochiq formasiga ogʻiz boʻshligʻida hosil boʻluvchi tovushlar 
dimogʻda talaffuz etiladi.
Aralash rinolaliya. Rinolaliyaning bu turi burun rezonansining patologik kamayganligi 
holida havoning burundan chiqib ketishi bilan izohlanadi, oqibatda barcha nutq tovushlarining 
artikulatsion va akustik tomondan buzilishi kuzatiladi. Ovoz tembri ahamiyatli darajada oʻzgaradi.
Rinolaliyada nuqsonni korreksiya qilish tibbiy va ruhiy-pedagogik vositalar yordamida 
amalga oshiriladi. Odatda, davolashning xirurgik metodlari qoʻllanadi. Radikal urnoplastikaning 
maqsadi tanglay yoriqliklarini bartaraf etish (fissurorafiya), yumshoq tanglayni uzaytirish 
(retrotranpozitsiya), halqum aylanasi oʻrnini qismini toraytirish (mezafaringkonstrinsiya). 
Xirurgik aralashuv birinchi navbatda ovqatlanishni yaxshilash va bolani normal nafas olishini 
tiklash uchun zarurdir.
Nutq nuqsonlarini tekshirish bilan birga artikulyatsiya a’zolarini tekshirish jarayonida 
rinolaliyadagi nutqning tovush tomonidan buzilishlarini keltirib chiqaradigan turli xarakterdagi 
va murakkablikdagi nuqsonlar aniqlanishi mumkin. Artikulyatsiya apparatining tuzilishidagi 
anatomik nuqsonlar organik dislaliyadagi tovushlar talaffuzining turli buzilishlarini keltirib 


35
Март 2021 10-қисм
Тошкент
chiqaradi. Qattiq va yumshoq tanglayda yoriqlarning boʻlishi (rinolaliya) ovozning manqalanishi 
va koʻp tovushlar talaffuzining buzilishiga olib keladi. Ba’zi hollardagina rinolaliyada faqatgina 
ovoz tembri buzilib, ammo tovushlar talaffuzi nisbatan me’yorda boʻlishi kuzatiladi.
Rinolaliyada nutq faoliyati strukturasida fonetiko-fonematik tizim nuqsoni buzilishning asosiy, 
yetakchi zvenosi boʻlib hisoblanadi. Nutqni fonetik jihatdan jihozlashni buzilishi birlamchi 
hisoblanib, u nutqning leksik-grammatik tuzumining shakllanishiga birmuncha ta’sir qiladi, lekin 
chuqur sifat oʻzgarishlari odatda rinolaliyaning boshqa nutq buzilishlari bilan birga kelishida 
kuzatiladi. Bolalardagi rinolaliya tashxisini aniqlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling