Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


PROFESSIONAL TA’LIMDA O‘RTA TIBBIY XODIMLARNI KASBIY FAIOLIYATGA


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

PROFESSIONAL TA’LIMDA O‘RTA TIBBIY XODIMLARNI KASBIY FAIOLIYATGA 
TAYYORLASHDA AMALIY TA’LIM METODLARI
Akbarova Nigora Narimmatovna,
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim 
boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish
instituti mustaqil izlanuvchisi
n_akbarova@gmail.com
Telefon (90)-566-36-84
Annotatsiya. Mazkur maqolada professional ta’limda o‘rta tibbiy xodimlarni kasbiy faioliyatga 
tayyorlashda o‘qitish metodlari va ularning mazmun-mohiyati kabi masalalar yoriitib berilgan.
Kalit so‘zlar: metod, o‘qitish metodi, ko‘rgazmali metod, mashq, o‘quv amaliyoti, muammoli-
zlanuvchan metod.
Professional ta’limda o‘rta tibbiy xodimlarni kasbiy faioliyatga tayyorlashda o‘qitish metodlari 
muhim ahamiyat kasb etib, o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ta’lim metodi - ta’lim jarayonidagi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining muayyan o‘quv 
maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan birgalikdagi hamkorlik yo‘lidir.
Ta’lim metodlari quyidagilarga ko‘ra:
a) bilim olishning asosiy manbai bo‘yicha (og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy);
b) o‘qituvchi faoliyati shakllari bo‘yicha (o‘qitish metodlari) va o‘quvchilar faoliyatining 
shakllari bo‘yicha (ta’lim (olish) metodlari);
c) fikrlash, eslab qolish va bilim olish faolligining xarakteri bo‘yicha (reproduktiv, izohli-
ko‘rgazmali, muammoli-izlanishli, tadqiqotli);
d) xulosa chiqarish turlari bo‘yicha (induktiv, deduktiv)
e) o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlariga ko‘ra passiv, faol va interfaol metodlar bo‘yicha 
tasniflanadi.
O‘qitishning og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlari. Agar o‘quvchilar asosiy o‘quv axborotini 
o‘qituvchining og‘zaki mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik matnlari asosida olsalar, 
bunday metodlar
Og‘zaki: tushuntirish, hikoya, suhbat, bayon, izoh, va hokazo metodlar jumlasiga kiradi. Og‘zaki 
metodlardan foydalanish jarayonida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish mumkin. Ammo, ular 
yordamchi o‘rin o‘ynaydilar.
Ko‘rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ko‘zgazmali qurollar va texnika 
vositalariga ko‘p darajada bog‘liq bo‘lgan o‘quv materialini o‘zlashtirish shakllari tushuniladi.
Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o‘quv materialini egallash 
shakllari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi.
O‘quvchilarning o‘quv materialini egallashlari asosan xotiraning eslash funksiyasiga asoslangan 
metodlar reproduktiv metodlar deyiladi.
Izohli-ko‘rgazmali metodlar yangi mazmunni o‘rganishning turli shakllarida foydalaniladi. 
Izohli-ko‘rgazmali metodlar ikki qismga bo‘linadi: birinchi qismda nazariy ma’lumotlar berilsa, 
ikkinchi qismda og‘zaki tarzda ham, ko‘rgazmali qurollar yordamida ham ma’lumotlar beriladi.
Muammoli-izlanishli metodlar. O‘quvchilar ongida muammoli vaziyat yoki ilmiy izlanishlarni 
tashkil etuvchi metodlar muammoli-izlanishli metodlar deyiladi.
Mashq usuli -o‘tilgan materiallarni amaliyotda qo‘llash maqsadida, reja bilan tashkil etilgan 
amallarni ko‘p marotaba bajarishdir.
Bu usulning asosiy funksiyalari: o‘rgatuvchi va rivojlantiruvchi. Ushbu usulning afzalligi 
shundan iboratki, u, ko‘nikma va malakalarni samarali shakllanishini ta’minlaydi, kamchiligi-
motivatsion funksiyani sust bajari-shidadir.
Mashq quyidagi turlari mavjud: maxsus; sharhlangan; yozma; og‘zaki;ishlab chiqarish – 
mehnat; laboratoriya - amaliy.
Sharhlangan mashqlar o‘quv jarayonini faollashtirishga, o‘quv vazifalarini ongli ravishda 
bajarilishiga xizmat qiladi. Ularning mohiyati shundan iboratki, o‘qituvchi va o‘quvchilar 
bajarilayotgan ishlarni sharhlaydi, natijada ular o‘zlashtiriladi va tushunib yetiladi. Avval bunga 


37

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling