Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Har tuning Qadr o‘lubon,
Kar kuning o‘lsun Navruz.
Deb bu sanani inson hayotining eng chiroyli kunlariga nisbat berib, alohida yod etganlar. 
Respublikamiz Mustaqillikka erishganidan keyin boshqa qadriyatlar qatori Navro‘z bayrami 
ham o‘zining asl maqomini tikladi; bayramlardan biri sifatida keng nishonlanmoqda.
Bayram – har bir fuqaro va butun jamiyat hayotini aks ettiruvchi o‘ziga xos ijtimoiy hodisadir. 
Bayram – bu voqelik bilan san’atni uyg‘unlashtiruvchi, u yoki bu real hayotiy voqeani badiiy 
bezab ko‘rsatuvchi o‘ziga xos antiqa hodisa hisoblanadi. Navro‘z bayramida tashqari “Qovun 
sayli”, “Gul sayli”, “Suv sayli” “Olma sayli” “Qum sayli” “Lola sayli” “Qushlar bayrami” 
bizning milliy bayramlarimiz hisoblanadi. 
Osmonimiz musaffo, tonglar faraxbaxsh, kundan-kunga harorati, nurlarini mo‘l sochayotgan 
quyoshga bag‘rini ochgan diyorimiz yaxshillikka, gullarga to‘lmoqda. Yurtimiz tinch, osoyishta, 
barcha sohada taraqqiyoti bardavom bo‘lsin.


44
Март 2021 10-қисм
Тошкент
INTERFAOL TA’LIM METODLARI ASOSIDA INFORMATIKA DARSLARINI 
LOYIHALASH VA REJALASHTIRISH AMALIYOTI
Ismoilova Gulruh Rajab qizi 
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar 
chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi 
informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi 
Tel:+998936645658 Email:GuliruxIsmoil85@mail.com 
Anotatsiya : Informaika va axborot texnologiyalar darsida interfaol ta’lim metodlaridan 
foydalanish usullari haqida so‘z yuritilgan .
Kalit so‘zlar: Slayd shou , videolavhalar , animatsiyalar , videoroliklar 
Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish maqsadida bu sohada yangi, zamonaviy innovatsion 
pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga samarali joriy etishni ta’minlash 
dolzarb vazifalardandir. Barkamol insonni shakllantirishga imkon beruvchi o‘quv-tarbiya jarayoni 
sifatini oshirishning muhim vazifasi ta’lim samaradorligini ta’minlashdir. Ta’lim samaradorligi 
ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, 
izchilligi, turmush bilan bog‘liqligi, shuningdek, ta’lim mazmuniga mos metodlar, shakllar va 
vositalar majmuasi tanlanishi bilan ta’minlanadi.
Bunday natijaga erishish o‘quv jarayonida interfaol metodlarni qo‘llashni taqozo etadi. Quyida 
informatika fanida foydalanishi mumkin bo‘lgan interfaol metodlar va grafik organayzerlardan 
ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
Metodlar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilarini tashkil etish va ularni o‘tkazish tartibi haqida 
to‘xtalamiz. O‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, 
qobiliyatlarini rivojlantirishga, kelajakda raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga yordam 
beradigan tavsiyalar beramiz.
Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchi o‘qituvchilar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun havola 
etilgan metodlarni xuddi shu tartibda o‘tkazishlari shart emas. Har qaysi o‘qituvchi bu metodlar 
asosida ularning umumiy shaklini olgan holda o‘zlarining darslarini o‘qitish texnologiyalarini 
yaratishlari, berilgan metodlarni to‘liq yoki ularning ba’zi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari 
mumkin.

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling