Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalangan internet saytlar:
1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi 
2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish, referat va yozma ishlar qidirish tizimi 
3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi 


52
Март 2021 10-қисм
Тошкент
TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALAR
Mehmonova Zarina Imomovna
Buxoro viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasi 
Metodik xizmat bo‘limi, Tabiiy fanlar metodisti.
Annotatsiya: ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni 
haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: tabiiy fanlar, ishchi dastur, interfaol usullar, o‘qituvchi, o‘quvchi
Tabiiy fanlarni o‘qitishda innovasion pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, dars jaray-
onida interfaol usullar va videoroliklar yordamida dars o‘tish o‘quvchilarning fanga, mavzuga 
qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash hamda ularda bilim, ko‘nimalar hosil bo‘lishiga xizmat 
qiladi. Demak, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi o‘quvchining o‘quv mazmunini o‘zlashti-
rishga yo‘naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug‘ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va 
tafakkur faoliyati bilan bog‘liq.Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o‘quvchilarda 
quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko‘rsatish mumkin.O‘quvchi o‘qitilmaydi, uni mustaqil 
o‘qish, o‘rganish ishlashga o‘rgatiladi.Bunda o‘quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali 
o‘zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o‘rga-
tiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o‘z pozitsiyasini himoya qila olish ko‘nikmalari 
shakllantiriladi.O‘quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlami darsliklardan, internet-
dan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi 
shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish, imkoniyati yaratiladi. O‘qu-
vchini darsliklar bilan ishlash, o‘qish, o‘rganish, konspekt yozish, qo‘shimcha adabiyot, ma’lu-
motnomalar va ensiklopediyalardan foydalanib mustaqil o‘zlashtirish ко’nikmalarini egallashga 
o‘rgatiladi. Guruhdagi barcha o‘quvchilarning o‘z qobiliyatlari darajasida albatta o‘zlashtirishlari 
kafolatlanadi. Bunda o‘quvchining o‘zlashtirganligi olgan bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda 
foydalana olish ko‘nikma va malakalari bilan belgilanadi.Barcha o‘qituvchi-o‘quvchilar interfaol 
metodlar asosida ishlashni o‘rganib, uni o‘z o‘quv-biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha 
o‘quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar. 
Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda:
• O‘quvchining o‘zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi.
• O‘quv reja, dastur, darslik, standart me’yor, qo‘Hanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash 
malakalari shakllanadi.
• Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o‘zlashtirish kundalik shaxsiy 
ishlariga aylanadi.
• O‘quvchi erkin fikr bildirish, o‘z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga 
odatlanadi.
Eng muhimi o‘quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni o‘quvchining ehtiyoj, 
xohish, istagi qondiriladi. O‘quv-biluv jarayonida o‘quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu 
holat o‘quvchini o‘quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko‘taradi.O‘qituvchilarni o‘z 
ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid 
yordam beradigan omil - darslarni tahlil qilish.“Bir soatlik yaxshi dars - buyuk bir asardir”. 
Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, ya’ni sog‘lom va 
barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish 
uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. O‘qituvchilarning darslarda zamonaviy 
axborot-kommunikatsion texnologiyalar, innovatsion, interfaol usullardan foydalanganlari bois 
samaradorlikka erishyaptilar.“Ustoz-shogird” tizimi asosida ustoz sifatida yosh o‘qituvchilarga 
metodik yordam ko‘rsatish, ustoz-shogird tajribalarini yoyish bilan bir qatorda ilg‘or pedagogik 
texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullar, multimediya vositalariga asosan ochiq darslar 
namoyish etishadi. 
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi natijalarini o‘rganish va tahlil qilish jarayoni shuni 
ko‘rsatdi-ki, o‘qituvchining shogirdlarini darsda faol qatnashishi, puxta bilishi, o‘quv-
qobiliyat mahoratiga doimiy e’tibor qaratishi hamkorlik saviyasini oshirar ekan, shu o‘rinda 
alohida takidlash joizki, o‘qituvchi o‘quvchini o‘zining talab va shartlariga bo‘ysunuvchi, 


53

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling