Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
Miyachaning zararlanishi natijasida atonik-astatik bolalar serebral falaji shakllanadi. Kasallik 
belgilari statika va koordinatsiya, mushaklar atoniyasi koʻrinishida namoyon boʻladi. 
Hozirgi kunda bolalar serebral falaji davosi topilmagan kasalliklar qatoriga kiradi. Ammo, oʻz 
vaqtida boshlangan davo muolajalari taʼsirida bolalar ruhiy jihatdan ham jismoniy jihatdan oʻz 
tengdoshlariga yetib olishga erishish mumkin. Barcha muolajalar bola 8 yoshga kirguniga qadar 
olib borilgani maqsadga muvofiqdir. Serebral falajli bolalar bilan olib boriladigan logopedik 
ishlar artikulatsion koʻnikmalarni, fonematik idrok va analizni rivojlantirishga qaratilgan boʻlishi 
kerak. Logoped bolaning onasini bola bilan birgalikda boʻladigan oʻyinlarga jalb qilishi lozim. 
Bu jarayonda esa uning nutqi birmuncha rivojlanib boradi.
Bolalar Serebral falajida harakat doirasida kamchiliklar kuzatilsa ham bolalar ijtimoiy hayotga 
moslashib ketishlarining imkoni bor. Bunda ularning ota-onasi va yaqinlarining roli katta. Bolalarda 
ijtimoiy adaptatsiyani shakllantirishda reabilitolog, defektolog, logoped, psixolog va pedagoglar 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kasallikdan aziyat chekadigan bolalar maxsus bogʻchalar, 
maktablarda hayotga boʻlgan moslashuvchanliklarini oshirib boradilar
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, kasallikni vaqtida aniqlab, diagnostika qilish va 
davolashni iloji boricha ertaroq boshlash muhimdir. Erta davolash bolalar serebral falajini 
muvaffaqiyatli davolash garovidir. Bolalar serebral falajining davolash quyidagi shartlarga 
asoslanishi lozim: erta boshlash, bosqichlilik, izchillilik va kompleks davolash.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Poʻlatxoʻjayeva M R. Defektologiyaning klinik asoslari. – T.: 2013
2. Sodiqova Q., Aripova S., Shaxmurova G. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. – T.: 2009
3. Бернштейн Н.А. Физиология движений и активность. – М.: 1990


50

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling