Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Март 2021 10-қисм Тошкент BOLALAR SEREBRAL FALAJLIKDA LOGOPEDIK MASHGʻULOTLARINING AHAMIYATI Karimova Barno Abdusalamovna
- Annotatsiya
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. M. E. Jumayev. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. “Fan va texnologiya”. Toshkent. 2004-y. 2. B. Toshmurodov. Boshlang‘ich sinflarda matematika oqitishni takomillashtirish. “O‘qituvchi” 2000-yil. 48 Март 2021 10-қисм Тошкент BOLALAR SEREBRAL FALAJLIKDA LOGOPEDIK MASHGʻULOTLARINING AHAMIYATI Karimova Barno Abdusalamovna Toshkent shahar Olmazor tumani MTB tasarrufidagi 522-KTIDMTT logoped-oʻqituvchisi Annotatsiya: maqolada bolalarda uchraydigan markaziy nerv sistemasi kasalligi ya’ni bolalar serebral falaji hamda uning klinik belgilari, davolash usullariga oid fikrlar berilgan. Kalit soʻzlari: bolalar serebral falaji, nerv sistemasi, logoped, nutq nuqsoni. Bolalar Serebral falaji — bu bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni yoʻnaltiruvchi yoʻllarni zararlanishi bilan kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir. Bolalar Serebral falajida miyaning harakat va nutq sistemasida erta organik buzilishlar kuzatiladi. Butun jahon miqyosida DSP kasalligi har 1000 ta bolaning 1,7-7 tasida kuzatiladi. Chala tugʻilgan bolalarda bu koʻrsatkich 10 barobar yuqori boʻladi. Soʻngi izlanishlarda chala tugʻilgan bolalarning 40-50 % ida ushbu patologiya kuzatilishi oʻrganilgan. Pediatriya sohasida bolalar serebral falaji kasalligi yetakchi muammolar qatorida turadi. Bunga sabab ekologiyaning yomonlashuvi, neonatologiya sohasining rivojlanishi, chala tugʻilgan bolalarning yashab qolishi kasallikning keng tarqalishi va dolzarb mavzu ekanligini anglatadi. Bolalar serebral falajligining klinik koʻrinishida harakat buzilishlari yetakchi hisoblansa, ular koordinatsiya buzilishlari bilan giperkinezlar, ayrim guruh mushaklarining markaziy falajligi bilan harakterlanadi. Harakat buzilishlari koʻpincha nutq va psixik buzilishlari, epileptikform tutqanoqlar bilan uygʻunlashib ketadi. Bolalar Serebral falajida harakatni buzilishi asosiy nuqson hisoblanib, u oʻziga xos motor anamaliyani rivojlanishini koʻrsatadi, bu esa oʻz navbatida bola asab-psixik funksiyasini rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Bolalar Serebral falaji klinikasida nutq buzilishi asosiy oʻrinni egallaydi. Bolalar serebral falajida nutq buzilishi chastotasi 80%ni tashkil etadi. Nutq buzilishlarining oʻziga xos tomonlari miyani qay darajada zararlanishiga qarab belgilanadi. Serebral falajga ega bolalarda ba’zi miya sohasidagi zararlanish bilan birga bosh miya poʻstloq qismining buzilishlarini ikkilamchi rivojlanmaganligi yoki kech shakllanganligi ham namoyon boʻladi. Bu miyaning ontagenetik tomondan yosh boʻlgan boʻlimlari boʻlib, u insondagi psixik va nutq faoliyatini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Bolalar serebral falajida nutqni kech rivojlanishiga sabab, miyaning poʻstloq boʻlimlarini sekin shakllanishigagina emas, balki ularda amaliy faoliyatni yetarli emasligi, atrof-muhit haqida bilim va tasavvurlarni yetishmasligidir. Tarbiyaning notoʻgʻri kechishi nutq rivojlanishini orqada qolishini murakkablashtiradi. Bu bolalar hayotining birinchi yillarida turli davolash muassasalarida boʻladilar, agarda u yerda pedagogik ishga yaxshi ahamiyat berilmasa bolaning nutqiy rivojlanishi kechikishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarning onasidan uzoqda boʻlishi salbiy emotsional holat, yangi muhitga oʻrgata olmaslik nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Uy sharoitida kattalar bolani juda avaylab hamma majburiyatni oʻz zimmalariga oladilar. Bu bolalarda faoliyat va nutqiy muloqotga boʻlgan talabni shakllantirmay qoʻyadi. Bolalar Serebral falajida nutq buzilishlari patogenezida harakat patologiyasi muhim oʻrin tutadi. Bu bolalar bilan logopedik ishni tashkil qilishda nutq va harakat buzilishlarini klinik va patogenetik umumiyligini tushunish ahamiyatli hisoblanadi. Bolalar serebral falajining koʻpgina holatlarida poʻstloq osti markazlari buzilishi bilan bogʻliq giperkinetik shakli uchraydi. Kasallik klinikasida ixtiyorsiz harakatlar – giperkinezlar namoyon boʻladi va bunday holat bola hayajonlanganda, qoʻrqqanda yaqqol yuzaga chiqadi. Bolalar serebral falaji turli xil koʻrinishda va turlicha ogʻirlik darajasida kechadi. Kasallikning klinik belgilari bosh miya strukturasining zararlangan sohasi va chuqurlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Baʼzida bolalar serebral falaji belgilari bola dunyoga kelishi bilan yuzaga chiqadi. Koʻpincha kasallik bir necha oy oʻtgach pediatr koʻrigida bolaning jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi bilan aniqlanadi. DSPning asosiy klinik belgisi bolalarning harakat doirasidagi yangi harakatlarni bajara olmasligi va yangi qobiliyatlarni oʻzlashtira olmasligidir. Serebral falaji kuzatiladigan bola boshini uzoq muddat tutib tura olmaydi, oʻyinchoqlar uni qiziqtirmaydi, boshini bura olmaydi, qoʻl va oyoqlarini erkin harakatlantira olmaydi, oʻyinchoqlarni ushlay olmaydi. Bolani qoʻlga olib oyoqlarini yerga tirasa oyoq kafti bilan toʻliq turmaydi, oyoqlarining uchigina yerga tegib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling