Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalangan internet saytlar 
1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi 
2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish , referat va yozma ishlar qidirish tizimi 
3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi 


46
Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARINI O‘QITISHDA DARSDAN TASHQARI 
MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI
Isroilova Maftuna Ismoil qizi,
Navoiy shahar 8-umumta’lim maktab 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashga alohida 
e’tibor qaratilgan.Bugungi kunda maktab oidida turgan asosiy talab – yosh avlodga mustahkam 
bilim berish, ularning barcha fanlarni chuqur egallashi o‘zlashtirgan bilimlarini hayotga tatbiq 
eta olishidan iborat. 
Yurtimizda uzluksiz ta’lim tizimining joriy etilishi natijasida mustaqil fikrlovchi, tafakkuri va 
iqtidorini to‘la namoyon qiluvchi barkamol avlodni tarbiyalash umummilliy maqsadga aylandi. 
O‘z – o‘zidan ayonki, ushbu jarayonda o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri va 
mazmunli tashkil etish muhim o‘rin egallaydi. 
Bugungi kunda xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini 
oshirish, sinfdan va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilish, ma’naviy- ma’rifiy, madaniy 
tadbirlar samaradorligini oshirish o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga 
qaratilgan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasi o‘laroq yurtimizdagi 
barcha umumta’lim maktablarida sinfdan va darsdan tashqari fan to‘garaklari, sport seksiyalari 
faoliyat ko‘rsatayapti. 
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish boshlang‘ich ta’limning kompetensiyaviy 
yodashuv asosida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi. O‘quvchilarning 
nazariy bilimlaridan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini hosil 
qilishda darsdan tashqari mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutadi. 
Boshlang‘ich ta’lim o‘qish darsligida asosan she’rlar, kichik – kichik hikoyalar, ertaklar 
berilgan. Sinfdan tashqari tashkil etilgan “Qo‘g‘irchoq teatri” to‘garagida o‘quvchilarning o‘qishi 
savodxonligini oshirish bilan bir qatorda aktyorlik qobiliyatlari ham shakllantirib boriladi. 
Bu to‘garakda ishtirok etish bilan birga o‘quvchilar hayotda nima yaxshi –yu, nima yomon 
ekanligini tushunib boradilar. 
Boshlang‘ich sinf ona tili fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar 
“Husnixat” to‘garagiga jalb qilinadi. Bunda o‘quvchilar nafaqat chiroyli yozishni, balki o‘zlari 
ham kichik – kichik hikoyachalar yozishni organadilar.
“Qiziqarli matematika” to‘garagida 
esa o‘quvchilar matematika fanidan olgan nazariy ma’lumotlarini qayta mustahkamlaydilar. 
Sinfdan tashqari to‘garaklarda zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish o‘quvchi 
bilimining o‘sishida, tafakkur dunyosining kengashida, xotirani charxlashda muammoga kreativ 
yondashishga muhim sabab bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchi ona tili to‘garagida mavzularni oz 
fursatda takrorlash uchun “Svetafor” metodidan foydalansa, o‘quvchilar bilim sifatining o‘sishida 
yuqori natijaga erishadi. 
“Svetefor” metodidan foydalanish tafsiloti: Katta bir bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng o‘qituvchi 
u bo‘yicha tezislarni tayyorlaydi (5-7 ta mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma 
– navbat doskaga yoziladi, (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida 
ilib qo‘yiladi). O‘quvchilarga o‘ylash uchun vaqt beriladi. So‘ng tezis bilan rozi bo‘lgan har 
bir o‘quvchi yashil kartochkani ko‘taradi; rozi bo‘lmagan - qizil kartochkani; ikkilanayotgan 
yoki qaror qabul qilishda betaraf bo‘lishni xohlayotgan o‘quvchilar sariq kartochkani yuqoriga 
ko‘taradi. Ishtirokchilar fikri bir –biriga mos keladigan bo‘lsa, o‘qituvchi navbatdagi tezisga 
o‘tadi. Agar tezis muhokamani talab qilsa ishtirokchilardan o‘z qarorlarini asoslab berish iltimos 
qilinadi. 

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling