Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydanilgan adabiyotlar:
1. Bozorova M, Norpo‘latova X. “Ta’limni faollashtiruvchi mеtodlar”, Mеtodik qo‘llanma 
TеrmDU ilmiy kеngashida ko‘rib chiqilib nashrga tavsiya qilingan, 2010 yil
2. Ibragimov R. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida bilish, faoliyatini shakllantirishning 
didaktik asoslari. Diss. T., 2001-yil


43
Март 2021 10-қисм
Тошкент
MILLIY BAYRAMLARIMIZNING NAZARIY ASOSLARI
Xoʻjamova Yulduz Yusupovna
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani
22-sonli MTT mudirasi
yuxujamova@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek xalq milliy bayramlarining xususiyatlari hamda navro‘z 
bayramining urf-odatlarining ahamiyati xususida fikrlar berilgan.
Kalit so‘zlari: bayramlar, milliy bayramlar, Navro‘z, sumalak, urf-odatlar.
Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar 
alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos hosisasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Insoniyat yaratilibdiki, uning turmush tarzida bayramlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib 
kelmoqda. Insoniyat hayotini bayramsiz, an’ana, marosim, urfodatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Bayramlar jamiyatning ma’naviy go‘zalligini, xalqning yashahs tarzi, turmush sharoitini dunyoga 
ko‘z-ko‘z qiluvchi asosiy vositadir. Bayram hayotning eng nafis va nafosatli xislatlarini namoyish 
etuvchi ko‘zgudir. 
Filologiya fanlari doktori, professor U.Qoraboyev “O‘zbek xalq bayramlari” kitobida o‘zbek 
bayramlarining xususiyatlari haqida to‘laqonli fikr bildirib, “O‘zbek bayramlari mohiyatan 
boshqa xalqlar bayramlaridan farq qilmaydi, ular ham orzu, mehnat, kurash ifodasi, an’analar, 
go‘zallik ko‘zgusi, tinchlik hamjihatlik, tenglik, hayotning davomi, muhim qismidir” – deb 
ta’kidlaydi. Odatda, bayram deganda biror-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko‘pchilik bo‘lib, 
ko‘tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi. Shu boisdan Beruniy bayramlarni 
hayotdagi “eng muhim kunlar” desa, Mahmud Qoshg‘ariy “shodlik va xursandchilik kuni” 
deb ta’riflaydi. Bayram insoniyatning bosib o‘tgan yo‘llarini chuqur anglashga, g‘alabalardan 
fahrlanishga, ertangi kun uchun rejalar tuzishga, kelajakka umid bog‘ilashga yordam beradi. Shu 
boisdan ham, bayram arafasida kishilar bir-birlarini tabriklashadi, yaxshi istaklar bildirishadi. 
Bayramlar istalgan paytda yoki o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Bayram ommada unga nisbatan 
extiyoj tug‘ilganida, muayyan bir asos, sabab paydo bo‘lganida, u maxsus uyushtirilganidagina 
ta’sirchan tadbirga aylanadi. Milliy bayramlarimiz ichida Navro‘z nayrami alohida ahamiyatga 
ega desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tabiatda tun va kunning teng bo‘lishi, bahorning kirib kelishi, 
dalalarda ish boshlanishidan darak beruvchi, xalq tomonidan keng nishonlanuvchi Navro‘z 
bayrami o‘tgan davrlarda muayyan taqiqlarga duch kelsa-da, u xalq istagi bilan qayta tiklandi 
va 1990-yildan boshlab, mamlakatimizning rasmiy bayramiga aylantirildi.
Yurtimizga mavsumlar kelinchagi bahor fasli tashrif buyurdi. Zamin uyg‘ondi, barchamiz 
intiqib kutgan Navro‘z ayyomi – yashnash va yasharish pallasi kirib keldi. Ota-bobolarimiz 
Navro‘z kunlari mohiyatida bag‘rikenglik, olam va odamlarga mehr-muhabbat mujassamlashgan 
rang-barang udum-marosimlar o‘tkazishgan. 
Navro‘z taomlari ayniqsa, o‘ziga xos quvvatbaxsh bo‘lgan. Sumalak tayyorlash esa odat tusiga 
kirgan. Sumalak xalqimizning ardoqli shodiyonasi-Navro‘zning ko‘rkidir. Sumalak Navro‘zning 
shoh taomi bo‘lib, u ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan 
sihatlik va ezgulik timsolidir. 
Mir Alisher Navoiy hazratlari ham:

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling