Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Boshlang‘ich sinf darsliklari. 
2. R.J.Ishmuhamedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish 
yo‘llari.- Toshkent 2004. 


47
Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINING O‘QITILISHI
Jalolova Gulchiroy Hikmatovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’limi fani o‘qituvchisi
Telefon: +998 90 253 13 53
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda matematika fanining o‘qitilishi va 
kompetensiyalari, metodlari va afzallik tomonlari bo‘yicha ma’lumot beriladi. 
Kalit so‘zlar: matematika, metodika, kompetensiya, didaktik materiallar, bilim, ko‘nikma, 
malaka
Ayni paytda mamlakatimizda matematika faniga juda ham katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, 
boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘z ko‘lami ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni 
amalga oshirmoqda. Maktab ta’limi oldiga tamoman yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika 
o‘qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Maktabda matematika fanining 
o‘qitilishining maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma’lum usullar, 
ya’ni metodlar orqali o‘quvchilarga yetkaziladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun o‘qituvchi 
boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i 
zarur. Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 
1. Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun matematika o‘qit-
iladi, o‘rgatiladi).
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish bir tizimga keltirilgan bilimlar dara-
jasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini 
o‘rganishda izchillik ta’minlanadi. 
3. O‘qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va o‘quv-tex-
nika vositalaridan foydalanish.
4. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning darsdan tashqari shakl-
larini qanday tashkil etish).
O‘qitishning maqsadlari: 1. Oqitish mazmuni; 2. O‘qitish shakllari; 3. O‘qitish metodlari; 4. 
O‘qitish vositalari.
O‘qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining 
asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin. Matematika o‘qitish 
metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani - o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq. 
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga 
tayanadi. O‘qitishning samaradorligining zaruruy va muhim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan 
materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. 
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko‘rsatish mumkin: a) 
o‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim ko‘nikmalarni hosil qilish turlari 
( bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi); b) turli xil mashqlar 
yordamida yangi bilim, malaka, ko‘nikmalarni mustahkamlash darslari; d) o‘tilganlarni takrorlash, 
umumlashtirish darslari; e) keyingi bosqichda xatolarning oldini olish maqsadida mustaqil bilim, 
malaka, ko‘nikmalarni tekshirish darslari. Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar amalga 
oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish; oldin 
o‘tilganlarni takrorlash bilan o‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash. O‘qituvchi 
dars rejasini tuzishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim. Dars qanday qismlardan iborat bo‘lishi, 
ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish,ular o‘rtasida o‘quv materialni qanday taqsimlash, bu 
qismlar bir-biriga qanday bog‘lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalgaoshirishda 
yetarli miqdorda yordam berishini hisobga olishi kerak.

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling