Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
Amonova Dilora
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16-maktab ona -tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya:ushbu maqolada o‘qituvchining bilim samaradorligini oshirishda yangi innovatsiyalarning o‘rni haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar:ta’lim sifati, innovatsiyalar, yangi pedagogik usullar, ta’lim sifati. Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimida qayta tiklanish va yangilanish jarayonlari yuz bermoqda. Qayta tiklanish bugundan o‘tmishga, yangilanish bugundan kelajakka tomon intilishlar zamiridagi voqelik bo‘lib, o‘tmish va zamonaviy maktab o‘rtasida vorislik o‘rnatish yo‘li bilan ta’limni raqobatbardosh ijtimoiy institutga aylantirishni taqozo etdi. Talimni sifatli olib borishning omillaridan biri bu o‘qituvchining o‘z ustida ishlashidir. O‘quvchilarga hozirgi zamon talabiga javob beradigan darajada ta’lim berish uchun o‘qituvchining o‘zi ham bilimini oshirib borishi, kasbiy soha bilan birgalikda ijtimoiy sohalardagi yangiliklardan voqif bo‘lishi kerak. Buning uchun u muntazam o‘qishi yangi adabiyotlarni ular asosida topshiriqlarni avval o‘zi ishlab chiqishi zarur. Bundan tashqari u doimo izlanishda bo‘lishi, o‘zi ham tadqiqotlar olib borishi yaxshi samara berdi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, innovatsiya tushunchasi dastlab AQSHda madaniyatshunos olimlar tomonidan aniqlangan va paydo bo‘lgan. Innivatsion jarayon-yangilikni kiritilishi va shart-sharoitlarni, tizimini yangi sharoitlarga, ko‘rsatkichlarga muvaffaqiyatli o‘tishni ta’minlovchi o‘zgarishlar bilan ifodalanadi. Innovatsiya-bu ma’lum bir faoliyatda shakl, metodlar, muammolarni yechishdagi yangicha yondashuv, yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘llash orqali yuqori natijalarni ta’minlash. Bir so‘z bilan aytganda, jarayonga konseptual yondashuvdir. Ta’lim muassasasida yoki jamoada innovatsiya masalasi muhokama etilganda o‘quvtarbiyaviy ishlar faqat didaktik tizim sifatida qaralmasdan, balki ijtimoiy omil sifatida bolalarning atrof-muhitga jabl etilganligi orqali ham qaraladi. Ota-onalar , o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar orqali har bir ta’lim muassasasida tashkil topadigan ma’lum psixologik muhit yangilanib boradi . Bunda har bir o‘qituvchi o‘z faoliyatidagi muammolarni tushunib yetishi va ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishi lozimdir . O‘qituvchi ham ta’lim jarayonini olib borar ekan, u o‘zining innovatsion faoliyatida quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim: - shaxsiy kasbiy innovatsion faoliyatida bilimdonlik, ijodkorlik, mahoratlilik, kompitentlik, intellektual salohiyatlilik, raqobatdoshlik, axborot texnologiyalari bo‘yicha malakani egallagan, faol, fan yangiligidan xabardor, DTS talablarini to‘la bajarishini ta’minlay oladigan fazilatlarga ega bo‘lishi lozim; - ilmiy-pedagogik innovatsion faoliyat olib borish, yangi ilmiy izlanishlar asosida yangi ishlanmalar yaratish, ilmiy tadqiqot olib borish, ilmiy maqola, ilmiy rahbarlikni olib borish nazarda tutiladi; - psixologik-pedagogik, metadologik innovatsion faoliyatni olib borish, yangi-yangiliklarni yaratish, topish, bazasini yaratish, tadbiq etish, tarqatish, yangiliklar ustida ish olib borish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, reproduktiv, kreativ, reaksiya asosida ishyuritishni bilishi lozim. O‘qituvchining innovatsion faoliyat yuritishi hozirgi davr talabi bo‘lib, bu faoliyat uning bilishga intilishi, jamoada o‘z mavqeyini ko‘rsatishi, o‘z- o‘zini tarbiyalashi, mustaqil ta’lim olishi va o‘z- o‘zini rivojlantirishi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, bugungi kun o‘qituvchisi innovatsion faoliyat yuritish orqali ta’lim sifatini oshirishga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. O‘qituvchilarda esa, yangilikka intiluvchanlik orqali yangiliklarni izlab toppish uchun ko‘nikma va malakasi shakllanadi. O‘qituvchilar uzluksiz o‘z mahoratlari ustida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling