Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIM-O‘QITISHNING ASOSIY POYDEVORI.
Kubeyeva Asemay Begaliyevna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar
4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarning barkamol ulg‘ayishida 
asosiy poydevor ekanligi xususida so‘z boradi. Unda boshlang‘ich ta’lim-o‘qitishning asosiy 
poydevori ekanligi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Pedagogik amaliyotchilik, ilmiy tadqiqotchilik, yelpig‘ich, interfaol yoki inter-
aktiv
Kitob-axborot 
manbai
Xotira 
kuchayadi
Bola ijtimoiy-
hissiy rivojlanadi
Dunyoqarashi
kengayadi 
Kitob 
o`qishning 
sakkiz foydasi
Bolada eshitish 
qobilyati
rivojlanadi
She`r yodlagan 
bolaning nutqi
ravon, so`z
boyligi
ko`p bo`ladi
Ijod qilish 
qobilyati o`sadi
Ko`p ertak eshitib
ulg`aygan bolada
o`zida ishonch
kuchli bo`ladi 
Boshlang‘ich ta’lim-talimning dastlabki bosqichi bo‘lib, o‘quvchilarning savod chiqarishida 
asosiy vosita hisoblanadi. Chunki o‘quvchining imlo savodxonligi, nutq o‘stirishi uchun 
boshlang‘ich sinfda olgan bilim, ko‘nikma va malakaning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun, 
boshlang ‘ich sinf o‘qituvchisi katta mahorat egasi, san’atkor, mehribon bo‘lish bilan birga zamon 
bilan hamnafas qadam tashlashi lozim.Bugun axborotlar oqimi shiddat bilan kuchayib borayotgan, 
kompyuter va umuman texnika olami inson hayotida tobora kengroq va mustahkamroq o‘rin 
olib borayotgan bir zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik muammosining yanada dolzarblik kasb 
etishi sir emas. Zero, kitob va kitobxonlik inson ma’naviy olamining ajralmas qismi ekan, uni 
o‘qishni o‘rganish, kitobxon ma’naviyatini shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonidagi eng asosiy 
vazifa bo‘lib qolaveradi. Shunga ko‘ra kitoblarni o‘qish uchun uni o‘qitish muhim ahamiyat 
kasb etadi. O‘quvchi ilk poydevorni boshlang‘ich ta’limdan oladi. Shuning uchun ularni kitobga 
qiziqtirishni boshlang‘ich sinfdan boshlash lozim.
Shuningdek, o‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir guruhga mos keladigan usul tanlamog‘i 
lozim. Hatto, bir o‘qituvchi bir xil usulda ikki xil guruhda dars o‘tib ham bir xil natijaga erisha 
olmaydi. Chunki, har xil xarakterli o‘quvchilarni bir xil usul bilan o‘qitib bir xil natijaga erishish 
mumkin emas. Buning uchun guruh o‘quvchilarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib, ularning 
nimalarga qodirligini aniqlab dars boshlash yaxshi natija beradi. Shuningdek, ta’lim metodlari 
va ularning turlaridan unumli foydanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, o‘qitishdan 
ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini 
o‘quvchiga yetkazishdan iborat. qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib 
yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib 
bera olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli 
rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qo-
biliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘zi orqali yoki bosh-
qa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa 
turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.Ta’lim metodi - bu ta’lim oluvchi va ta’lim 
beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan 
tizimga solingan yo‘l-yo‘rig‘i.


98

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling