Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
Kitob bilan ishlashda turli usullardan foydalanish mumkinligi biz o‘qituvchilarga juda yaxshi 
tanish. Jumladan, ovoz chiqarib o‘qish, ichda o‘qish, ifodali o‘qish, ongli, tushunib o‘qish, tez 
o‘qish, yakka o‘qish, birgalikda o‘qish, to‘xtab o‘qish usullari mavjud.
Bizga yaxshi ma’lumki, o‘qish darslariga qo‘yilgan talablar bir-biriga bog‘liq holda amalga 
oshiriladi. Bolalar ongli o‘rganmasalar, ifodali o‘qish usullarini yaxshi o‘zlashtira olmaydilar. 
Yoki, ravon, tushunarli o‘qimasalar o‘qish tezligini oshirish mumkin ham emas. Demak, o‘qish 
turlarining o‘zaro bog‘liqligini dars jarayonida ulardan navbatma-navbat foydalanish orqali yo‘lga 
qo‘yish mumkin ekan.
Biz bilamizki, darslik, kitoblar bilan ishlashda ko‘p tarqalgan ovoz chiqarib o‘qish usulidan 
foydalaniladi. 
O‘qituvchi bolalarga: 
-hozir navbat bilan ovoz chiqarib o‘qiysiz, shoshmay, xatosiz, jumlalarni oxirigacha to‘liq 
o‘qing; 
-har bir gapdan so‘ng biroz dam oling, so‘ng navbatdagi gapni o‘qing; 
-hamma o‘rtog‘ining o‘qishini eshitib, matnni xatcho‘p bilan kuzatib borishini ta’kidlaydi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘qishini kuzatib boradi va bolalar e’tiborini matn mazmunini 
uqib olishga qaratib, so‘ralsa darrov javob berishga tayyor bo‘lishlarini eslatadi. Bolalarni tutilib 
o‘qishdan, tutilib so‘zlashdan asrash, bunday hollarda ularga “Shoshilmang, chuqur nafas oling, 
keyin o‘qishni yoki so‘zlashni davom ettiring” -deb, yordam berib turish kerak. 
Maktabda o‘qituvchining, uyda esa ota-onalarning beg‘araz yordami o‘quvchiga kuch va ilhom 
bag‘ishlaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Zero, buyuk bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib 
quyidagi misralarni bejizga aytmagan: 
O‘quv qut beradi
Bilim sharaf-shon. 
Shu ikkovi tufayli
Ulug‘dir inson. 
Shunday ekan, o‘quvchi yoshlarni ma’naviyatini yanada yuksaltirishda, kitob bilan mutoala 
qilish qoidalariga o‘rgatishda hamkorlik pedagogikasi asosida ish olib borish talab etiladi. Bu 
talabni maktab jamoasi bilan oila birgalikda amalga oshirsa, o‘quvchi yoshlarimizning ma’naviyati 
va tafakkur doirasi anchagina yuskaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://lex.uz. “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni. 2017 yil 8 sentabr. 
2. Muhammadyorova. G. “Tinish belgilar-tanish belgilar” Bolalar uchun she’rlar. Toshkent. 
“O‘qituvchi” 2016 yil. 
3. Meliboyev A., Ergasheva N. “Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish usullari” Uslubiy 
qo‘llanma. Toshkent, 2019 yil.
4. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali. Toshkent, 2020 yil 1 son.
5. https://www.facebook.com/muallimedu/photos/kitob-ozi-nima?


106

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling