Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
Kalit so‘zlar : O‘zbekiston, konsepsiya, Pisa, PIRLS, xalqaro baholash dasturi,global,
o‘qituvchi, o‘quvchi,integratsiya, 4- sinf, o‘qish, matematika savodxonlik,tabiiy-ilmiy fanlar kabi so‘zlardir. Ta’lim –bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liqdir. “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish kerak. Har bir sinfda bolalarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish, maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash talab etiladi.” dedi yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev. 2019 -yil aprelida O‘zbekiston prezidenti 2030-yilga qadar Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi. Ta’lim infratuzilmasini yaxshilash va kengaytirishdan tashqari, konsepsiyada o‘quvchilar o‘zlashtirishini xalqaro tadqiqoti –PISA reytingiga ko‘ra O‘zbekiston 2030-yilga qadar jahonning 30 ta yetakchi mamlakatlari qatoriga kirishi maqsad qilib qo‘yilgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish, uni takomillashtirish va sifat darajasini oshirish yo‘lida ustuvor vazifa sifatida, dunyodagi ilg‘or mamlakatlar bilan tajriba almashib global ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etish belgilab qo‘yilgan. Zero yopiq sharoitlarda ta’limni rivojlantirib bo‘lmasligi ko‘plab mamlakatlarning tajribasidan ma’lum. Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish-ta’lim sifatining muhim omili ekanligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotida ishtirok etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling