Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


 Ramziy tasvirlar orqali muammoli vaziyatlar yaratish


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

3. Ramziy tasvirlar orqali muammoli vaziyatlar yaratish. Muammoli vaziyat yaratishning 
bu usulida ramziy tasvirlardan foydalaniladi. Masalan, O‘zbekiston qovunlari rasmi va nomini 
berib, shunday mavzuda matn yaratish topshrilishi mumkin.
Foydalangan adabiyotlar: 
1. G‘oziev E. Psixologiya. T, 2010 223 b.
2. G‘ulomov A, Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni T, 2011, 124 b. 
3. G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish jarayonida aktivlik prinsipini amalga oshirishning nazariy 
asoslari. T, 2009, 130 bet. 
4. G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari. T, 2008 y, 90 bet.
5. Pedagog.uz


128
Январь 2021 10-қисм
Тошкент
TA’LIMDA SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO 
TAJRIBALARDAN FOYDALANISH.
Yusupova Nigora Mansurboyevna
Sirdaryo viloyati Shirin shahri 1- umumiy 
o‘rta ta’lim maktabining 1-toifali 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Tel: (90) 241 17 88
Annotatsiya:Bugungi davr talabi ta’lim sifatini ko‘tarish, yangilash va yangiliklarni kiritishdan 
iboratdir. Bu borada davlatimiz tomonidan bir qancha loyiha va ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l 
xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi yo‘nalishlarini 
belgilab berdi:
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baho-
lash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
• uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadr-
larni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
• o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tam-
oyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish va h.k ishlar belgilab olindi.
Konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Xususan, 
umumiy o‘rta ta’lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, 
matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar bo‘yicha yangi o‘quv standartlari, dastur 
hamda darsliklar yaratiladi. O‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-
hunar tanlash hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi. Shu bilan birga 
konsepsiyaga ko‘ra o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish 
yangi darajaga ko‘tariladi. O‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullari 
joriy etiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi mazmuni sifat jihatdan yangilash yo‘llari ko‘zda tutiladi.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va 
unga talim –tarbiya berish sifatiga bog‘liq.O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodning bilish 
faoliyatini shakllantirish va uzluksiz rivojlantirib borishning maqsad-vazifalari, mazmuni va 
metodlarini o‘rganib borish, ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda olib borilishi, muammoning 
yeshilishi, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, ularda bilimni egallash faolligi, mustaqil bilish 
faoliyatini shakllantirish masalalariga bog‘liq. 

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling