Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Kalit so‘zlar: yangi pedagogik texnologiya, metod, bilim, malaka, ijodkorlik.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot 
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan. Ta’lim tizimini 
isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassalarini innovatsion jarayonlarga 
qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng 
muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy 
fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. 
Bugungi kun o‘qituvchisi o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, 
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni samarali qo‘llay oladigan ijodkor shaxsga
yoshlarning yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilatlar egasiga aylanishini hayotning o‘zi 
talab etmoqda.
Hozirgi juda tez tarzda rivojlanayotgan davrda yangidan yangi usullar, axborot kommunikatsion 
texnologiyalari davr talabi o‘zining yangiligi, o‘ziga xosligi, rivojlanish nuqtai nazaridan barcha 
sohaga mosligi, undan cheklanmagan maqsad va joyda foydalana olish imkoniyati bilan muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, ta’limda “yangi pedagogik texnologiyalar” atamasi qo‘llanila 
boshlandi. Yangi pedagogik texnologiyalarni ta’limda qo‘llash, avvalo, bilimlarni egallash 
yo‘lidagi to‘siqlarni yengish hamda ta’lim olishda insoniyat imkoniyatlarini shakllantirish uchun, 
bundan tashqari, ijtimoiy hayotda ishtirok etishda turli xil to‘siqlarni yo‘qotish bilan birgalikda 
o‘quvchilar imkoniyatini kengaytiribgina qolmay ularning chuqur bilim olishlari uchun cheksiz 
imkoniyatlarini yaratadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, yangi pedagogik texnologiyalari fan va 
ta’limni to‘plangan bilimlarni yetkazish, ularni to‘ldirish va qayta baholash kabi imkon beradi.
Hozirgi kunda o‘quvchilarga bilim berishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan kirib 
kelayotgan turli xil metodlar o‘quvchini mustaqil fikrlay oladigan, izlanuvchan, faollikka dars 
jarayonida mavzularni yaxshi o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi. Dars jarayonida o‘quvchilarning bir 
qolipga tushib qolmasligi maqsadida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga ilg‘or pedagogik 
va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bilan birga multimedialar
elektron darsliklardan keng qo‘llanilmoqda. Ammo boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har bir dars 
mavzusiga qarab darsda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiya usullarini tanlay 
bilishi kerak. Ayniqsa, “BBB”, “Tarmoqlash” “Sinkveyn”, “Yelpig‘ich”, “Baliq skeleti”, “T 
chizmasi”, “VENN diagrammasi”, “Assesment” kabi metodlardan darsda o‘rinli foydalanish juda 
yaxshi natija beradi. O‘quvchilarning eng avvalo, darsga qiziqishi ortadi, so‘z boyligi, tafakkuri, 
dunyoqarashi rivojlanadi. Epchil, chaqqon, bilimli, izlanuvchan bo‘ladi. Ushbu metodlardan 
Ona tili va matematika darslarining takrorlash qismida va mustahkamlash darslarida foydalansa 
bo‘ladi. Chunki yangi mavzuda ularga asosiy bilimni berish kerak, o‘qish darslarida esa ko‘proq 
foydalanish mumkin. Biror bir ertak, yoki rivoyat bo‘lsa, o‘quvchi uni o‘qib chiqgach, u haqida 
bemalol fikr yurita oladi. Yuqorida ko‘rsatilgan metodlardan foydalanib, o‘sha ertak yoki rivoyatni 
yoritib bera oladi.
Darsda o‘qituvchining vazifasi dars o‘tish yoki bilim berishgina emas, balki o‘quvchilar bilan 
birgalikda turli o‘yinlar orqali o‘rganilayotgan mavzu doirasida amaliy jarayonni tashkil etishdan 
iboratdir. Darslarni qiziqarli, turli metodlardan foydalangan holda samarali tashkil etsakgina 
o‘quvchilar bilan yuqori natijalarga erisha olamiz. Har bir o‘qituvchi ijodkorlik bilan darslarni 
samarali tashkil etishi lozim, shundagina biz jamiyatga vatanparvar, bilimli, aqlli, mehnatsevar, 
komil insonlarni tarbiyalab bergan bo‘lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Tolipov U.K va boshq. Pedagogik texnologiyalarning tatbikiy asoslari.
2. www.ziyonet.uz 


91

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling