Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Январь 2021 10-қисм
Тошкент BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Ergasheva Ominaxon Haydarovna 11-sanattoriya maktab-internati boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Andijon viloyati Buloqboshi tumani Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalarining o‘rni, ulardan samarali foydalanish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish usullari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: axborot texnologiyasi, animatsiya, pedagogik texnologiya, innovatsiya Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim tizimini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 21-asr axborot texnologiyalari asri hisoblanadi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida ko‘zlangan asosiy vazifalardan biri fan va texnika sohasidagi yutuqlar bilan o‘quvchilarni o‘z vaqtida tanishtirib borish, shu qatorda, turli keraksiz axborotlar ta’siridan o‘quvchilarni himoya qilish, davr talabi va milliy o‘zligimizga mos keluvchi barkamol avlodni tarbiyalash kabi muhim masalalarga e’tibor qaratiladi. Barcha fanlar singari boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanini o‘qitishda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, mavzularni oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirish, ko‘rgazmalilik, ommaviylik va faollikni oshirish kabi didaktik tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Dars jarayonida o‘quvchilarga berilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, yasalishi lozim bo‘lgan buyumning eskizini, texnologik xaritasini namoyish qilish o‘quvchilarda aniq tasavvur uyg‘otadi. Axborotlarning animatsiyalar orqali uzatilishi o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Kompyuter dasturlari yordamida ko‘rgazmalar tayyorlash, taqdimotlar va videoroliklar yaratish yangi mavzuni tushuntirishda katta samara beradi. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida rangli qog‘ozdan turli gullar, maketlar, parranda va jonzotlar shakllarini yasash, gazlamalardan buyumlar yasash usullari o‘rgatiladi. Plastilindan buyumlar yasash, hayvonlar shaklini yasash va applikatsiya, mozaika usulida ishlash kabi jarayonlar ham amalga oshiriladi. Shuningdek, texnologiya darslarida berilgan amaliy ishlarni bosqichli bajarish bilan birga mavzuga oid savol-topshiriqlarga javob berishi, ishni sifatli bajarishi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi zarur. Bu vazifalarni bajarishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishi ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim omil bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, agar o‘qituvchi texnologiya darslarida qo‘llaniladigan xavfsizlik qoidalarini taqdimot ko‘rinishida tayyorlab o‘quvchilarga har darsda namoyish etsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar har darsda shu taqdimotni ko‘rganlaridan keyin albatta eslarida qoladi, shunga amal qilishadi va natijada turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldi olinadi. Turli kasb egalari va kasb-hunarga oid ma’lumotlarni kengroq yoritishda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish yuqori samara beradi. Videolavhalar orqali har bir asbobdan to‘g‘ri foydalanish, hom ashyodan tejamkorlik bilan foydalanish, kesuvchi asboblardan texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish aks ettirilsa, darsdan ko‘zlangan maqsadga erishish oson bo‘ladi. O‘qituvchi shuning uchun texnologiya darslarida pedagogik, psixologik, dars texnologiyasi, o‘qitish vositalaridan foydalanish kabi imkoniyatlarni mukammal o‘zlashtirishini taqozo etadi. O‘quvchilarni kelajakda o‘zi qiziqqan kasb-hunarni egallashda, qiziqqan kasb-hunarining ustasi bo‘lishida texnologiya fani muhim ro‘l o‘ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanini o‘qitishda o‘ziga xos innovatsiyalar mavjud bo‘lib, o‘qituvchi har bir darsda ushbu innovatsiyalardan unumli foydalanishi kerak. Bu nafaqat bolaning darsni oson va mukammal tushunishiga, qolaversa bugungi zamon talabi bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan ishlashlariga keng imkoniyat yaratib beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling