Toshkent-2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fakultet


II bob. Korrelyatsion va regression tahlilning nazariy asoslari


Download 0.63 Mb.
bet3/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1563520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Hakimova Dildora МД (диссертация Word) 1

II bob. Korrelyatsion va regression tahlilning nazariy asoslari
2.1. Korrelyatsion tahlil………………………………………………………...25
2.2. Regression model tahlili…………………………………………………..39
2.3. Model asosida bashorat va xulosalar………………………………………46
ΙΙ Bob bo’yicha xulosa…………………………………………………………51
III bob. O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklar faoliyati samaradorligining regression modeli
3.1. Tahlil uchun statistik ma’lumotlar bazasi…………………………………52
3.2. Regression model qurish va uning tahlili………………………………….64
3.3. Model asosida bashorat qilish……………………………………………..74
ΙΙΙ Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………...76
Xulosa………………………………………………………………………….77
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………..…….……78

Kirish
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin xalqimiz oldida juda muhim masala, ya’ni o‘z farovon istiqbolini yaratishda va rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetib borishda iqtisodiy rivojlanishning qaysi yo‘nalishini tanlash va ushbu yo‘nalishni O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbiq etish masalasi yuzaga keldi. Respublikamizda bozor iqtisodiyotini joriy qilishda davlatimiz tomonidan bir qancha iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Bularning natijasi o‘laroq, iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri bo‘lgan bank tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bu davrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risidagi”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi” qonunlari va respublikamizda bank tizimini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha boshqa bir qancha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.
Bugungi kunda ba’zi davlatlarda iqtisodiy inqiroz ta’siri sezilib turgan bir paytda bank samaradorligini o‘lchash va uni baholash bank sektori faoliyatida asosiy dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Xalqaro moliya bozorlarini globalizatsiyasi va bank sektorida raqobatning oshishi moliya institutlarini samaradorligi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Banklarni samaradorligini hisoblash bankning kelgusi faoliyat yo‘nalishini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda banklarning istiqbolli kelajagini bashorat qilishda avvalo banklar faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni tanlab olinadi hamda banklarning faoliyat samaradorligini baholashda regression model quriladi va taklif etilgan model banklarning kelgusidagi istiqbolli faoliyat samardorligini bashorat qilishda asosli ekanligi tahlillar natijasida asoslab beriladi. Uning dolzarbliligi ham mana shu jihati bilan belgilab beriladi.
Ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda ham bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan siyosat izchillik bilan davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» PF-4947-sonli Farmonida keltirilganidek, bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning rentabelligini oshirish va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Dunyoning barcha mamlakatlarida aholining yirik qismi, davlat va davlat tashkilotlari, korporativ mijozlar va boshqa barcha tashkilotlar tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanadilar. Iqtisodiy tamoyil va me’yoriy qonunchilikga amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan bank tizimi iqtisodiyotning rivojlanishini va milliy valyutaning barqarorlashuvini ta’minlaydi. Albatta, bank samaradorligi va iqtisodoy tamoyillarga amal qilishi qancha yuqori bo‘lsa, u shunchalik ko‘p foyda ko‘radi va natijada barqaror moliya institutiga aylanadi. Shuning uchun bank samaradorligini oshirish har qanday ijtimoiy rivojlanish darajasida har bir davlatda muhim vazifa hisoblanadi. Moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini ta’minlab, risklarni kamaytirib, qo‘yilma egalari va aksiyadorlarning huquqlarini saqlagan holda yuqori daromad olishga qaratilgan faoliyatdir. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanish bosqichida bank faoliyati samaradorligi masalasi o‘zgacha ma’no kasb etadi. Ushbu masalalarning aksariyat qismi banklarning barqaror resurs bazasiga ega bo‘lishi, daromad keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirgan holda bank foydasini oshirish hamda bu orqali samaradorlikni oshirish orqali yechimga bo‘lish mumkin. Banklar faoliyati samaradorligi aynan qaysi ko’rsatkichlarga bo’liqligi va bu ko’rsatkichlar asosida model qurib, model qanchalik banklar faoliyati samaradorligi tushuntirib berishini ko’riladi.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasida banklarning faoliyat samaradorligini baholash modellari uchun ko’p o’zgaruvchili regression model o’rganilgan. Tadqiqotda ushbu usul mazmunini va mohiyatini o’rganib, banklar faoliyatiga ta’sir o’tkazuvchi omillar asosida baholash masalasini ko’rib, amaliy natijalar olish va xulosalar berishdan iborat.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling